Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə32/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Bosh kiyim-
Bosh miya- odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasining oliy qismi bo`lib, kalla suyagi boʻshligʻida joylashgan. U umurtqa pogʻonasi kanalidagi orqa miya bilan markaziy nerv sistemasini tashkil etadi. Bosh miya uzunroq miya, miya koʻprigi, oʻrta miya, miyacha, miya oyoqchalari va katta yarim sharlardan iborat.Uzunchoq miya orqamiya bilan miya koʻprigi oraligʻida joylashgan. Miyacha Bosh miyaning ensa qismi ostida joylashgan. Odam Bosh miyasining ogʻirligi oʻrtacha 1360—1500 g , baʼzan bu koʻrsatkich kam yoki ortiq boʻlishi mumkin. Odamlarning aqli Bosh miyaning ogʻir yoki yengil boʻlishiga aloqador emas. Bosh miya qattiq miya pardasi, oʻrgimchak toʻrisimon va yumshoq (tomirli) parda bilan qoplangan. Bosh miyadagi nerv tolalari odamning barcha harakatini boshqaradi. Turli sabablar bilan bosh miyaning jarohat olishi inson hayoti uchun kata xavf tug`diradi.
Botanika bog`i-Toshkent shahridagi ilmiy muassasa. Unda tabiiy sharoitda oʻsadigan oʻsimliklar dunyosi har tomonlamanoʻrganilib, muhofaza qilish, qayta tiklash, ulardan oqilona foydalanish ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. 1998-yilda botanika bog`i Botanika instituti tarkibiga qo`shilgan va Botanika instituti va botanika bogʻi deb ataladigan boʻldi. Institutda 11 laboratoriya boʻlib, bular orasida deyarli barcha qitʼalardan yigʻilgan 1 mln dan ziyod oʻsimlik nusxalariga ega boʻlgan yirik Markaziy gerbariy laboratoriya Oʻrta Osiyoda yagona laboratoriya hisoblanadi. Institut bevosita tabiatda ish olib boradigan "Qizilqum choʻl stansiyasi"ga, Gʻarbiy Tyanshan (Ugam tizmasi)da va Orol dengizi boʻyida joylashgan tayanch nuqtalarga ega. Institutda oʻsimliklar qoplami, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, paleobotanika, oʻsimliklar xom ashyosi, anatomiyasi, sitoembriologiyasi, Orol dengizi atrofidagi qurib qolgan yerlarni qayta oʻzlashtirish, chorva mollari uchun yemxashak bazasini tashkil etish, ifloslangan suvlarni biologik usulda tozalashga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekistonning tabiiy florasi va oʻsimliklar jamoasini oʻrganish ustida olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida 4274 tur, 1023 turkum va 138 oilani oʻz ichiga olgan va Beruniy mukofotiga sazovor boʻlgan 6 jildli (rus tilida) "Oʻzbekiston florasi", 125 oilaga mansub 8097 tur va 1152 turkumni oʻzida mujassamlashtirgan 10 jildli "Oʻrta Osiyo oʻsimliklari aniqlagichi", 10 jildli "Oʻzbekiston zamburugʻlari florasi", "Oʻrta Osiyo suv havzalari suv oʻtlari florasi", 3 jildli "Oʻrta Osiyo koʻkyashil suvoʻtlar aniqlagichi", 2 jildli "Zarafshon florasi va oʻsimliklari", 2 jildli "Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻiston oʻsimliklari", 4 jildli "Oʻzbekiston oʻsimliklar qoplami va undan oqilona foydalanish", 3 jildli "Oʻzbekiston paleobotanikasi", "Oʻzbekiston Qizil kitobi", "Choʻl oʻsimliklarining ekologik anatomiyasi" kabi 120 dan ziyod monografiya va toʻplamlar nashr etildi
Botiq-quruqlikda yer yuzasining , shuningdek okean va dengizlar tubining atrofga nisbatan ancha pastga botgan joylari. Tubi koʻpincha tekis, chuqurligi har xil boʻladi. Botiq koʻproq tektonik yoʻl bilan vujudga keladi. Shakli odatda, yumaloq, oval hamda uzunchoq boʻladi. Diametri yoki uzunligi oʻn va yuzlarcha km ga yetadi (Fargʻona, Sariqamish, Borsakelmas botiqlari). Botiq soʻzi soylik, depressiya, bukilmalar terminlarining ma`nodoshi sifatida ishlatiladi. Tinch okeanda Mariana (11022 m), Tonga (10882 m) botiqlari bor. Botiq ilgari choʻkma deb yuritilgan. Botiq atamasi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida qayd qilingan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin