Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə186/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qorako`l shahri-Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi shahar (1980-yildan), tuman markazi. Qorakoʻldan viloyat markazi (Buxoro shahri)gacha 61 km. Aholisi 21 ming kishini tashkil etadi. Qorako`lda paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, neft bazasi bor. Kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, shuningdek, "Qorakoʻlteks" qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, gimnaziya, litsey, 2 kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira yodgorligi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, ambulatoriya, dorixonalar, aholiga xizmat koʻrsatadi. Shahar yonidan xalqaro yoʻnalishlarda temir yoʻl oʻtgan. Tuman markazi bilan qishloqlar oʻrtasida va Qorakoʻl — Buxoro oraligʻida avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.
Qoramol- quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli, kavsh qaytaruvchi hayvonlardir. Miloddan bir necha ming yil avval Yevropa, Osiyo, Amerikada tarqalgan. Xonaki qoramol yovvoyi buqa (tur) dan kelib chiqqan. Yevvoyi buqalarning oxirgi ajdodlari 17-asr boshlarida qirilib ketgan. Qoramol 8 ming yil ilgari Xindistonda, soʻng Gʻarbiy Osiyo, Oʻrta dengiz, Oʻrta Yevropada xonakilashtirilgan. Qoramollar yoshi va jinsi boʻyicha buzoq, tana, novvos, gʻunajin, sigir, buqa va boshqa guruhlarga boʻlinadi. Mahsuldorlik turlariga qarab sut, sut-goʻsht va goʻshtsut yoʻnalishidagi zotlarga ajratiladi. Sigirlar 20 (35), buqalar 15—20 yil yashaydi. Sut yoʻnalishidagi sigirlardan xoʻjaliklarda 12—13 yil, zotli buqalardan 5—10 yil foydalaniladi. Buqa va hoʻkizlardan ish hayvoni sifatida foydalaniladi. Dehqonchilik uchun muhim boʻlgan organik oʻgʻit (goʻng) olinadi. Qoramol boqish sharoitiga yaxshi moslashadi, koʻp hajmdagi ozuqani, dagʻal oʻsimliklarni ham tez hazm qiladi. U yaylov oʻtlari, silos, ildizmeva, aralash yem kabi ozuqalar bilan boqiladi. Bogʻlab (ogʻilxonalarda) va yaylovlarda boqiladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi- Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika maqomidagi O'zbekiston Respublikasi subyekti. 1924-yil 14-oktabrda bosqinchi bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 1,570 ming kishi. Boshkenti – Nukus shahri tarkibida 14 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin