Moliya bo’limida o’tagan ishlab chiqarish amaliyotim davomida moliya bo’limi faoliyatini tartibga soluvchi bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ham keng qamrovda tanishib chiqdim. Shu bilan birga, amaliyot obyektining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘linmalar xodimlarining vazifalari, majburiyatlari va huquqlarini tartibga soluvchi hujjatlarni o‘rgandim.
Ushbu hujjatlar quyidagilar:
Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari:
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi (9.1-ilova).
O’zbekiston respublikasi Soliq kodeksi (9.2-ilova).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi qarorlari;
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining tuman moliya bo’limlari tashkiliy tuzilishi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risidagi qarori (9.3-ilova).
Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari.
“Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (9.4-ilova).
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi respublika miqyosida nufuzi bo’yicha Konstitutsiyadan keying o’rinda turadi. U 26.12.2013 yilda qabul qilingan bo’lib, 9 ta bo’lim 28 ta bob va 192 ta moddadan iborat. Ushbu kodeks barcha byudjet tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishda asosiy qonun hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi respublika miqyosida nufuzi bo’yicha Konstitutsiyadan keying o’rinda turadi. U 30.12.2019 yilda qabul qilingan bo’lib, 21 ta bo’lim 72 ta bob va 482 ta moddadan iborat. Ushbu kodeks barcha byudjet tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishda asosiy qonun hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining tuman moliya bo’limlari tashkiliy tuzilishi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risidagi qarori Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan. U 21.08.2017 yilda qabul qilingan bo’lib, 6 ta bobdan iborat. Ushbu qonun barcha moliya bo’limlari faoliyatini muvofiqlashtirishda asosiy qonun hisoblanadi.
“Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan va 4 ta bo’lim 28 ta bob va 192 ta moddadan iborat. Ushbu kodeks barcha moliya bo’limlari faoliyatini muvofiqlashtirishda asosiy qonun hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |