18
5-rasm. Tofusia novemcita da poliembrioniya hodisasi. To‘tta normal
embrion ko‘rinib turibdi ( X.Nyumen, D.J.Petterson, 1910 bo‘yicha).
Zamburug‘ hujayralari va ba‘zi suv o‘tlari bir-biri bilan birikib, sochsimon
iplarni hosil qiladi. Bularning hujayralari uchki tomondan ilgarilab o‘sadi.
Hujayraning orqa tomonida uchki tomonining o‘sishliga qarab ko‘ndalang to‘siqlar
hosil bo‘ladi. Bu to‘siq navbatdagi hujayrani chegaralab turadi, ammo hujayra
uchki qismining o‘sishi davom etadi. O‘simliklarning uchki qismidagi o‘suvchi
hujayralar tez-tez ikkiga bo‘linib ko‘payadi. Ular keyinchalik o‘sib, tarnoqlarga
ajraladi.
Ba‘zi zamburug‘larning hujayralari bo‘linmasdan o‘sadi. Masalan,
mikomiset zamburug‘lari ko‘ndalang to‘siqlarsiz, shoxlanuvchilar hosil qilib
o‘sadi.Bu iplar ajralmaydigan naylar hosil qilib, uning ichida yadrolar soni ko‘p
bo‘ladi. Nayinng ichidagi yadrolar atrofi sitoplazma bilan o‘ralgan bo‘ladi, Bunda
o‘sish ipning uchki qismi orqali amalga oshadi.
Hujayrasiz
organizmlarda
sirkulyasiya
xususiyatini
sitoplazmaning
to‘lqinsimon harakati amalga oshiradi. Organizm o‘sadi, yadro bo‘linadi, keyin
ko‘ndalang devorlar hosil bo‘lmaydi. Mexanik kuchlanish natijada bunday
shaklsiz, amorf massa parchalarga bo‘jinsa, ba‘zilarida o‘z holicha o‘sish davom
etaveradi.
Ba‘zi hasharotlar rivojlanayotgan tuxumining dastlabki bos-qichlarida
o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Otalangan yadro bo‘linadi, sariqlik hisobidan
sitoplazma miqdori ortadi, lekin hujayra membranasi hosil bo‘lmaydi. Keyin
membrananing sintezlanishi boshlanadi. Yadro sitoplazma bilan o‘ralgandan keyin,
hujayralararo to‘siqlar hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: