Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə37/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Buxoro otostegeyasi-(Otostegia bucharika) Janubi-G`arbiy Pomir-Oloyning kam saqlanib qolgan, yo`qolish arafasida turgan o`simligi. Uning bo`yi 20 sm ga yetadigan kulrang poyasi yuqori qismigacha yog`ochanadigan yarim buta. Bir yillik novdalari noaniq to`rt qirrali, sarg`ish-oq rangli va tukli bo`ladi. Barglari keng, tuxumsimon, bandsiz, ko`kimtir, yashil rangli, xurpaygan, qalin tuki bo`ladi. Gullari bandsiz. Buxoro otostegeyasi iyun-avgust oylarida gullab, sentabr-oktabrda meva beradi. O`zbekistonda Surxondaryo viloyati hududida o`sadi. O`sish joyi asosan, tog` oldi va tog` etaklaridagi gipsli tepaliklarda, ba`zan gipsli ohaktoshlarda. Bu o`simlik urug`idan ko`payadi. Chorva mollarining ko`plab boqilishi hamda o`simlik urug`iga turli hasharotlarning zarar yetkazishi tufdayli o`zimlik soni keskin qisqarib ketgan. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Buxoro qo`yi-(Ovis orientalis bocharensis) (tojik qo`yi ham deyiladi) O`zbekistonning Turkmaniston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida, qo`shni Afg`oniston va Pokistonda tapqalgan. Qo`chqori bo`ynining ostki qismida qalin va uzun yoli bo`ladi, shoxlari yirik, halqa shaklida buralgan (uzunligi 72 sm gacha), urg`ochisi kichikroq, shoxlari kalta va bir oz qayrilgan bo`ladi. Buxoro qo`yining vazni qizilqum qo`yidan kamroq bo`ladi. O`zbekistonda Buxoro qo`yining ikkita: bobotog` va boysun-ko`hitang populyatsiyalari mavjud. Qo`ylar 300 – 400 m dan 2200, ba’zan 3000 m gacha balandlikda archa o`sadigan ochiq tog` yon bag`irlarida yashaydi. Buxoro qo`yini muhofaza qilish uchun Surxon qo`riqxonasi tashkil etilgan.
Buxoro shahri-O‘zbekiston shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buxoro Buyuk ipаk yo‘lida yirik tijorat markazlaridan bo‘lgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkent va Buxoro orasidagi masofa 616 km . Buxoro 2 ta shahar tumani (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Shahar aholisi 264 ming kishidan ortiq.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin