Turk xoqonligida davlat boshqaruvi Reja I bob. Turk xoqonligiga oid manbalar va xoqonligi tashkil topishi



Yüklə 21,84 Kb.
səhifə1/2
tarix09.04.2023
ölçüsü21,84 Kb.
#95252
  1   2
turk boshqaruvi


Turk xoqonligida davlat boshqaruvi
Reja
I bob. Turk xoqonligiga oid manbalar va xoqonligi tashkil topishi
1.1. Turk xoqonligiga oid manbalar va tadqiqot
1.2. Turk xoqonligi tashkil topishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

I bob. Turk xoqonligiga oid manbalar va xoqonligi tashkil topishi
1.1. Turk xoqonligiga oid manbalar va tadqiqot
Turklar tazyiqi oqibatida bu davrda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib sosoniylar Toxariston, Zabuliston, Qobuliston va Chag‘aniyonni eftallardan tortib oladi. Bunday vaziyat, shubhasiz o‘z-o‘zidan turklar avval Eron, so‘ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Bojdorlikdan qutulgan Eron ham, o‘z navbatida, eftallarga qarshi kurashda turklar bilan harbiy ittifoq tuzish ilinjida bo‘ladi. Chunki uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq Eron shohining Yabg‘uxoqon Istemiga kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlandi. Vizantiyaning avarlarga homiyligini to‘xtatishga imperatorni ko‘ndirish maqsadida 563-yilda Turk xoqonligi elchilari Konstantinopol shahriga yetib boradilar. Elchilikka nushubi qabilasining boshlig‘i Eskil rahbarlik qiladi. O‘sha yili Eron askarlarining Balxga hujumi ko‘magida turklar eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri olinadi. Sirdaryodan o‘tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Balx, Termiz, Omul va Zamm shaharlaridan katta kuch to‘plab, eftallar Buxoro yaqinida jangga tayyorgarlik ko‘radilar. Sakkiz kun davom etgan shidatli jangda eftallar qo‘shini turklardan yengiladi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylarida, shimoldan esa Turk xoqonligidan qaqshatqich zarbaga uchragan Eftallar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so‘ng, tamomila barbod bo‘ladi. Natijada mag‘lub davlatning merosi o‘zaro bo‘linib, Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning shimoliy sohillari bo‘ylab Xarkon dengizigacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi.
Shunday qilib, VI asrning 70-80-yillarida Yeniseyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo‘ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan ulkan maydonda ko‘chmanchi chorvadorlarning buyuk turk xoqonligi tashkil topadi. Bu ulkan saltanat Xitoy, Eron va Vizantiya kabi zamonasining yirik davlatlari bilan bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishga harakat qiladi. Bu yo‘lning O‘rta Osiyo hududlaridan o‘tuvchi qismida asosan Sug‘diylar ipak bilan savdo qilishni nazorat qilar edilar. Ipak matolarning asosiy xaridori Vizantiya bo‘lib, ipak savdosi Sug‘d savdogarlari va turk xoqonlariga katta daromad keltirar edi.
Shuni ta’kidlash joizki, turk xoqonligi qanchalik buyuk bo‘lmasin, lekin u chinakkam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqarar edi. Hukmdorning hokimyati urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat chorvador ko‘chmanchi va o‘troq dehqon aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchi chorvador aholisi “bo‘dun” yoki “qora bo‘dun” nomlari bilan yuritilgan. Bo‘dun o‘z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etgan. U “o‘n o‘q bo‘dun” yoki “o‘n o‘q el” deb yuritilgan. O‘n o‘q bo‘dun yoki elning hokimi “yabg‘u” nom bilan atalgan. Yabg‘u darajasiga faqat xoqon urug‘iga qon-qarindosh bo‘lganlargina ko‘tarilgan. Shu boisdan ba’zan u “yabg‘u xoqon” deb ulug‘langan. Har bir o‘q el sardori raxnamoligida bir tuman, ya’ni o‘n ming suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo‘linmaning tumanboshisi “shod” deb yuritilardi. O‘n o‘q bo‘dun o‘z navbatida “besh o‘q” birlashmasi asosida sharqiy va g‘arbiy ikki qanotga bo‘linardi. Sharqiy qanot o‘qlari “cho‘r”, g‘arbiy qanot o‘qlari esa “erkin” deb atalgan qabila sardorlari tomonidan boshqarilardi. Xullas, elni qabilaviy asosda tarkib topgan harbiy bo‘linmalaridan iborat ikki qanotga bo‘lib boshqaruv o‘tmishda ko‘pgina yirik turkiy qabilaviy ittifoqlarga xos edi. Harbiy yurishlar vaqtida ular o‘ta jangovar qo‘shinni tashkil etardi. Qo‘shin “su” deb yuritilardi. U ikki turdagi askariy qismlar: piyoda “yadag‘” va “otlig‘ su” lardan tashkil topar edi. Qo‘shinning bosh sarkardasi “suboshi” unvoni bilan ulug‘langan. Bunday jangovar qo‘shin, shubhasiz, katta kuch va an’anaviy puxta boshqaruv tartiblariga ega bo‘lgan har qanday yirik davlatni ham dahshatga solar edi. O‘rta Osiyoda hukmronlik o‘rnatilgan dastlabki davrda turk xoqonlari mamlakatning o‘troq aholi yashaydigan obod viloyatlarini ko‘chmanchilar ixtiyoriga topshirsalar-da, ammo eftallar kabi aholisining ichki hiyotiga deyarli aralashmaydilar.
Turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori “xoqon” unvoniga ega bo‘lgan. Xitoy manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, turkiylar xonni taxtga o‘tqazishda maxsus marosim o‘tkazishgan. Ya’ni, amaldorlar bo‘lajak xonni kigizga o‘tqazib, quyosh yurishi bo’ylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va ulug‘lab turganlar. So‘ngra xonni otga o‘tqazib, bo‘yniga ipak mato bog‘laganlar va undan “Siz necha yil xon bo‘lmoqchisiz?” deb so‘raganlar. U necha yil xon bo‘lishini aytgan va shu muddat tugagach taxtdan ketgan.
Qadimgi turkiy afsonalarda berilishicha, turklarning tasavvuriga ko‘ra, davlatchilikning markazi, davlatni o‘z qo‘lida birlashtiruvchi shaxs xoqon hisoblangan. Boshqaruvda xoqonlarning hukmron sulolasi asosiy bo‘lib u uchta kuch - osmon (tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda turk xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi.
Xoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “Yabg‘u” (Bahodir) bo‘lib, u bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmas edi. Turk xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo‘lgan uluslarga bo‘linish tizimiga asoslanib belgilanar edi. Ushbu tizimga ko‘ra taxt aksariyat hollarda otadan o‘g‘ilga emas, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga o‘tirgunlariga qadar o‘zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar. O‘rta Osiyodagi mahalliy hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, xoqonning nazoratchisi -“tudun” deb atalgan. Turk hoqonligi konfederativ davlat bo‘lgan. Turkiylar o‘z yurti va davlatini “el” deb atashgan. Birinchi turk xoqoni Buminxon elxon unvoniga ega bo‘lganligi bejiz emas.
Xoqonlik tarkibidagi ko‘plab qabila va elatlarni birlashtirish va boshqarib turish, ulardan ma’lum miqdordagi soliqlar va o‘lponlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish maqsadida xoqonlikda maxsus ma’muriy va harbiy-siyosiy boshqaruv tizimi joriy etilgan edi.
Davlatni boshqarishda xoqonga uning yaqin qarindoshlari, eng avvalo, hukmron sulola a’zolari va ular tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi. Qadimgi turkiy bitiklarga ko’ra u 4 ga bo’lingan: qarindoshlar; xoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va xalqlar; xoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi amaldorlar va ma’muriy xodimlar, xoqonning chap tomonidan joy olgan amaldorlar va ma’muriy xodimlar98. Xoqonning qarindoshlari- o’g’illari, amakisi, jiyanlari va og’a-inilariga tegin unvoni berilgan. Xitoy manbalarining ma’lumot berishicha, qadimgi turk davlatidagi mansablarning asosiy shtati 28 ta bo’lgan, bunda ularning faqat 5 tasi oliy mansabdor hisoblangan: Exu (yabg’u), She (shad), Dele (teginlar), Silifa (eltabarlar) va Tutunfa (tudunlar). Qolgan 23 kichik amaldorlardan iborat bo’lgan. Barcha mansablar meros qilib qoldirilar edi.
Turk xoqonligi davlatining asosini yer bilan birga xalq tashkil etar edi. O‘z davrida O‘rta Osiyoda davlatchilikning mustaqil va an’anaviy shakllarini rivojlantirgan turkiylar davlati mavjud jamiyatning muayyan ijtimoiy tuzilmalariga va qadimgi turklarning davlat tomonidan tashkil etilgan hamda nazorat qilinadigan xo‘jalik faoliyatiga tayanar edi. Tarixiy adabiyotlarda berilishicha, bu faoliyatning asosini ko‘chmanchi chorvachilik tashkil etgan. Chorvador turklarda urug‘-qabilachilik an’analari nihoyatda kuchli bo‘lib, qabila va urug jamoalarining asosi katta oilalardan iborat bo‘lgan. Ko‘chmanchi chorvadorlar xalq ommasini turklar “budun” yoki “qora budun” deb atashgan.
Turklardagi qabila va urug jamoalarining katta oilalarida uy qullari ham mavjud bo‘lar edi. Qullarning ko‘payishi bilan sinfiy munosabatlar tarkib topa boshlagan. Lekin qulchilik ijtimoiy hayotga keng kirib kelmagan. Shu bois bo‘lsa kerakki, manbalar xoqonlikda qullar mexnatidan keng foydalanish haqida amalda hech qanday ma’lumot bermaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, ko‘proq ayollar mexnatidan foydalanilgan va qullar asosan uy ishlari bilan shug‘ullanishgan. Ko‘pincha jamoada ayollar qul qilib olib ketilar edi. Lekin, qul ayollardan ham og‘ir ishlarda foydalanilmay, balki uy-ro‘zgor ishlarida ishlatilinar edi. Qul erkakmi, ayolmi baribir qochib ketavergan. Qochgan qul ta’qib qilinmagan va uning uchun hech kim tovon to‘lamagan. Turk xoqonligining markaziy boshqaruv tizimi asosan yirik siyosiy davlat tadbirlari (davlat osoyishtaligini saqlash, davlat sarhadlarini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo, diplomatik munosabatlar va bosh.) bilan mashg‘ul bo‘lib o‘zlari zabt etgan hududlardagi boshqaruv tizimiga ma’lum darajada erkinlik berilgan. Shuning uchun ham Farg‘ona, Sug‘d, Shosh, Toxariston, Xorazm va boshqa mulklardagi boshqaruv tartibi asosan mahalliy sulolalar qo‘lida bo‘lgan. Misol uchun, Sug‘d va Farg‘onada oliy hukmdor -“ixshid”, Toxaristonda - “malikshoh”, Xorazmda - “xorazmshoh”, Keshda - “ixrid”, Buxoroda - “xudot”, Ustrushonada - “afshin'”, Choch va Iloqda -“budun” deb atalgan.
Turk xoqonligi davrida Sug‘d hududlariga hozirgi Panjikentdan Karmanagacha bo‘lgan yerlar kirgan. Buxoro esa, VII asrdan boshlab mustaqil mulklar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Sug‘dning mahalliy hokimlari ayrim vaqtlarda Choch va Xorazmning mustaqil hukmdorlari birlashar edilar. Bunday yirik siyosiy birlashmalar ma’lum muddatlarda yirik shaharlarda o‘z qurultoylarini o‘tkazib turganlar.
Farg‘ona Sug‘d siyosiy ittifoqiga kirmagan bo‘lib, u alohida mustaqil davlat edi. Uni afshin boshqargan bo‘lib, Farg‘onaliklar Tyanshan xalqlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lganlar. Xorazm boshqa mulklarga nisbatan ancha mustaqil edi. Mamlakatni Afrig‘iylar sulolasiga mansub podsholar boshqarib turgan.
Ta’kidlash lozimki, Turk xoqonligi ma’lum darajada to‘liq ishlab chiqilgan jinoiy qonunchilikka ega bo‘lgan. Sodir etilgan jinoyat uchun jazoning asosiy turlari - qatl etish, odam a’zolarini kesib tashlash, zararni to‘lash, mol-mulk tarzida tovon to‘lashdan iborat edi. Misol uchun, manbalarning ma’lumot berishicha, o‘lim jazosi davlatga qarshi jinoyatlar uchun (isyon ko‘tarish, sotqinlik) hamda nohaq yoki qasddan odam o‘ldirganlik uchun berilgan. O‘g‘irlik qilgan yoki buzuqlik qilgan shaxsning qo‘li yoki oyog‘i kesilgan. Shaxsga qarshi qaratilgan boshqa jinoyatlar yetkazilgan zararni o‘n barobar qilib to‘lash, jarohat yetkazgani yoxud mayib qilgani uchun mol-mulk tarzida tovon to‘lash, qizi, xotinini qullikka berish, suyagini sindirganlik uchun esa ot berish yo‘li bilan jazolanardi.
O‘rta Osiyoni ma’lum hududini o‘z ichiga olgan G’arbiy Turk xoqonligi ilk feodal monarxiyasi shaklida idora etiluvchi davlat sifatida tashkil topgan. Bu davlat nisbatan yagona hisoblangan, lekin uning hududi bir necha podsholiklarga bo‘linib ketgan, ularning orasidagi aloqalar unchalik mustahkam bo‘lmagan. Shu sababli G’arbiy Turk hoqonligini qat’iy markazlashgan davlat deya olmaymiz. G’arbiy Turk xoqonligini monarxiya shaklidagi davlat bo‘lib, uning tepasida xoqon turgan. Xoqonga oliy qonun chiqarish hokimiyati tegishli bo‘lgan. Mahalliy mayda hukmdorlar xoqonga bo‘ysunib, unga soliqlar to‘lab turar va hadyalar yuborar edilar. Bunday soliqlarning, bojlarning miqdori va boshqalar haqida xoqonning amr-farmonlari bo‘lganligi tabiiy. Lekin bular bizgacha yetib kelgan emas. Ijro etuvchi hokimiyat ham xoqon qo‘lida bo‘lgan. Uning o‘zi ma’muriyat boshlig‘i edi. Xoqon harbiy kuchlarining tepasida turib, urushlarda u shaxsan o‘zi qo‘shinlarni boshqarib turgan.
Xoqon monarx hisoblansa ham davlat ishlarini o‘ziga yaqin maslahatsiz yakka o‘zi hal qila olmagan. Uning atrofini qarindosh-urug‘lardan iborat bir guruh oqsuyaklar o‘rab turgan va unga maslahatlar berib turgan. Bu o‘ziga xos kengash bo‘lib, u hech qanday huquqiy hujjat bilan rasmiylashtirilmagan edi. Bundan tashqari G’arbiy Turk xoqonligida, Sharqiy Turk xoqonligidagi singari xoqon tomonidan qurultoylar zadogonlar yigilishlari chaqirilib turgan. Ularda eng muhim davlat masalalari urush va tinchlik, o‘zaro nizo-adovatlarga oid va boshqa shu kabi masalalar muhokama qilingan. Qurultoylar xoqon faoliyatini yo’naltirib turgan. Mahalliy joylarda hokimiyat qabila boshliqlari qo‘lida bo‘lgan. G’arbiy Turk hoqonligida 10 ta qabila yashab, ular 2 ta raqobatchi guruhga bo‘linganlar. Har birining o‘z qabila oqsoqoli bo‘lgan edi. VI asrda Zarafshon, Qashqadaryo, Amudaryo havzalarida 9 ta alohida o‘lka mavjud bo’lgan. Bular: Samarqand, Kesh, (Shaxrisabz, Naxshab, Qarshi yaqinida) Ishtixon, Kushoniya, Buxoro, Amul va Andxoy edi. Ularning tepasida podsholar turgan. Eng katta podsholik Samarqand podsholigi hisoblangan. Manbalar shuni ko‘rsatadiki, O‘rta Osiyo knazliklarining qurultoyi Xorazmda chaqirilib, unda ular o‘rtasida o‘zaro ittifoq tuzilgan. Bu ittifoqqa faqat Termiz Toxariston va Farg‘ona kirmagan. Ularning o‘z knazlari bo‘lib, mustaqil davlat bo‘lganlar.
Shunday qilib, Turk xoqonligi tarkibida O‘zbekiston hududida juda ko‘p katta-kichik davlatlar bo‘lib, ularning mahalliy sulolarning vakillari idora etar edilar. Turk xonligi qo‘shini otliqlaridan va piyoda askarladan iborat bo‘lib, otliqlarni oqsuyaklarning vakillari, piyodalari esa oddiy xalq tashkil etgan. Xoqon va mahalliy boshliqlar o‘zlarining shaxsiy gvardiyasiga ham ega bo‘lganlar. Turk xoqonligining huquq tizimi haqida bir-bir ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Faqat shuni aytish kerakki, u O‘zbekiston hududida asosan odat huquqi amal qilib kelgan. Umumdavlat qonunchiligi bo‘lmagan. Chunki Turk xoqonligi markazlashgan davlat emas edi. U bir necha mayda knazliklarga bo‘linib ketgan va ular orasidagi aloqalar juda zaif bo‘lgan. (Shu sababli butun xoqonlikda yagona huquqiy tizim bo‘lishi ham mumkin emas edi).
Xoqon -Turk xoqonligida ushbu unvon oliy unvon hisoblanib bu unvon ostida oliy hokimiyatni markazdan boshqarganini ko’rishimiz mumkin. Avvalo “xoqon” unvoni Sharqiy Turk xoqonligida ishlatilgan bo’lsa keyinchalik G’arbiy Turk xoqonligida ham qo’llanganligini ko’rishimiz mumkin. G’arbiy Turk xoqonligida “xoqonlikka” o’tish davri uch bosqichda amalga oshiriladi.
I bosqich: “Yabg’ulik” (zpyv) VI asr 60-yillarning boshi va so’ngi choragi davrida bo’lgan;
II bosqich: “Yabg’u-xoqonlik” (cpyv xy’n) VI asr oxiri VII asr 30-yillari davomida shakllanganligini ko’rishimiz mumkin.
III bosqich: “Xoqonlik” (x’y’n) VII asrning 30- yillaridan to VIII asrning 2-choragigacha davom etib kelgan.
Teginlar - “shahzoda” (xoqonlik xonadoniga mansub) kishilarga va “Ashina” qabilasi va urug’idan bo’lgan shahzodalarga berilgan, ular voha ustidan nazoratni o’rnatgan.
Tudunlar - “noib” (biror elning yoki vassallar ustidan nazorat qilish va soliq yig’imlarini amalga oshirishni tashkil etishga mas’ul).
Tarxon -“imtiyozli harbiy amaldor” (xoqonlarning joylardagi mas’ul vakili) Tun yabg’u-xoqon (618-630) davrida kelgan Xitoy sayyohi Syuan Szyan hayratlangan voqealardan birida shunday deydi: “Xoqonning atrofida ipak chakmon kiygan va sochlari o’rilgan 200 ga yaqin “da-gan” (tarxon) deb ataluvchi sarkardalar joy olishgandi”.
Chabish - “lashkarboshi” (qo’shin noziri) hisoblangan.
Eltabir - “noib” bir elning boshqaruvchisi yoki harbiy unvon.
Barluq - “sud” ishlari va fuqarolarning ustidan qonunning bajarilishi ustidan nazoratni o’rnatgan.
Damochi -“tamg’achi” Xitoy sayyohi Syuan Szyan Sharqiy Turkistonning vassal hukmdorlar xatlarini xoqonga bergan paytda xoqon xatlarni diqqat bilan kuzatgan va ko’zdan kechirib ularni “damochi” (tamg’achi) deb ataluvchi kishiga saqlash uchun topshirganini yozadi. Bu ma’lumot xoqonlikda konsileriya - devon xizmati mavjud bo’lganidan darak beradi.
1.2. Turk xoqonligi tashkil topishi
To‘n yabg‘u hukmronligi davrida amalda mustaqil bo‘lgan O‘rta Osiyo davlatlari ustidan nisbatan qattiq siyosiy nazorat o‘rnatiladi. Chunki bu davlatlarning vassalligi faqat o‘lpon to‘lash bilan chegaralanar edi. Isfijobdan Toshkent vohasigacha, shimolda Janubiy Afg‘oniston va shimoli-g‘arbiy Pokistongacha bo‘lgan hududlarga xoqon To‘n yabg‘uning ishonchli vakillari - tudunlar yuborilib, ular soliqlar yig‘ish va xoqon qarorgohiga yuboriladigan o‘lponlarni qattiq nazoratga oldilar. Mahalliy hokimlarga ularni xoqonlik ma’muriy boshqaruviga qo‘shilganlik ramzi sifatida turk unvonlari berildi. Shu bilan birgalikda To‘n yabg‘u nisbatan kuchli bo‘lgan mahalliy hukmdorlar bilan shaxsiy munosabatlarini mustahkamlashga harakat qildi. Manbalarda To‘n yabg’uning Samarqand hokimiga o‘z qizini xotinlikka berganligi haqida ma’lumot bor. Xitoy manbasi To‘n yabg‘u haqida ma’lumot berar ekan shunday xabar beradi: -“G‘arb varvarlari hali hech qachon bunchalik qudratli bo‘lgan emas”102.
O’ta yakkahokimlik xususiyatiga ega bo‘lgan To‘n yabg‘u boshqaruvi talon-tarojchilik urushlari natijasida boyib ketgan qabila zodagonlari orasida norozilik harakatlarini kuchaytirib yubordi. Boshlanib ketgan o‘zaro kurashlarni bartaraf etishga harakat qilgan To‘n yabg‘uning tog‘asi Qo‘l Bahodir jiyanini o‘ldirib o‘zini Qo‘l Elbilga xoqon deb e’lon qiladi. Ammo, qabila boshliqlarining ayrimlari boshqa da’vogarni qo‘llab-quvvatlaganlari tufayli yana qabilalararo kurashlar boshlanib ketadi. 630-634-yillarga kelib xoqonlik o‘zining Sirdaryoning g‘arbidagi O‘rta Osiyo mulklaridan mahrum bo‘ldi. G‘arbiy turk xoqonligining asosi bo‘lgan dulu va nushibi qabilalari o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj olib ketdi.
634-yilda nushibi qabilasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Ishbara Elterish Sher xoqon hokimiyat tepasiga keldi. U harbiy ma’muriy tartib bo‘lgan “o‘n o‘q eli” boshqaruvini qayta tiklashga harakat qilib, qabila boshliqlarini o‘ziga shaxsan tobe qilish maqsadida islohotlar o‘tkazdi. Undan tashqari, amaldagi nazoratni amalga oshirish maqsadida Ishbara har bir mulkka xoqon urug‘i a’zosi - shodni jo‘natadi. Shodlar qabila zodagonlari bilan hech qanday aloqada bo‘lmay, ularnig markaziy hokimiyatga intilishini kuzatib borgan. Bu mahalliy hokimlarning siyosiy tashabbuslarini nihoyatda chegaralab qo‘yar edi. Ammo, Ishbara Elterish Sher boshchiligidagi xoqonlik hokimiyatining harbiy-siyosiy layoqati qaram mulklar va qabilalarni ushlab turishga qodir emas edi. 638-yilda dulu qabilasi o‘zlariga jo‘natilan shodni xoqon deb e’lon qildilar. Shundan so‘ng dulu va nushibi qabilalari o‘rtasida og‘ir va qonli urushlar bo‘lib o‘tib g‘arbiy xoqonlik ikki qismga bo‘linib ketdi. Shunday bo‘lsada, xoqonlikdagi qabilalararo va sulolalararo urushlar 17 yil (640-657) davom etdi103.
Shunday qilib, VII asrning o‘rtalarida G‘arbiy turk xoqonligi zaiflashib bir necha qismlarga bo‘linib ketdi. Vaziyatdan foydalangan Xitoyning Tan imperiyasi qo‘shinlari 657-659-yillarda Yettisuvga bostirib kirdilar. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurashlar uzoq yillar davom etdi. Faqatgina VII asrning oxirlariga kelib xoqonlik o‘z mustaqilligini tiklashga muvaffaq bo‘ldi va xitoyliklar vakili Xusrav Bo‘rishod mamlakatdan xaydab yuborildi.
O‘z davrida Turk hoqonligidagi madaniy jarayonlar Buyuk ipak yo‘lidagi keng ko‘lamdagi, xalqaro aloqalar tufayli jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy voqealar bilan o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanib bordi. O‘troq dehqonchilik vohalari aholisi va dasht qabilalari o‘rtasidagi madaniy aloqalar ayniqsa kuchaydi. Bu davrdagi madaniy hayot moddiy madaniyat buyumlari, me’morchilik va san’at, din va yozuv kabilarda o‘z ifodasini topdi.
Dehqonlar mavjud suv resurslari hamda lalmikor yerlar imkoniyatlaridan foydalanib, asosan don ekinlari hamda qovun, tarvuz, beda, uzumchilik, paxtachilik sohalaridan yuqori hosil yetishtirganlar. Mevali daraxtlardan bog‘-rog‘lar yetishtirishga alohida ahamiyat berilgan. Shahar aholisi asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi. Dehqonchilik va konchilikdagi taraqqiyot ko‘lami va sifati o‘zidan keyingi uch tarmoq hunarmandchilik, qurilish, savdo-sotiq ravnaqi uchun qatta turtki bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqtda metalsozlik, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, shishasozlik keng rivoj topgan. Hunarmandchilik rivojiga turkiy aholi katta ta’sir ko‘rsatdilar. Chunki ularda qadimdan ko‘pchilik kasb-hunarlar juda rivojlangan edi. Turkiy xoqonlik ulkan hudud ichida zarur tinchlikni ta’minlaganligi natijasida “Buyuk ipak yo‘li” samarali ishlashda davom etdi. O‘lkaning asosiy savdo hamkorlari Eron, Xitoy, Hindiston va Vizantiya edi. Bu mamlakatlarga to‘qimachilik, ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, dorivorlar, nasldor arg‘umoqlar, bir necha xil tuz, sharob, bog‘dorchilik mahsulotlari, qazilma boylik va hokazolar olib borilgan. Ayniqsa Sug‘d savdogarlarining mavqei kuchli bo‘lgan. Shu ma’noda xitoylik muallifning quyidagi guvohligi e’tiborga sazovordir: “(Sug‘diyonalik) erkaklar yigirma yoshga to‘lishlari bilan qo‘shni mamlakatga oshiqadilar va qayerda qulaylik va manfaat bo‘lsa u erga ham qadam ranjida etadilar”. O‘rta Osiyoning shu davrdagi Marv, Poykand, Buxoro, Samarqand, Shosh, Isfijob, Suyob kabi shaharlari savdo-sotiqning markazlari edi. Xitoy bilan savdo munosabatlari ayniqsa, rivojlanib, 627-647-yillar mobaynida Xitoyga 9 marotaba savdo elchilari yuborildi. O‘rta Osiyoda shu paytda 15 taga yaqin mayda davlatlar bo‘lib, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda xorazmshohlar, Shosh va Iloqda bo‘dun va dehqonlar, Farg‘onada ixshidlar hukmronlik qilishgan. Ularning hammasi Turkiy xoqonlikka qaram bo‘lsa-da, amalda yarim mustaqil edilar. Ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyoning turk xoqonligi tarkibiga kirgan davridagi moddiy madaniyati o‘zida mahalliy o‘troq xalqlar va ko‘chmanchi turklarning mushtarakligini aks ettiradi. Ularning umumiyligi qurol-aslaxa, zeb-ziynat buyumlarining o‘xshashligida, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar ko‘rinishida o‘z aksini topgan. Tadqiqotchilarning fikricha, moddiy madaniyatdagi umumiylik, avvalo, O‘rta Osiyo shahar va qishloqlari hamda turk xoqonlari manfaatlarining umumiyligi bilan bog‘liq edi.
Xulosa
Turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori “xoqon” unvoniga ega bo‘lgan. Xitoy manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, turkiylar xonni taxtga o‘tqazishda maxsus marosim o‘tkazishgan. Ya’ni, amaldorlar bo‘lajak xonni kigizga o‘tqazib, quyosh yurishi bo’ylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va ulug‘lab turganlar. So‘ngra xonni otga o‘tqazib, bo‘yniga ipak mato bog‘laganlar va undan “Siz necha yil xon bo‘lmoqchisiz?” deb so‘raganlar. U necha yil xon bo‘lishini aytgan va shu muddat tugagach taxtdan ketgan.
Qadimgi turkiy afsonalarda berilishicha, turklarning tasavvuriga ko‘ra, davlatchilikning markazi, davlatni o‘z qo‘lida birlashtiruvchi shaxs xoqon hisoblangan. Boshqaruvda xoqonlarning hukmron sulolasi asosiy bo‘lib u uchta kuch - osmon (tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda turk xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi.
Xoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “Yabg‘u” (Bahodir) bo‘lib, u bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmas edi. Turk xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo‘lgan uluslarga bo‘linish tizimiga asoslanib belgilanar edi. Ushbu tizimga ko‘ra taxt aksariyat hollarda otadan o‘g‘ilga emas, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga o‘tirgunlariga qadar o‘zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar. O‘rta Osiyodagi mahalliy hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, xoqonning nazoratchisi -“tudun” deb atalgan. Turk hoqonligi konfederativ davlat bo‘lgan. Turkiylar o‘z yurti va davlatini “el” deb atashgan. Birinchi turk xoqoni Buminxon elxon unvoniga ega bo‘lganligi bejiz emas.
Xoqonlik tarkibidagi ko‘plab qabila va elatlarni birlashtirish va boshqarib turish, ulardan ma’lum miqdordagi soliqlar va o‘lponlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish maqsadida xoqonlikda maxsus ma’muriy va harbiy-siyosiy boshqaruv tizimi joriy etilgan edi.
Davlatni boshqarishda xoqonga uning yaqin qarindoshlari, eng avvalo, hukmron sulola a’zolari va ular tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi. Qadimgi turkiy bitiklarga ko’ra u 4 ga bo’lingan: qarindoshlar; xoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va xalqlar; xoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi amaldorlar va ma’muriy xodimlar, xoqonning chap tomonidan joy olgan amaldorlar va ma’muriy xodimlar98. Xoqonning qarindoshlari- o’g’illari, amakisi, jiyanlari va og’a-inilariga tegin unvoni berilgan. Xitoy manbalarining ma’lumot berishicha, qadimgi turk davlatidagi mansablarning asosiy shtati 28 ta bo’lgan, bunda ularning faqat 5 tasi oliy mansabdor hisoblangan: Exu (yabg’u), She (shad), Dele (teginlar), Silifa (eltabarlar) va Tutunfa (tudunlar). Qolgan 23 kichik amaldorlardan iborat bo’lgan. Barcha mansablar meros qilib qoldirilar edi.
Turk xoqonligi davlatining asosini yer bilan birga xalq tashkil etar edi. O‘z davrida O‘rta Osiyoda davlatchilikning mustaqil va an’anaviy shakllarini rivojlantirgan turkiylar davlati mavjud jamiyatning muayyan ijtimoiy tuzilmalariga va qadimgi turklarning davlat tomonidan tashkil etilgan hamda nazorat qilinadigan xo‘jalik faoliyatiga tayanar edi. Tarixiy adabiyotlarda berilishicha, bu faoliyatning asosini ko‘chmanchi chorvachilik tashkil etgan. Chorvador turklarda urug‘-qabilachilik an’analari nihoyatda kuchli bo‘lib, qabila va urug jamoalarining asosi katta oilalardan iborat bo‘lgan. Ko‘chmanchi chorvadorlar xalq ommasini turklar “budun” yoki “qora budun” deb atashgan.

Yüklə 21,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin