tartibga soluvchi daromadlar — budjet tizimi budjetlari o‘rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar. Soliq bo‘lmagan to‘lovlarga budjet tizimi budjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lmagan to‘lovlar kiradi;
xarajatlar smetasi — budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlar moddalari bo‘yicha aks ettiriladigan hujjat;
shtat jadvali — doimiy xodimlar lavozimlari va bo‘sh o‘rinlar nomlarining soni va lavozim maoshlarining miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxatni o‘z ichiga oladigan, budjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat;
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochiladigan, budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan tahliliy hisob registrlari;
yuridik majburiyatlar — tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlari asosida budjet tashkilotlarida va budjetdan mablag‘ oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
Oldingi tahrirga qarang. Yagona g‘azna hisobvarag‘i — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan milliy yoki chet el valyutasidagi maxsus bank hisobvarag‘i;
o‘tkazib beriladigan daromadlar — tegishli ma’muriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi budjetga o‘tkaziladigan, ular qayerda shakllangan bo‘lsa, keyinchalik o‘sha ma’muriy-hududiy birlik budjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti (Davlat budjeti) — davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi;
g‘aznachilik bo‘linmalari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari;