Ustanovkaning shaxs xulq-atvorida namoyon bo‘lishi
Ijtimoiy ustanovka shaxsning jam iyatdagi xulq-atvorini tu-
shuntirib berish usuli sifatida xizm at qiladi. Ijtimoiy ustanovka
m uam m osi — ijtimoiy psixologiyaning eng m uhim m uam m olari-
dan biri sifatida ko‘rilar ekan, ustanovkaning shaxs xulq-atvorida
namoyon boiishi masalasi ham ba’zi tadqiqotchilar tom onidan
tahlil etilgan va quyidagi xulosalarga kelingan.
Ustanovka shaxsning xulq-atvorini belgilab beradi, agarda:
• boshqa ta ’sirlar kamaytirilgan bo‘lsa;
• ustanovka xatti-harakatga mos kelsa;
• ustanovka kuchli bo‘lsa;
• ustanovka onggacha yetkazib borilsa.
Ijtimoiy ustanovka tushunchasi m a’lum bir darajada xulq-
atvor m otivining tanlovini ham izohlab beradi. Ijtimoiy
ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanm agan yoki
qisman anglangan motivlariga kiradi. M asalan, bir talaba-
ga qaysidir o‘qituvchining dars o‘tishi yoqadi, u nim a uchun
shu o ‘qituvchining dars o ‘tishi yoqishini tushunm agan holda
o ‘qituvchining keyingi darslari ham «menga yoqadi» degan
tasavvurda bo ‘ladi. Shu m a’noda olib qaralganda, ijtimoiy
ustanovka shaxsdagi anglanm agan m unosabatlarga o ‘xshaydi.
Lekin aslida uning tabiati juda m urakkabdir. C hunki ijtimoiy
ustanovka tushunchasida m unosabatlar ham , shaxsiy m a’no
ham , baholar sistemasi ham , bilim lar ham o‘z ifodasini. to -
padi. Ya’ni, ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy obyekt-
larga nisbatan m unosabat bildirishining ichki m exanizm idir,
shu obyektlar bilan ishlashga, ularni baholashga ham da m a’lum
tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.
1964-yil Lion Festinger (ijtimoiy psixologiya asoschilaridan
biri) quyidagi xulosaga keldi: «ustanovkalarning o‘zgarishi xulq-
atvorning o‘zgarishiga olib kelishi m um kinligi aniqlanm adi, ak
sincha, bizning xulq-atvorim iz bu otlar, ustanovkalar esa ara-
va».
Robert Eybelson shunday deydi: «biz har qanday harakatimizni
o‘zimizni oqlagan holda asoslab berishimiz mumkin, biroq isbot
talab qilinadigan harakatlarni yaxshi bajara olmaymiz».
1969-yilda ijtimoiy psixolog A llan Uiker o ‘zi o ‘tkazgan
tadqiqotlari
asosida:
«kishilarning
o ‘zlari
o ‘ylab
topgan
ustanovkalariga qarab, ularning xulq-atvorini oldindan aytib
bo‘lmaydi», degan hayron qolarli xulosaga keldi. M asalan: tala-
baning yolg‘onga bo‘lgan m unosabati bilan uning real hayotda
boshqalarni aldashi m um kinligi o ‘rtasida deyarli bog‘liqlik
bo ‘lmaydi yoki faqat yakshanba kunlari masjidga borib turish
bilan masjidga bo‘lgan m unosabat o‘rtasida nisbiy bog‘liqlik
bo ‘lishi m um kin.
V.G. Kriskoning fikricha «har qanday ustanovkalar ong ostidan
chiqadi va shuning uchun ularning to‘g‘ri yo‘l bilan kelishishlari
juda qiyin».
Ustanovkalar bilan harakatlar o ‘rtasidagi bo‘linishni D a
niel Betson va uning kasbdoshlari «o‘ziga axloqiy bino qo‘yish»,
ya’ni o ‘zida bo‘lm agan axloqiy xususiyatlarni egallashga bo‘lgan
harakatlardir, deb ta ’riflaydi. Universitet talabalariga ikkita top-
shiriq berildi, agar topshiriqning birinchisi to ‘g‘ri bajarilsa 30
dollar mukofot berilishi, ikkinchisi uchun hech narsa berilmasligi
aytiladi va talabalarga ikkalasidan bittasini tanlashlari tak lif qili-
nadi. 20 ta talabadan bittasigina «pul to‘lanadigan topshiriq»ni
olish kerak, degan fikrni rad etadi, 80% talaba esa aksincha yo‘l
tutadi. Bundan kelib chiqadiki, moddiy m anfaatdorlik har doim
ustun turishi m um kin ekan.
A. Uiker va uning ham kasblari ustanovkaning xulq-atvorga
ta ’siri kuchsiz ekanligini yoritib bergan. Kishilar har doim ham
ochiq muloqotga tayyor bo‘lmasliklari olim larni yangi izlanish-
lar sari yetakladi, ularning ichidagilarini qanday bo‘lm asin aniq-
lash uchun Edvard D jouns va G arald Sigal aldov yo‘llari bilan
kishilarning haqiqiy ustanovkalarini chiqarib olish, «ko‘rinm as
axborot manbalarini» aniqlash m etodini ishlab chiqishdi. 1971-
yilda G. Sigal va Richard Peydj birgalikda Rochester universiteti
talabalari ishtirokida eksperim ent o'tkazdi. Sinaluvchi talabalar-
ning qo‘llariga elektrodlar o‘rnatildi, ularning rost yoki yolg‘on
so‘zlaganini m uskullarining qisqarishiga qarab tablodagi chi-
roqning yonib o‘chishi aniqlab berishi tushuntirildi. Tadqiqot-
ning haqqoniyligi hech kimda shubha uyg‘otm adi. Bu usulda
qo‘llanilgan apparat «ustanovkalar haqqoniyligini o‘lchash yoki
aniqlash» deb nomlandi, ayrim hollarda «yolg‘onlar detektori»
deb ham nomlanadi.
Ayzek Eydjen va M artin Fishbeyn fikriga ko‘ra umumiy
ustanovkalar aniqlanayotgan vaqtda xulq-atvor o‘ziga xos
ko‘rinishda bo‘ladi va ular bog‘liq bo‘lmasligi m um kin, ya’ni
shaxsning so‘zi bilan ishi bir xil bolm agandek. Biz avtomatik
ravishda biror-bir vazifani bajarganimizda, ustanovkalar yuzaga
chiqmaydi. Har kuni uyqudan uyg‘onib, birinchi qiladigan ishi-
miz yuzim izni yuvish va salom berish, bu narsani o ‘ylab ham
o‘tirm ay bajaramiz yoki yo‘lda keta turib biror-bir tanishim izni
ko‘rsak salomlashib o‘tib ketamiz va hokazo. Bunday avtomatik
reaksiyalar adaptatsiyalashgandir.
Alfreyd Nort Uaytxedning fikriga ko‘ra «avtopilot rejimi-
da» harakat qilganimizda bizning ustanovkalarimiz «uyquda»
bo‘ladi.
O ‘z-o ‘zini nazorat qilishi kuchli bo‘lgan insonlar uchun
ustanovka ijtimoiy moslashtirish rolini o‘ynaydi. Ijtimoiy ustanov
ka ularga yangi ishga, yangi rollarga moslashishga va o ‘zaro mu-
nosabatlarga kirishishga yordam beradi.
Insonlar kim ningdir ustanovkasi haqida so‘raganlarida, ular
qaysidir insonlarga va voqealarga bo‘lgan ishonch va tuyg‘ularni
nazarda tutadilar va bu holat o‘zlarini qanday tutishga tayyor
ekanliklarini aniqlab oladilar.
Ustanovkalari har xil bo‘lgan partnyorlar bir-birlarini tushuna
olmaydilar va shu orada anglashilmovchilik tufayli ajraladilar.
Ustanovkalari bir-biriga mos kelgan partnyorlar esa muloqotda
ko‘ngildagidek natijaga erishadilar.
Dostları ilə paylaş: |