Davlat budjetining birlamchi taqchilligi — muayyan davr uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlaridan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat budjeti taqchilligi;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuniga asosan o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son) Davlat budjeti profitsiti — muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi;
Davlat budjeti taqchilligi — muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi;
Oldingi tahrirga qarang. davlat moliyaviy nazorati — budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida davlat moliyaviy nazorati obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish hamda taqqoslash;
(3-moddaning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. davlat moliyaviy nazorati obyektlari — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)