Ijtimoiy pedagogika


-Mavzu: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyada “me’yor” va “me’yordan og’ish” tushunchasi. Me’yordan og’ishish tiplari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə36/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

7-Mavzu: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyada “me’yor” va “me’yordan og’ish” tushunchasi. Me’yordan og’ishish tiplari.
REJA:
1.Me'yor va me'yorlardan chekinish(oqish) tushunchasi
2.Chekinish(oqish) turlari
3.Chekinish(oqish) nazariyasi
Tayanch tushunchalar: hayotiy me'yor, hayotiy me'yorlardan chekinish (og`ish), negativ va pozitiv chekinish, kamchilik. Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, autsayderlar, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy ta'lim, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy bilim, ijtimoiy ko`nikma, ijtimoiy- pedagogik kategoriyalar.
Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og’ish bor bo’lgan odamlardir. Bunaqa odamlar doim bir guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan.
Zamonaviy AQSH va yevropa davlatlarida u yoki bu og’ishlarga ega jamiyatga integratsiyalaShuvi konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. U konsepsiyaga ko’ra bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida ko’riladi.
Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda Shu jumladan, O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmoqda. Shuning uchun bunaqa odamlar avalambor bolalarning ko’payishini rejali ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim.
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada “norma”ning o’z ko’rsatgichlari, o’z me’yorlari mavjud. Normaga mos kelmaydigan jihatni-“og’ish”, “chetga chiqish” deyishadi.
ijtimoiy pedagogika uchun “norma” va “normadan og’ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo’llanadi.
Og’ish ham ijobiy ham salbiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan og’ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og’ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham jamiyat rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin