0tmk kon boshqarmalari to'g'risida umumiy ma’lumot Reja: Kirish



Yüklə 100,31 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü100,31 Kb.
#189779
  1   2   3   4   5
0TMK kon boshqarmalari to\'g\'risida umumiy ma’lumot


0TMK kon boshqarmalari to'g'risida umumiy ma’lumot
Reja:
Kirish

  1. Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialini kon-geoglogik tavsifi

  2. Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialini kon-texnik tavsifi

  3. Shaxta maydonini ochish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Konchilik sanoati yangi zamonaviy bosqichi bo‘lib, shaxta, rudnik, karerlarning ish ko‘lami kengayishi, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining oshishi bilan baholanadi.
Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoev 2017–yil Navoiy viloyatiga tashrifi vaqtida Konnchilik sanoati rivojiga, mavjud texnika - texnologiyalarni modernizatsiya qilishga e’tibor qaratdilar. Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2017-2026 yillarda konchilik tarmog‘ida yangi loyihalar strategiyasini belgilab berdilar. Bunda yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash, 5 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 13 iyun kuni “2017-2021 yillarda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3054-son qaroriga asosan quyidagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan:
Ko‘mir tarmoqlari korxonalarini yanada barqaror va muvozanatli rivojlantirish, ustuvor investitsiya loyihalarini ildam amalga oshirish, 2017-2021 yillar mobaynida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va aholi ehtiyojlari uchun prognoz qilinayotgan istiqboldagi talabni hisobga olgan holda, ko‘mir va ko‘mir mahsulotlarini qazib olish va etkazib berish hajmlari suratlarini oshirish maqsadida:
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin:
- zamonaviy yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega tog‘ texnikasi va uskunalaridan foydalanish hisobiga o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ko‘mir sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
- yangi konlarni ishlab chiqishga jalb etish yo‘li orqali, jumladan, ko‘mirni yer ostidan qazib olishni joriy etishni nazarda tutgan holda, ko‘mir sanoatining xom ashyo bazasini kengaytirish;
- tog‘-kon ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi talablariga so‘zsiz rioya etgan holda kon yuzini ochish ishlari hajmlari bilan bir vaqtning o‘zida ko‘mir qazib olish suratlarini oshirish;
- ko‘mir sanoati va yo‘l-yo‘lakay qazib olinadigan foydali qazilmalarning xom ashyo bazasidan oqilona foydalanish;
- kuz-qish davridagi ehtiyojlarni to‘liq hajmda qondirilishini nazarda tutgan holda, respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha muassasalari va aholiga ko‘mir mahsulotlarini etkazib berish va sotish tizimini tubdan takomillashtirish;
- ko‘mir mahsulotlari sifatini belgilash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni, shuningdek, qattiq yoqilg‘iga bo‘lgan aholining ehtiyoji va uning sifatiga bo‘lgan talabni real vaqt miqyosida o‘rganish uchun so‘rovlar o‘tkazishga imkon beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
-ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirishga, ko‘mirni er qa’ridan qazib olish sohasida talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni o‘z ichiga olgan ko‘mir sanoati korxonalari kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
«O‘zbekko‘mir» AJ rahbarlari zimmasiga, Dasturda nazarda tutilgan maqsadli parametrlar va investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilayotgan kreditlarni (qarzlarni) o‘z vaqtida va to‘liq hajmda qaytarishni ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
O‘zbekiston ham o‘zining er osti boyliklari bilan faxrlansa arziydi. Yurtimizda Mendelev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari mavjud.
Hozirgi kunda 2.7 mingdan ziyod foydali qazilma konlari aniqlangan. Ulardan 100 ga yaqini mineral konlar bo‘lib, 60 dan ortiq kon ishlamoqda.


Yüklə 100,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin