Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə33/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Botqoqlik- yerning doimo yoki uzoq vaqt nam, zax boʻlib yotadigan joyi. Botqoqda torf qalin (0,2—0,3 m) boʻladi, oʻsimliklarning ildizlari torf ostidagi gruntga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa boʻlsa, botqoqlashgan yerlar deb ataladi. Botqoq xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Botqoq quritilgandan soʻng torf asosan oʻgʻit, yoqilgʻi va mol tagiga toʻshama sifatida ishlatiladi, undan kimyoviy mahsulotlar olinadi, qurilishda foydalaniladigan plitalar ishlab chikariladi. Botqoq koʻpincha oʻrmoni kesilib yoki kuyib ketgan joylarda va chuqurlarni uzoq muddat suv bosishi, shuningdek sayoz suv havzalarini o`t qoplashi natijasida hosil boʻladi. Oʻsimliklar tarkibi va oʻsimliklarning oziqlanish tartibiga koʻra botqoqlar 3 xil boʻladi: pastqam botqoq, doʻngbotqoq va oraliq botqoq. Turkiston oʻlkasida botqoqlar yirik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Chu va Ili daryolari) vodiysida, yoyilmalarning tevarak atroflarida va pastqam joylarda uchraydi. Torf qatlami juda yupqa yoki butunlay yoʻq, oʻsimliklardan qoʻgʻa va qamish oʻsadi. Sharqiy Pomirda, Oqsuv, Muzqoʻl daryolari vodiylarida, Zoʻrkoʻl, Qorakoʻl va boshqa koʻllar atrofida ham botqoq koʻp.
Boychechak- (Gagea stipitata) — piyozdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 7—20 sm bo`ladi. Ildiz boʻgʻzi bargi bitta, ipsimon, yashil, tuksiz, uzunligi oʻsimlikning boʻyiga teng keladi. Poya barglari navbat bilan joylashgan, pastkilari qalami yoki qalaminashtarsimon, poyani bir oz oʻrab turadi. Boychechak bahor darakchilaridan biri. U fevral—mart oylarida gullab, meva beradi. Choʻl va adirlarning soz tuproq, qumloq hamda toshloq tuproqli yerlarida oʻsadi. Boychechak Afgʻoniston va Eronda ham uchraydi. Oʻzbekistonning ayrim joylarida zaʼfaron (Crocus alatavicus) va savrinjon (Colchicum luteum)ni ham boychechak deb atashadi.
Boyo`g`li-(Athena) yapaloqqushlar oilasiga mansub yirtqich qush (boyqush ham deyiladi). Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan. O'zbekistonda uy boyo'g'lisi uchraydi. Oyoqlari kuchli va paxmoq, tumshug'i qayrilgan, pati mayin, o'ljasini tovushsiz uchib kelib, tutib oladi, ko'zlari o'tkir. Bahorda kechalari, ba'zan kunduzi ham sayraydi. Ovozi yig'lagan bolaning tovushiga o'xshaydi. Boyqush mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, hasharotlar va mayda qushlar bilan ovqatlanadi, zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xo'jalikka foyda keltiradi.
Boysuntog`-Hisor togʻ tizmasining eng uzun janubi-gʻarbiy tarmogʻi. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylashgan. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga 150 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi — 4425 m (Xoʻjapiryox togʻi). Boysuntogʻning ayrim qismlari turli nomda ataladi: (shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga) Qushtang (3723 m), Ketmonchopti, Sarimas (1886 m), Suvsiztogʻ (2124 m). O`rtacha balandligi 2500–3000 m. Boysuntogʻ tizmalari Sheroboddaryo bilan Surxondaryoning suvayirgʻichi. Boysuntogʻda 3000 m dan baland dovonlar (Belovti — 3712 m, Gaza — 3018 m) bor. Boysuntogʻdan kup sersuv daryo va soylar boshlanadi (Machaydaryo, Qayroqsoy, Xoʻjaipok, Boysunsoy, Shotutsoy, Palgʻar va boshqalar). Togʻdan asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Lalmi va sugʻorma dehqonchilik, bogʻdorchilik rivojlangan.
Bug`- biror moddaning qattiq yoki suyuq holati bilan muvozanatda boʻlmish gaz holatidir. Bugʻ hosil boʻlishi jarayoni bugʻlanish, teskari jarayon esa kondensatsiya deyiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin