Ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiylashuv vositalari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə35/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

Ijtimoiylashuv vositalari.Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go’dakni emizish va g’amxo’rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o’rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, Shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko’p sonli munosabatlari-muloqot, o’yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan Shug’ullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori Shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o’yin, o’qish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo’llaniladi::
-go’daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-go’daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o’yinlar;
-ilk maktab davri-o’quv faoliyati;
- o’smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
-o’spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari.Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda bo’lgan kishilar muhim o’rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli bo’ladi. Bolalar va o’smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo’shnilar agent bo’lishlari mumkin. YOshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush o’rtog’i, hamkasblari ham qo’shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o’rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko’rsatmaydigan.
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.

Mavzu yuzasidan savollar


1.Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga hissas qo’shgan mutafakkir va olimlarning ilgari surgan g’oyalaridan aytib o’ting?
2.Ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogikaning farqi nimada?
3.Ijtimoiy ish atamasini fanga kiritgan olim nomini ayting?
4.Ijtimoiy pedagogik tadqiqot obe’kti?

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin