Mavzu : Oshiqnoma dostonlarida so’z ma’nosining ko’chish yo’llari Mundarija Kirish Reja; I bob. “Oshiq turkum” dostonlarining o‘rganilishi va o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 55,36 Kb.
səhifə1/7
tarix02.01.2022
ölçüsü55,36 Kb.
#37173
  1   2   3   4   5   6   7
Oshiqnoma dostonlarida so’z ma’nosining ko’chish yo’llari


Mavzu : Oshiqnoma dostonlarida so’z ma’nosining ko’chish yo’llari

Mundarija

Kirish

Reja;

I bob . “Oshiq turkum” dostonlarining o‘rganilishi va o’ziga xos xususiyatlari

1.1. “Oshiq turkum” dostonlarining o‘rganilishi masalalari


1.2. “Oshiq turkum” dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari


II bob. Oshiq turkum” dostonlarida so’z ma’nosining ko’chishi ko’rinishlari.

2.1. “Oshiq turkum” dostonlarida badiiy tasviriy so’z ma’nosining ko’chishi



2.2. . “Oshiq turkum” dostonlarida yetakchi ramzlarning so’z ma’nosining ko’chishi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. O‘zbek folklorshunosligida epik asarlarning syujet tizimini struktural - semiotik jihatdan o‘rganish, xususan, “oshiq” turkum dostonlarining mifologik va hayotiy asoslari, matn qurilishidagi badiiy-estetik vazifasi, badiiy namoyon bo‘lish shakllarini tadqiq etish dolzarb muommolardan biri sanaladi va bu millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi deya baholanadi.
Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan
og‘zaki ijod namunalariga yangicha yondashish, ularni milliy, madaniy, adabiy, tarixiy qadriyatlarimizning tiklanishi manfaatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish tamoyillari shakllandi. Zero, “har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi”1. Folklor asarlarining qaytadan xolisona baholanishi, o‘zbek xalqining g‘ururi bo‘lgan “Alpomish” dostoning ming yilligi xalqaro miqyosida nishonlanishi, folklor ijrochiligini rag‘batlantirish va turli darajadagi unvonlarning
ta’sis etilishi, o‘zbek xalq ijodi yodgorliklari 100 jildligining nashr etila boshlanishi bilan epik turga tegishli asarlarni turli metod va nazariy qarashlar asosida tadqiq etish, ularning syujet tarkibida yetakchi o‘rin tutuvchi asosiy motivlar tizimi, tarixiy taraqqiyot bosqichlari va badiiyatini atroflicha o‘rganish imkoniyati yanada kengayadi.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”, degan fikrlari ilmiy Kurs ishi ishimizga asos qilib olindi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
ilgari surilgan vazifalar asosida xalq ijodi asarlarini hozirgi zamon jahon filologiyasining eng yangi nazariy kontseptsiyalari asosida tadqiq etish bugungi folklorshunosligimizda yetakchi tamoyilga aylanishi lozim.
Chunki ilm-fan, adabiyot sohalarini yangi pog‘onaga olib chiqish ijtimoiy sohani rivojlanishdagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanishi ushbu sohadagi ilmiy izlanishlarga yanada katta yo‘l ochib beradi.


Yüklə 55,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin