Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə24/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Beruniy shahri-1957-yilgacha Shabboz (Shayx Abbos Vali) deyilgan. 1962-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar va Beruniy tumani markazi hisoblanadi. Shahar iqlimi keskin continental bo`lib, o`rtacha harorat yanvarda -15, -20, iyul oyida esa +38 bo`ladi. Hozirda shahar aholisi 51 ming kishidan ortiq. Beruniy shahri qadimiy Xorazmning poytaxti boʻlgan va oʻsha davrlarda Kat deb atalgan. 1957-yil shaharga shu yerda tugʻilib oʻsgan olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy nomi berildi. Beruniy shahri Respublikaning muhim sanoat markazlaridan. Shaharda gʻisht, asfalt, paxta tozalash zavodlari, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bor. 1969 -yil 13-martda Amudaryo suvining toshishi natijasida shahardagi bir qancha binolar jiddiy zarar koʻrdi. Lekin tez fursatda shahar qayta tiklandi. Keyingi yillarda shahar chegarasi kengaydi, yangi mavze, koʻchalar bunyod etildi. Beruniydan Nukus, Toʻrtkoʻl va boshqa shaharlarga samolyot va avtobuslar qatnaydi.
Beton-(fransuzcha beton va lotincha bitumon— togʻ smolasi degan ma`noni bildiradi)—bog`lovchi modda (masalan, sement), suv, toʻldirgichlar (masalan, shag`al, qum), ayrim hollarda qoʻshilmalar qoʻshib tayyorlanadigan qorishmaning zichlashib qotishi natijasida hosil boʻladigan qurilish materiali. Qadimda betondan gumbaz, katta inshootlar qurishda ishlatishgan. Bunda bog`lovchi material sifatida loy, gips, ohak, asfaltdan foydalanishgan. Beton texnologiyasining takomillashuvi sement ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq. 19-asrda temirbetonning ixtiro qilinishi betonning keng tarqalishiga olib keldi. Hajmiy massasiga (kgGʻm3 larda hisoblanadi) koʻra, betonning juda og`ir (2500 dan yuqori), ogʻir (1800 dan 2500 gacha,) yengil (500 dan 800 gacha) va alohida yengil (500 dan past) kabi turlarga bo`linadi. Vazifasiga ko`ra, oddiy (sanoat, fuqaro qurilishi uchun ishlatiladigan), gidrotexnika, yoʻl qurilishi, issiqlik izolyatsiyasi, manzarali ishlarga, maxsus ishlarga moʻljallangan xillari bor.
Bezgak- oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, Anofeles (bezgak chivinlari) chivini orqali yuqishi, qaltirash, tana harorati koʻtarilishi, taloq va jigar kattalashishi hamda kamqonlik bilan xarakterlanadi. Bezgak malariae soʻzidan olingan boʻlib, mal — badboʻy, ariae — hid yoki havo degan maʼnoni anglatadi. Bezgakning uch kunlik, toʻrt kunlik, tropik va Afrika xillari bor. Kasallik toʻsatdan boshlanadi: bemorni isitma tutib, junjiydi, qaltiraydi (u baʼzan shu qadar qatgiq qaltiraydiki, hetto ustiga issiq koʻrpa yopilganda ham sovuq qotadi), keyin qaltirash bosilib, harorat koʻtariladi (41 — 41,5°), bemor boʻriqib, qizarib ketadi, nafas olishga qiynalib, halloslaydi, boshi qattiq ogʻriydi. Isitma bir necha soat tutadi. Soʻngra harorati tez pasayib, baʼzan bir maromga tushadi. Shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga oʻzini sogʻlom his qiladi. Keyin yana isitma tutadi. Uch kunlik bezgakda — ikki kunda bir marta, toʻrt kunlik bezgakda — har uch kunda bir marta, tropik bezgakda — koʻpincha kun sayin isitma tutib turadi. Baʼzan kasallik shunchalik ogʻir kechadiki, agar davolash oʻz vaqtida boshlanmasa, bemor bir necha kundan soʻng asosan tropik bezgakda vafot etadi. Harorat koʻtarilganda yoki bezgakning boshqa belgilari namoyon boʻlganda, albatta tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Toʻgʻri tashhis qoʻyishda qon tahlili shart.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin