Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix20.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#88848
1   2   3   4   5   6   7
Yillardan 
Foizda 
Oylar 
Foiz 
01.01.06 

oyiga 
40 % 
01.10.07 

oyiga 
225 % 
01.03.08 

oyiga 
300 % 
01.07.09 
120 % 
oyiga 
10 % 
01.08.10 
84 % 
oyiga 
7 % 
01.07.11 
60 % 
oyiga 
5 % 
Xozir ko’pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda 
operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qo’llanadigan 
monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu usul tijorat banklarining likvidlik 
darajasiga tezda ta’sir o’tkaza oladigan egiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ 
usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va 
xohlagan miqdorda o’tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish 
tendentsiyasiga qarab pul muomalasini baraqarorlashtira olishi mumkin. Markaziy 
bankning ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda 
oldi - sotdi ob’ekti bo’lib davlat qimmatbaho qog’ozlari va Markaziy bank o’zi 
chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. Hozirgacha muomalada Markaziy 
bankning uch oy muddatda so’ndiriladigan depozit sertifikatlari yurgan bo’lsa, 1996 yil 
mart oyi oxirida GKO (davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)) chiqariladi.
Z.D.Niyozov “Pul kredit va banklar” S. 2012 


18 
Bu tijorat banklari va korxonalarining mablag’larini xavf-xatardan saqlash va 
daromad olish imkonini beradi. Davlat qimmatbaho qog’ozlar bozori O’zbekiston 
uchun yangi hodisa hisoblanadi. DQMOni kiritish birinchidan, Moliya vazirligiga o’z 
joriy xarajatlarining bir qismini inflyatsiyadan xoli manba hisobidan qoplashga, 
ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining bo’sh mablag’larini foyda olish 
evaziga investitsiya qilish mumkinligiga imkoniyat yaratdi. 
DQMOlarning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat 
banklari ishtirokida chiqariladi. Zarur bo’lsa obligatsiya egasi ikkilamchi bozorda o’z 
foydasi evaziga uni sotishi mumkin. Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasini 
barqarorlashtirish uni tartibga solish borasida barcha vakolat va huquqiy normalarga 
ega. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar ko’pgina davlatlarda qo’llaniladi. 
Davlatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa selektiv usullardan ham 
foydalanishi mumkin. Bu usullarni maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy pul 
massasiga ta’sir o’tkazib borishdir. Bu usullarni har davlat o’zini rivojlanishi 
darajasiga qarab qo’llashi mumkin. Masalan, rivojlangan davlatlarda asosan ochiq 
bozorda operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi. Yuqoridagilarni tahlil qilsak, har 
usul u yoki bu yo’l bilan (bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul massasini 
kamayishiga yoki ko’payishiga ta’sir qiladi. Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab Markaziy 
bank o’zining pul- kredit sohasidagi strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari 
mamlakatdagi pul muomalasi hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar bilan 
ham boshqariladi. Bunga misol qilib korxona tashkilotlarini kassa tushum rejasini 
bajarishi ustidan qattiq tazorat o’rnatish, barcha savdo shohobchalarini inkassatsiyaga 
tortish, aholini o’z daromadini davlat banklarida saqlashga targ’ib qilish va ishontirish, 
qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan keng foydalanish, bank 
tizimini takomillashtirish, ya’ni elektron kartochkalarini joriy qilish va boshqalar 
bularning hammasi muomaladgi pul massasining kamayishiga, emissiya miqdorining 
qisqarishiga olib kelishi mumkin. Pul islohotlari va uni pul muomalasini 
barqarorlashtirishdagi o’rni Pul islohoti deb pul muomalasini barqarorlashtirish 
maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o’zgartirishga aytiladi.


19 
Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin - oltin 
deviz, oltin dollar muomalasi davrida o’tkazildi. Sobiq SSSRda pul islohati 1922 - 24 
yillarda, 1947 yillarda o’tkazildi. O’zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o’tkazildi va 
respublika mustaqil davlat sifatida o’zining milliy pul birligiga ega bo’ldi. Pul 
muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o’tkazmasdan ham erishish mumkin. 
Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya, 
devalvatsiya, denominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, 
iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga qarab davlat 
pul islohotini o’tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin.
Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul 
tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli 
qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o’rniga yangi pul birligi kiritiladi. 
Masalan, Sobiq SSSRda 1922-24 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi 
natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada 
giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan.
Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan 
yangi markalar 1 marka : 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. 
Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi. Revalvatsiya - bu pul birligining oltin 
qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, birinchi jahon urushidan keyin 1925-1928 yillarda 
o’tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo’lgan oltin qiymati 
belgilandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valyuta 
kursi ko’tarildi. Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda 
revalvatsiyao’tkazilgan. 
Devalvatsiya - bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan 
tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya pulning 
oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining 
oltin miqdori 7,89 % ga, 1973 yil fevralda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta 
kurslariga o’tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida 
olib boriladi. Denominatsiya - baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi 
«0» larni qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. 


20 
Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yillarda ikki marta 
denominatsiya o’tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul 
birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. 
Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil 
pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya 
suratlari past bo’lgan sharoitda qulay bo’lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari 
yuqori bo’lsa, denominatsiya o’tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. 
Faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin 
bo’ladi. 
Pul islohotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.: 
- muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo’yicha eski 
pullarni yangi pullarga almashtirish: 
- aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq yoki 
qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo’yish): 
- ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul islohotini o’tkazish. 
Bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo’li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu 
usul 1948 yilda G’arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga 
o’tishda qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolashda ish haqini to’lashni to’xtatib 
qo’yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o’tkazish, ish o’rinlarini 
qisqartirish kabi qattiq choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada 
1948 yilning iyun oyida o’tkazilgan pul islohotida aholining nakd pullari va 
jamg’armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi. 
Aholining pul jamg’armalarini to’lash vaqtincha to’xtatilgan, keyinchalik faqat 30 
foiz atrofida to’langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa 
ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo’lgan 
disbalans tugatilgan va shu yo’l bilan inflyatsiyaning o’sish templari to’xtatilgan. 
«Shok yo’li» bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o’tkazilgan va u 
«Dodj rejasi» degan nomni olgan.
Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar 
amalga oshirilgan. Erkin bahoga o’tish bilan bir vaktning o’zida er islohoti o’tkazildi, 


21 
byudjet kamomadini yo’qotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar 
bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, 
korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, aholi 
jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib qo’yildi.
Iqtisodni «shok yo’li» bilan davolash Sharqiy Yevropa mamlakatlari
Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan 
davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada ko’lanilgan bo’lib, ish 
haqi vaktinchalik kotirib qo’yilgan holda , baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990 
yilning boshlariga kelib Polshada tovarlar mo’l-ko’lchiligi vujudga kelib boshladi va 
tovarlar bahosining bir necha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari 
sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o’tkazilishi aholining 
yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko’paytirdi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin