Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə112/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Kon-
Konimex kanali-
Koptok-
Korxona- yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subʼyekt. Korxonalar mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi. Ular iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shugʻullanadi. Hozirda davlat, jamoa, qoʻshma, yakka (oila, xususiy) korxonalar bor.
Kosmik apparat- kosmosda ilmiy tadqiqotlarni, meteorologik kuzatishlarni, navigatsiya oʻlchashlarini oʻtkazadigan, radio- va telealoqalarni taʼminlaydigan uchish apparati. Kosmik apparat boshqarilishi boʻyicha (boshqarilmaydigan, avtomatik boshqariladigan, orbital stansiyalar, kosmonavt uchuvchisi boʻlgan kosmik kemalar), uchish trayektoriyasi boʻyicha (Yer yoki sayyoralarning sunʼiy yoʻldoshlari, Yerga yoki sayyoraga qoʻndirish apparatlari, sayyoralardan uchib chiqish uchun apparatlar), foydalanilishi boʻyicha (bir marta va koʻp marta foydalaniladigan) turlarga boʻlinadi.
Kosmonavtika-(kosmos va yunoncha nautike — kemani boshqarish sanʼati degan ma`noni bildiradi) — kosmik fazoga parvoz qilish. Turli xildagi kosmik apparatlardan foydalangan holda kosmosni va Yerdan tashqaridagi kosmik obʼyektlarni oʻrganishni taʼminlaydigan fan va texnika sohalari majmuidir. Kosmonavtika Quyidagi muammolar bilan shugʻullanadi: kosmik uchishlar nazariyasi — trayektoriyalarni hisoblash, ilmiytexnikaviy kosmik raketalar, boshqarish bort tizimi, uchirish joyi qurilmalari, boshqariluvchi kemalar va stansiyalar, ilmiy laboratoriya jihozlari hamda yerdagi uchirishni boshqarish tizimini yaratish, trayektoriyani oʻlchash xizmati, telemetriya, orbital stansiyalarni jihozlash va boshqarish, tibbiy-biologik hayotni taʼminlash bort tizimini yaratish, ortiqcha zoʻriqish, vaznsizlik, radiatsiya va shahri kosmonavtika masalalar bilan bogʻliq ravishda inson organizmida kechadigan noxush hodisalarni bartaraf qilish, kosmik fazo va sayyoralardan foydalanishning huquqiy, xalqaro huquq meʼyorlari boʻyicha boshqarish masalalari va boshqalar. Kosmik fazoga uchish mumkinligining nazariy asoslarini birinchi boʻlib, 19-asr oxirida K. E. Siolkovskiy yaratdi. U oʻzining "Reaktiv qurilmalar yordamida Olam fazosini tadqiq etish" (1903) va boshqa asarlarida kosmik parvozlarni texnik jihatdan amalga oshirish mumkinligini koʻrsatib, kosmonavtikaning asosiy muammolarini hal qilish yechimlarini berdi. 1921-yilda Rossiyada raketa texnikasiga doir ishlar boshlanib, Gazodinamik laboratoriya tashqil etildi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin