Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə89/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Iyul- lotincha mensis Julius so`zidan olingan. Grigoriy taqvimida yilning yettinchi oyi. 31 kundan iborat. Shu oyda tug`ilgan Yuliy Sezar sharafiga nomlangan.
Iyun- lotincha mensis Junius – Yunona oyi degan ma`noni bildiradi. Grigoriy taqvimida yilning oltinchi oyi. 30 kundan iborat. Qadimgi Rim ma`budasi Yunona nomi bilan bog`liq.
Izg`irin-
Jadval- maʼlum izchillikda ustunlar, kataklar, satrlar tarzida koʻrsatilgan maʼlumotlar, raqamlar.
Jag`jag`-(Capsella bursa pastoris) karamdoshlar oilasiga mansub bo`lib, bo‘yi 20-30 ba’zan 60 smgacha yetadigan bir yillik o`t-o‘simlik. Poyasi bitta, ba’zan bir nechta, tik o‘sadi, shoxlangan yoki shoxlanmagan. Ildizoldi barglari bandli, cho‘ziq nishtarsimon, kemtik tishsimon qirrali yoki patsimon kesik, ba’zan tekis qirrali bo‘ladi. Poyasidagi barglari kichikroq, tekis qirrali bo`lib, bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Mayda, oqish rangli, to‘rt bargli gullari shingil to‘pguliga joylashgan. Mevasi - teskari uchburchak yoki teskari uchburchak-yuraksimon ko‘sakcha shaklida bo`ladi. Jag‘jag‘ aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan boshlab yetiladi. Bu o‘simlik juda keng tarqalgan tur hisoblanadi. Uzoq shimol va cho`l zonalardan tashqari, barcha mintaqalarda o`tloqlarda, yo`l chekkalarida, aholi yashaydigan yerlarda, dalalarda va ekinzorlarda begona o`t sifatida o‘sadi.
Jang-harbiy bo`liunma, qismlar (kema) qo`shilmalarning uyushgan to`nashuvi, yerda (umumqo`shin), havoda (havo jangi), dengizda (dengiz jangi) olib boriladi. Jangler mudofaa jangi, hujumkorlik jangi, muqobil jang kabi turlarga bo`linadi. Jangler jang bo`lyotgan paytrdagi voqea-hodisa yoki joy, daryo va boshqa nomlar bilan bog`lanib tarixga kiradi (masalan, Jangi loy, Anqara jangi). Hayvonlar o`rtasida asosan, hudud va juftga egalik qilish uchun bo`ladi.
Jangchi chumoli- navkar chumolilar deb ham ataladi. Ular uyani dushmandan himoya qiladi. Ular uyaga kiradigan teshikni boshlari bilan yopib oladi. Uyaga kiradigan ishchi chumolilar mo`ylovlarini navkarlar boshiga tekkazadilar. Shundan keyinga navkar chumolilar ularga uyaga kirish uchun ruxsat beradilar. Jangchi chumolilar ona chumoli va uyani himoya qiladi.
Janub-- janub nuqtasi — matematik (haqiqiy) ufq bilan osmon meridiani kesishgan nuqta. Ufqda dunyoning janubiy qutbiga eng yaqin joylashgan. Janub ufqning asosiy nuqtalaridan boʻlib, shimol nuqtasiga qarama-qarshi joylashgan. Oʻzbek tilidagi xaritalarda J yoki xalqaro xaritalarda S harflari bilan belgilanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin