Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə95/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Jung`or gulsapsari-
Juzg`un- qandim (Calligonum) — torondoshlar oilasining bir turkumi. Oʻrta Osiyoda 45 ga yaqin turi bor, asosan, choʻllarda oʻsadi. Boʻyi 50 sm dan 3 m gacha bo`ladi. Mevasi quruq bo`lib, barglari koʻrimsiz, uzunligi 5—7 mm, tasmasimon. Gullari oq, mayda, xushboʻy. Oʻzbekistonda, asosan, Qizilqumda va Markaziy Fargʻona qumlarida qora juzgʻun (Calligonum aphyllum), norjuzgʻun (Calligonum eriopodum), oq juzgʻun (Calligonum junceum), qizil juzgʻun (Calligonum caput-medusae) va boishqa turlari oʻsadi. Juzg`unlar, asosan, koʻchma qumlarni toʻxtatish uchun ekiladi. Ayrim turlari tarkibida oshlovchi moddalar va alkaloidlar bor. Juzg`unni mollar yeydi. Manzarali oʻsimlik sifatida ham ekiladi.
Kabisa yili-(arababcha — toʻliq degan ma`noni bildiradi) — oddiy yildan bir kun (fevral oyida) ortiq boʻlgan kalendar yil. Bunda 4 ga qoldiqsiz boʻlinadigan yil Kabisa yildir (faqat ikkita nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yil bundan mustasno. Masalan, 1700, 1800, 1900, 2100-yillar Kabisa yil emas). Yer Quyosh atrofida 365 sutka 6 soatda to`liq aylanadi. Natijada 6 soatdan ortiqcha vaqt qoladi va bir sutkani tashkil qiladi. Har 4 yilda bir sutka qo`shiladi va fevral oyi 29 kundan iborat bo`lib qoladi.
Kaft-
Kakkuqush- kakkusimonlar turkumiga mansub qush. Tanasining uzunligi 33—38 sm, ogʻirligi 100 g gacha bo`ladi. Qanoti kalta, dumi uzun. Pati koʻngʻir kulrang yoki qoʻngʻir sargʻish, qorin tomoni oqish boʻlib, qoramtir yoʻl-yoʻl. Kakku Yevropa va Osiyoning oʻrta va janubiy hududlarida keng tarqalgan. Uchib ketadigan qushlardan. Uya qurmaydi, tuxumini chumchuqsimonlar uyasiga tashlab ketadi. Kakku Oʻzbekistonning hamma daraxtzorlarida uchraydi. May— avgust oylarida 12—25 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan ochib chiqqan kakku joʻjasi uya egasining tuxumlarini uyadan chiqarib tashlaydi. Boshqa qushlarning uyasini buzishi tufayli kakku birmuncha ziyon yetkazadi. Hasharotlar va ularning qurtlari, shu jumladan, boshqa qushlar tegmaydigan paxmoq qurt (tengsiz ipak qurti) bilan oziqlanib, foyda keltiradi.
Kaklik-(Alectoris kakelik) — qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub qush. Uning ogʻirligi 370—770 gramm bo`ladi. Rangi yashaydigan joyiga mos boʻladi. Tumshugʻi, oyoqlari qizil. Narining oyogʻida kichkina toʻmtoq pixi bor. Janubiy Yevropada, Kichik, Oʻrta va Markaziy Osiyoda tarqalgan. Kaklik Qrimda yoʻqolib ketgan edi, hozir qaytadan iqlimlashtirilmoqda. Oʻrta Osiyo togʻlarida, togʻ yon bagʻirlarida oʻtroq yashaydi. Kaklik juda hushyor, tez yuguradi, lekin uzoq masofaga ucholmaydi. Togʻlarda yashashga moslashgan. Kaklik uyasini toshlar, butalar, oʻtlar ostiga quradi. U 6—24 tuxum qoʻyadi. Joʻjasi tuxumdan 20 kunda chiqadi va ertasigayoq ota-onasiga ergashib yuradi. Oʻsimliklarning kurtagi, barglari, don va urugʻlari, hasharotlar, ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Goʻshti juda mazali bo`lganigi uchun ovlanadi. Sayroqi qush sifatida toʻrqafasda boqiladi.
Kakra- ko`p yillik begona o`t . Kakraning poyasi 20-60 sm gacha tik o`sadi.barglari yashil kulrang, guli poushti rangda bo`ladi. U iyun – iyul oylarida gullaydi, iyul-avgustda meva tugadi. Kakra hamma ekinlar ichida, bo`z yerlarda va cho`llarda ham o`saveradi. Kakraning ildizi 3 – 10 m gacha bo`ladi. U zaxarli va zararli o`t bo`lib, urug`laridan va ildizpoya bachkilaridan ko`payadi. Bug`doyga aralashsa uni taxirlashadi. O`sib turgan kakrani hayvonlar yemaydi. Pichanga kakra aralashib qolsa, chorvani zaxarlashi mumkin.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin