1.2. “Oshiq turkum” dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Mazkur dostonlarning o‘ziga xosliklari, syujeti, g‘oyaviy mazmuni, kompozitsiyasi, badiiyati va o‘zaro ta’sir jarayonlari hanuzgacha yetarli darajada ishlab chiqilmaganmaganligi, to‘la shakllanmaganligini hisobga olsak, qardosh xalqlar og‘zaki ijodi namunalarni o‘rganish zaruratini ham kuchaytirishini
ko‘rsatadi. Bularni barchasini inobatga olgan holda, “oshiq” turkumi
dostonlarining o‘ziga xos jihatlarini to‘laqonli yoritish maqsadida “oshiq” atamasining kelib chiqishi va turkiy epic an’anada mavjud bo’lgan “oshiq ijodiyoti” ning shakllanishi masalasiga munosabat bildirib o‘tish zarur bo‘ladi.
Aynan shu fikr-mulohazalar bevosita “oshiq” turkum dostonlaridagi yetakchi obrazlarga ham tegishlidir. Ayni paytda, bosh qahramonlarning ismiga sifatlovchi bo‘lib kelgan “Oshiq” so‘zi alohida diqqatga molik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da “oshiq” so‘zining quyidagi ma’nolari keltirilgan. “Oshiq
[a] 1. Birovni judan sevib, unga shaydo bo‘lib qolgan, birovga muhabbat qo‘ygan kishi. 2. Ko‘chma. Biror narsani juda yaxshi ko‘rib qolgan unga berilgan”.
“Oshiq” so‘zining lug‘atdagi boshqa, “Ayrim hayvonlarning orqa yog‘i tizza bo‘g‘imidagi biriktiruvchi chorqirra suyagi” va “Shunday suyakkam (odatda qo‘y oshig‘i) vositasida o‘ynaladigan o‘yini7 ma’nolari bizning ob’yekt doiramizga
kirmaydi. Nima sababdandir lug‘atda “oshiq” ning baxshi ma’nosi keltirilmagan. Balki bu ma’no asosan shevaga xos deb diqqatdan chetdan qolgan bo‘lishi mumkin. “Oshiq” atamasining ayni ma’nosi o‘g‘iz guruhiga mansub yetakchi
tillarda faol ko‘rinish olgan. Jumladan, ozarbayjon folklorshunosi M.Akimov bu haqida shunday yozadi: “Turkiy xalqlar o‘rtasida “oshiq” unvoning ilmiy tahlili va uning XV asrgacha tunguslar, yoqutlar, oltaylar, turkmanlar, gagauzlar, o‘zbeklar, qozoqlar qirg‘izlar, turklar, eron ozarbayjonlari o‘rtasida tarqalish ko‘lami hamda saya, sayachi, ugurdedi, ugurustau, oqsaqol, ata, dede, pirustad, pirbaba, ozan-uzan, varsag, ishig, ishman, oyuk, qam, afis, baxshi, oqin atamalarining shu xalqlar orasida ayni paytda qo‘llanilishi “oshiq” so‘zini anglatuvchi “xalq baxshisi” ma’nosiga uyg‘un keladi ”.
“Oshiq” atamasining etimologik asosi arab tilidagi ishq so‘ziga bog‘lanadi. Ozarbayjon olimi P.Afandiyev professor M.Taxmasibning “Ashig” so‘zining ko‘klari arabchadagi “ishq” ma’nosini bildiruvchi “ashg” so‘ziga borib taqaladi. “Ашығ” so‘zining etimologik asosi esa qadim turkiycha “ash” so‘ziga bog‘lanadi” degan fikrga asoslanib turib, “oshiq” so‘zining kelib chiqishi hozirgi o‘zbek tilidagi “ashula” so‘zi bilan bir ekanligini aytadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, agar “oshiq” so‘zi qadimda folklor asarlarini, shu jumladan, xalq eposi namunalarini aytuvchi folklor ijrichisi ma’nosini ham anglatgan ekan, “oshiq” va “ashula” so‘ zlari etimologik jihatdan
o‘zakdoshligi yaqqol ko‘rinib turipti.
Ozarbayjon folklorshunoslari M.Akimov, O.Nabiyev va bevosita Xorazm folklori materiallariga tayanib professor S.Ro‘zimboyev “oshiq” turkum dostonlaridagi “oshiq” atamasi xususida “Xorazm regionida tarqalgan “oshiq” turkum dostonlarning aksariyatida asar bosh qahramonlari nomiga qo‘shilib
aytiladigan “Oshiq” atamasi genezisi haqiqatdan o‘zining dastlabki asosi baxshi ma’nosiga borib taqaladi. Negaki, bu tipdagi dostonlarning aksariyati birinchidan, Xorazm vohasiga Ozarbayjon orqali kirib kelgan bo’lsa, ikkinchidan, ulardagi
bosh qahramon siymosida kuch-qudratga ega bo‘lgan kurashuvni qahramon emas, balki baxshi, oshiq tarzida kuylovchi qahramon gavdalanadi. Darhaqiqat, mazkur dostonlar o‘zlarining yaratuvchisi bo‘lmish “oshig” larning bevosita ishtirokida ro‘y bergan voqealar asosida ijod qilingan va bu asarlarning ko‘pchiligida ularning o‘zlari bosh qahramon sifatida harakat”larning bevosita ishtirokida ro‘y bergan voqealar asosida ijod qilingan va bu asarlarning ko‘pchiligida ularning
o‘zlari bosh qahramon sifatida harakat qiladilar.”
Ushbu fikrlardan kelib chiqgan holda, shular ma’lum bo‘ldiki, “oshiq” turkum dostonlaridagi bosh qahramon nomiga sifatlash bo‘lib keluvchi oshiq atamasi baxshi (shoir) ma’nosiga ega ekan.
Demak, bu obraz shunchaki o‘z mahbubasiga shaydo fidoiy oshiq (sevuvchi) baxshi (oshiq) obrazigina emas, u o‘z tarixiy ildizlari bilan so‘z va soz magiyasi bilan bog’liq ushbu san’atni egallagan baxshi kulti va ishonch e’tiqodlari bilan ham chambarchas bog‘liq ko‘pqatlamli obrazdir.
Shubxasiz, o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: baxshilar bilan bog‘liq ishonch e’tiqodlar qanday namoyon bo‘lgan? Bu savolimizga atoqli folklorshunos To‘ra Mirzayevning bu borada o‘zbek baxshichilik san’atini har taraflama tadqiq etgan
hulosalaridan bemalol javob topishimiz mumkin. Olim H.T.Zarifov baxshi to‘g‘risida shunday fikrlarni bildiradi: “baxshi so‘zi mo‘g‘ulcha baxsh, bag‘shi so‘zidan olingan bo‘lib ustoz, ma’rifatchi degan ma’nolarni anglatadi”
deb, “O‘zbeklarda baxshi - keng ma’noda xalq dostonchisi, dostonlarni kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan-naslga o‘tkazuvchi san’atkor . Xalq orasida baxshi so‘zi shaman, qushnoch, parixon ma’nosida ham qo‘llangan. Lekin bu ma’nodagi baxshi so‘zi hozirgi kunda arxaiklashgan. Biroq uzoq o‘tmishda bu ikki vazifani bir shaxs bajargan. Epik poeziyaning qadimiy sinkritik bosqichi ham shuni taqozo etar edi.
Akademik A.N.Veselovskiyning ko‘rsatishicha, kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichlarida xalq poeziyasi magik irim-sirimlar va turli marosimlar bilan mahkam bog‘liq bo‘lgan. Bir qator baxshilarning hozir ham o‘z
san’atlarini sir tutib, uni “ilohiylashtirishlari”, baxshilik san’ati haqida xalq orasida mavjud turli-turli afsonalar yuqoridagi mulohazani yana bir bor tasdiqlaydi.”
T.Bunyadovning yozishicha, Ozarbayjonda oshiq ijrochiligi bundan taxminan 4 ming yil burun shakllangan. Olimning fikricha, oshiqlik san’ati dastavval chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘chmanchi turkiy qabilalar orasida kelib chiqqan bo‘lib, keyinchalik o‘troq qavmlar madaniyatiga ham kirib kelgan.
P.Afandiyev esa qadimgi esa qadimgi davr oshiq ijodiyotining namunalari bizning kunlargacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, epik an’ananing shakllanishi va epos taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari asosida oshiq san’ati sinkretik
xarakterga ega bo’lgan deb hisoblaydi. Qadimgi oshiqbaxshilar shoirlik, xonandalik, bastakorlik, sozandalik, raqqoslik, aktyorlik kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan xususiyatlar eng qadimgi oshiq-baxshilar bajaradigan vazifalardan tashqari yana shomon, tabib, kohinlikni ham uddasidan chiqqan degan fikrga keldik.
Chunki qadimgi folklor ijrochiligining sinkretik tabiati ana shuni taqazo qiladi. M.Akimov ham shunday deb izohlaydi: “Zero oshiglari va oshiglik san’atining ko‘hna mavsumiy marosimlarga bog‘likligi va bu marosimlarda ashiglarning alohida vazifasi bajarishlari va umuman oshiglar haqidagi afsonalarda
bu san’atni ilohiy kuchlar bilan bog‘lab izohlangan”.
Folklorshunos Sh.Turdimov “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlardagi epik baxshi Soqibulbul obrazini yozar ekan, Soqibulbul Go‘ro‘g‘lining ustozi, baxshisi, davrasining soqisi va tulparining saisi bo‘lish bilan bir qatorda uning birga
marosimlarini o‘tkazuvchi ruhoniy sifatida ham kelishini yozgan.
Barcha keltirilgan “oshiq” atamasi haqidagi fikr hamda mulohazalardan shunday umumiy xulosaga kelish mumkin. “Oshiq” turkum dostonlardagi oshiq obrazi bevosita xalqning baxshi, o‘zan, oshiqlar haqidagi ko‘hna tasavvur va
e’tiqodlarining sintizi sifatida paydo bo‘lib, uning muhabbat shaydosi timsoliga aylanuvida ushbu e’tiqodiy qarashlar asos bosqich vazifasini o‘tagan.
Dostları ilə paylaş: |