Tayanch so‘zlar:voha, mahalliy, lokal, uslub, maqom yo‘llari, turkum, suvora, katta ashula, cholg‘u yo‘llari. «Bastakor» iborasi fors-tojik so‘zlar birikmasidan hosil bo‘lgan bo‘lib, «basta» – bog‘lash, «kor» – ish, mashg‘ulot degan ma’nolarni bildiradi1. Musiqada bastakor – mumtoz musiqa yo‘nalishlarida, uslublarida badiiy asar yaratgan ijodkorlarga nisbatan qo‘llanilib kelinadi. Tarix davomida bastakorlar, ya’ni musiqa ijodi bilan shug‘ullangan ijodkorlar turli davrlarda va o‘zgacha nomlar bilan atalib kelingan. Jumladan, «O‘zbek va tojiklar – bastakor (shuningdek, ohangdon, navosoz va b.), ozarbayjon, arman va turklar – oshiq, qozoq va qirg‘izlar – oqin, kyuyshi, salsere kabi atamalar ishlatishadi»2. Bastakor iborasi negizida musiqa yaratuvchilik bilan bog‘liq bir qator amallarni o‘zida mujassam etgan turlar mavjud. Musiqa ijrochiligida mohirlikka erishib, faqat o‘z ijrosi va uslubida musiqa ijod etganlar ham uchraydi, (ayniqsa, hozirgi davrga kelib bu yo‘nalish ancha ommalashgan3. Bastakorlik ijodiyotida kuy bastalash bilan birga ushbu kasbning xususiyati bilan bog‘liq yana bir qator jihatlarni aks etuvchi amallarni qamrab oluvchilar ham mavjud. Azaldan ushbu kasb egalari ham xalq musiqa ijodiyotida o‘z o‘rniga ega ekanligi musiqiy risolalarda bayon etilgan. Jumladan, A.Navoiy asarlarida zikr etilgan «lahnpardoz», «nag‘mapardoz» so‘zlaridir. Bastakorlikning turli an’analari asrlar osha ustoz-shogird an’analari negizida kamol topib kelgan. Asarlarning turli so‘zlar bilan aytilishi yoki aksincha, cholg‘u yo‘llarining aytim yo‘llariga moslanishi, aytim yo‘llarini cholg‘u ijrochiligida talqin qilish an’analarining Nazorat savollari 1. O‘zbek bastakorligida qanday mahalliy uslublar mavjud va ularga tushuncha bering. 2. Mahalliy uslublarning o‘ziga xos jihatlari va janrlaridagi uyg‘unlik hamda janrlar ko‘lami. 3. Mahalliy bastakorlik maktablar namoyandalari, ularning hayoti va ijodi xususida nimalarni bilasiz? 4. Xorazm, Buxoro va Farg‘ona bastakorlik maktablari namoyandalarini sanab o‘ting?