Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə93/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Jizzax shahri- Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Shahar Sangzor daryosi boʻyida, 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent–Samarqand temir yo'l va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Maydon 0,7 ming kv.km. Aholisi 132,5 ming kishi (1939 yil–9 ming, 1959 yil–15 ming, 1970 yil–35 ming kishi), asosan oʻzbeklar, rus, tatar, ukrain, eroniy va boshqalar ham yashaydi. Jizzax Oʻrta Osiyodan oʻtgan bir necha qadimiy karvon yoʻlining tutashgan joyida vujudga kelgan. Jizzaxda 1920-yillardan boshlab yangi korxonalar qurilgan. 1930-yil mahalliy xom ashyo bilan ishlaydigan ohak zavodi, 1932-yil shahar elektr stansiyasi, 1942-yilda paxta zavodi, 1943-yilda qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlaydigan zavod, 1949-yilda yogʻ-pishloq zavodi, 1960-yilda Oʻzbekistonda eng yirik binokorlik materiallari kombinati ishga tushdi. Mirzachoʻl va Qarshi choʻllarini sugʻorish uchun polietilen quvurlar va polixlorvinil mahsulotlari ishlab chiqariladigan kimyo kombinati (1969), elevator, un zavodi va aralash yem ishlab chiqariladigan sexdan iborat un kombinati qurildi (1970). 1971-yilda gʻisht zavodi va Toshkent trikotaj firmasi filialining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, non zavodi, tikuvchilik fabrikasi mahsulot bera boshladi. Jizzaxda 30 dan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. Ular orasida badiiy kulolchilik buyumlari korxonasi, "Soʻgʻdiyona" firmasining tibbiyot markazi, sut-yogʻ, elektromexanika zavodi, qurilish materiallari kombinati, temir-beton plitalar ishlab chiqarish korxonasi, ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj, mebel fabrikalari bor.
Jizzax viloyati- O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. 1973-yil 28-dekabrda tashkil etilgan. Shimoli-sharqda Qozog`iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-g`arbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 21,1 ming kv.km. Bugungi kunda aholisi 991 ming kishidan ziyod. Jizzax viloyatida 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Do`stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho`l, Paxtakor, Yangiobod, Forish, G`allaorol), 7 shahar (Gagarin, Dashtobod, Do`stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, G`allaorol), 8 shaharcha (Bo`ston, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, O`smat, Uchquloch, Yangiqishloq, Qo`ytosh), 95 qishloq fuqarolari yig`ini bor. Markazi — Jizzax.
Jo`ja- tovuq va boshqa parranda palaponi. Tovuq jo`jalari 1 kunligida 35—40 g , 1 oyligida 240—270 g , 2 oyligida 550— 600 g , 3 oyligida 900—1100 g , 4 oyligida 1200—1500 g , 5 oyligida 1500— 1800 g boʻladi. Jo`jalar tuxumdan ochib chiqadi. Tovuq jo`jasining rangi qora, sariq, oq va ola rangda bo`ladi. Keyinchalik esa qisman rangi o`zgaradi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin