Tuzilmali egiluvchanlik qator holatlar bilan ta`minlanadi: muammoli-modul tuzilmasining safarbarligi, muammoli-modulli dastur pog’onaligi, egiluvchan jadval loyihasining mavjudligi va ko’p vazifali o’quv xonalarining jihozlanganlik imkoniyatlari va boshqa.
Mazmunli egiluvchanlik birinchi navbatda ta`lim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalash imkoniyatlarida namoyon bo’ladi. Bunday imkoniyatning o’zi taklif etilayotgan texnologiyada o’quv materialining blok va modulli printsip asosida saralanish evaziga vujudga keladi.
Texnologik egiluvchanlik muammoli-modulli ta`lim jarayonining quyidagi jihati bilan ta`minlanadi: o’qitish metodlarining variantligi, nazorat va baholash tizimining egiluvchanligi, o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini yakka tartibda tashkil etish va boshqa.
Misol tariqasida quyida informatika fanidan “Informatikani o’qitishning tamoyillari, shakli va metodlari” mavzusi bo’yicha o’tkaziladigan darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasini havola qilamiz.
Texnologik xarita
Mavzu
Informatikani o’qitishning tamoyillari, shakli va metodlari
Maqsad, vazifalar.
Maqsad:- Informatika o’qitishning tamoyillari, tashkiliy shakllari va metodlari haqida tushunchalarni egallash va farqlash.
Vazifalar: - talabalarda mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va kengaytirish;
- mavzuga oid tarqatilgan materiallarni, nazorat topshiriqlarini talabalar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara orqali nazorat topshiriqlari qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini aniqlash;