Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Qoraqush- Qorasuv kanali-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə188/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qoraqush-
Qorasuv kanali-(Oʻngqirgʻoq Qorasuv kanali)— Toshkent viloyatidagi kanal. Toshkent viloyat Qibray tumani hududida, Oqqovoq-2 GESning pastki byefi oʻng qirgʻogʻidan boshlanadi. Uzunligi 35 km (shundan 24 km Toshkent shahri hududida). Oʻrtacha chuqurligi 1,5–2 m, eni 10–14 m. Kanalning bosh toʻgʻoniga temirbeton yotqizilgan. Qorasuv kanali 4,1 ming gektar ekin maydonini, shuningdek, Toshkent shahrining janubi va janubi-sharqini suv bilan taʼminlaydi.
Qorayaloq-(Turdus merula) qattiq chirillab ovoz chiqaradigan, qanotining uzunligi 115-150 mm keladigan qush. Tog`, bog` va qishloqlarda yashaydi. Aprel-may oylarida daraxtga ochiq savatcha ko`rinishida uya quradi. Uyasini mayda cho`plar, o`simlik qoldiqlari, daraxt barglaridan quradi. 5-6 ta oqish rangda qo`ng`ir tusli tarqoq xollari va naqshi bor tuxum qo`yadi. Tuxumdan chiqqan bolalari 12-15 kun uyasida bo`ladi. Qorayaloq qo`ng`izlar, kapalak qurtlari, kuz va qishda mevalar bilan oziqlanadi. Hasharotlarni qirib bog` va o`rmonlarga foyda keltiradi.
Qorjantog`- G`arbiy Tyanshan tog` sistemasidagi tizma. Asosan, Qozog`iston Respublikasi Janubiy Qozog`iston viloyatida, faqat g`arbiy qismining janubiy yon bag`ri O`zbekiston Respublikasining Toshkent viloyatiga kiradi. Janubi-g`arbdan shimoli-sharqqa cho`zilgan. O`rtacha balandligi markaziy qismida 2000 m, janubi-g`arbida 700–800 m. Tog`ning eng baland joyi 2823 m (Mingbuloq cho`qqisi). Janubi-g`arbda Qorjantog` pasaya borib Qorachatov qiriga aylanadi. Qorjantog` shimoli-sharqiy yo`nalishda 90 km davom etib, Ugom tizmasining o`rta qismiga borib taqaladi. Tizmaning janubi-sharqiy yon bag`ri qisqa va tikroq, soylar bilan chuqur kesilgan. Shimoli-garbiy yon bag`ri Keles daryosining chap irmoqlari bilan kesilgan. Qorjantog`ning yon bag`irlari har xil o`tlar bilan qoplangan. Yon bag`irlarini kesib o`tgan chuqur vodiylarda qoraqarag`ayzorlar, 1400–2000 m balandliklarda yong`oqzormevazorlar uchraydi. Qorjantog`dan shimoli-g`arbda Juzumsoy, Qizilotasoy, Uyasoy, Qorjonsoy, Oqparak, Ko`kpaksoy va boshqa, janubiy va janubi-sharqqa Urgutsoy, Qizilsuv, Chilmayram, Oqtosh, Ozodbosh, Tovoqsoy va boshqa daryolar oqib tushadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin