Amir Temurning harbiy islohoti va uning bugungi kundagi ahamiyati kirish



Yüklə 81,19 Kb.
səhifə1/6
tarix02.01.2022
ölçüsü81,19 Kb.
#43703
  1   2   3   4   5   6
Amir Temurning harbiy islohoti va uning bugungi kundagi ahamiyati tayyor



Amir Temurning harbiy islohoti va uning bugungi kundagi ahamiyati

KIRISH

I-Bob.Amir Temur davri davlat boshqaruv asoslari

    1. Amir Temur davri davlat boshqaruvining o’ziga xos xususiyatlari.

1.2. Amir Temur davri ijtimoiy tizimi

II Bob Amir Temurning harbiy islohoti va uning bugungi kundagi ahamiyati

    1. Amir Temurning harbiy islohoti

    2. Islohotning bugungi kundagi ahamiyati

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mustaqillik milliy o’zligimizni anglash imkoniyatini yaratdi. Istiqlol yillarida o’tmishda unutilib ketgan urf-odatlar, o’zbekka xos ananalar qaytadan tiklanib, milliy tariximizning nomalum sahifalari tadqiq etilmoqda.

Yurtimizda shakllangan va turli bosqichlarda katta taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan milliy davlatchilik tariximiz o’zbek xalqining siyosiy tarixi bo’lib, ular o’zbek millatining kuch-qudrati, erki, ozodligi, g’ururi timsoli hisoblanadi.

- Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Dovon, Kushon, Turk xoqonligi, temuriylar kabi davlatlar ana shunday davlatlardan edi. Bu davrlarda o’ziga xos boshqaruv asoslari - davlatchilik ta’limotlari yaratilgan. Ushbu davlatlarning taraqqiyotiga turtki bergan omillarni tadkiq etish va amaliyotda ulardan keng foydalanishni yo’lga qo’yish bugungi kundagi davlat boshkaruv asoslarimizning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Milliy tariximizda buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur va uning davlatchilik tarixi alohida o’rin tutadi. Afsuski, sovet davri da Amir Temur faoliyatini xolisona o’rganishga katta to’siqlar ko’yildi va uning nomiga tuhmatu dashnomlar otildi.

Sovet davrida Amir Temurga otilgan tuhmatlar mustaqillik davrida barham topdi, uning tariximizdagi, umuman insoniyat tarixidagi katta xizmatlari munosib baholandi. Bevosita bu ulug zotning xizmatlarining etirof etilishida Prezidentimiz I.A.Karimovning katta o’rni bor. Prezidentimizning tashabbusi bilan 1994 yil 29 dekabrda «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to’g’risida»gi hukumat qarori, 1995 yil 26 dekabrdagi «1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon kilishi to’g’risida1»gi, 1996 yil martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil etish va «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to’g’risidagi farmonlari chikdi. YuNESKO xalkaro tashkiloti dunyo sivilizasiyasiga qo’shgan hissasini, tarixdagi buyuk xizmatlariniinobatga olib Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to’g’risida karor kabul qildi2. 1996 yil Amir Temur yili deb elon qilindi va bu tarixiy vokea dunyo miqyosida keng nishonlandi.

Birinchi Prezidentimiz «Shavkatli ajdodimizning o’lmas xizmatlari shundaki, u murakkab tarixiy sharoitda xalqning boshini krvushtira bildi. Istilochilarga qaqshatqich zarba berib, Turkiston zaminida ilk bor istiqlol bayrogini baland ko’tardi.

Parokanda mamlakatlar, ellar, elatlarni birlashtirib, markazlashgan qudratli saltanat tuzdi»3, - deb uning yurtimiz tarixida tutgan o’rni va xizmatlariga katta baho berdi.

Amir Temur Movarounnahrnigina emas, butun Markaziy Osiyoni yagona bayroq ostiga birlashtirdi va bu davlatni yirik saltanatga aylantirib professional davlat rahbari sifatida ushbu zaminda milliy davlatchilik asoslarini mustahkamladi.

Amir Temur butun bashariyat tarixida katta iz qoldirgan davlat arbobidir. U o’z faoliyati davomida yurtimiz va dunyo xalqlari obodligi uchun kuyidagi murakkab va masuliyatli vazifalarni ado etdi:


  1. O’rta Osiyodan mo’g’ullarni tag-tomiri bilan yo’qotish;

  2. Tarkoqlik, ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan mamlakatni yagona davlatga birlashtirish va davlat boshqaruvida muhim islohotlarni amalga oshirish;

  3. Qonun ustuvor bo’lgan jamiyat asoslarini yaratish;

  4. Uning iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy va manaviy asoslarini mustahkamlash;

  5. Movarounnahrni dunyoning eng gullagan saltanatiga aylantirish;

  6. Insoniyat tinchligi, farovonligi va adolatni taminlash;

  7. Turli din, millat va elatlarning o’zaro ayirboshlashlariga imkon yaratish va shu orqali barchaning farovonligiga zamin yaratish. Uning xizmatlari tufayli yurtimizda jamiyatning barcha jabhalarida

Uyg’onish fasli boshlandi va uzbek madaniyati o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarildi.




Yüklə 81,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin