Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə88/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Istirohat bog`i-
It-(lotincha Canis familiaris) — boʻrisimonlar oilasiga mansub uy hayvoni. Hamma mamlakatlarda tarqalgan. Yovvoyi ajdodi boʻri. It miloddan avvalgi 15— 10-ming yillarda xonakilashtirilgan. Itlarning hid bilish, eshitish va koʻrish organlari, shuningdek, miyasi yaxshi rivojlangan. Itning yangi tugʻilgan bolasi kuchuk deyiladi. Kuchuk bolalar koʻr, kar, tishsiz tugʻiladi. Koʻzi 10—14 kundan keyin ochiladi, 5— 8 kundan keyin quloqlari eshita boshlaydi, sut tishlari 20—30 kunda chiqali. Onasini 1 — 1,5 oy emadi, soʻngra boshqa ovqatlarni ham yeyaveradi. Itlar 12—15 yil, baʼzi zotlari 17 yilgacha yashaydi. Itlarning boʻyi 16—18 sm dan 100 sm gacha, vazni 600 g dan 90 kg gacha boradi. Uy itlari yovvoyilashishi ham mumkin. Itlarning yovvoyi holda yashaydigan yagona turi dingo iti, asosan, Avstraliyada tarqalgan. Jahonda itning 400 dan ortiq zoti maʼlum. It 3 ta asosiy guruhga: xizmat itlari, ovchi itlar, dekorativ itlarga boʻlinadi. Xizmat itlari qoʻriqchilik va maxsus xizmatlar (harbiy, qidiruv, qorovullik, yuk tashish)ni bajaradi. Ular boyloq, boʻsh yoki alohida kataklarda (xonalarda) boqiladi. Ovchi itlar guruhiga mansub 100 dan ortiq zot mavjud, tozi, laycha, setter, poynter, layka, iskovuch va boshqa. Bular yovvoyi hayvon va parrandalarni topib, ovchilarga yordamlashadi. Ovchi itlar bilan sport musobaqalari ham oʻtkaziladi. Uyda asraladigan dekorativ itlardan uzun junli baroq itlar, jingalak jun baroq itlar, balonka, pakana zotli teryer, pudel, shpits, pekin va yapon itlari, mopelar keng tarqalgan. Ular deyarli xoʻjalik ahamiyatiga ega emas va ularni faqat it ishqibozlari ko`paytiradi va boqadi.
Itburun-(Rosa canina) ra`noguldoshlar oilasidan, bo`yi 3 m gacha yetadigan buta. Shoxlari yoysimon tarvaqaylagan, qattiq tikanlari siyrak joylashgan. Itburun aprel-may oylarida gullaydi, iyul-oktabr oylarida mevasi yetiladi. U tog` daryolari va jilg`alari qirg`oqlarida, bog`larda, yong`orzorlarda va o`rmonlarda o`sadi. Xalq tabobatida meva qaynatmasi va damlamasi ichak faoliyati buzilganda va infeksiyalarda bitiruvchi vosita sifatida, milk kasalliklarida og`iz chayish uchun ishlatiladi.
Ixroj-(Tithymalus) sutlamadoshlar oilasiga kiruvchi, ildizpoyali, mbo`yi 10-40 sm keladigan ko`p yillik o`t. Poyasi ko`p sonli, tik o`sadi va barglari ham ko`p. gullari soyabonsimon bo`lib, poyasining uchida joylashadi. Ixroj iyul-avgust oylarida gullaydi va urug`laydi. U tog`ning yuqori qismidan to yaylovlargacha tarqalgan. Ba`zan yirik maydonlarda ixrojzorlar hosil qiladi. Mahalliy aholi ixroj o`simligidan kuchli surgi sifatida, oshqozon-ichak yaralarini va ochiq yaralarni davolashda foydalanadi. O`zbekistonda ixrojning 33 turi uchraydi. . shulardan 4-5 turidan foydalaniladi.
Ixtiozavr-(Ichthyosaurta), baliq kaltakesaklar — qirilib bitgan dengiz kaltakesaklaridir. Amerika, Avstraliya, Yevrosiyoda skelet qoldiqlari topilgan, oʻrta triasdan boʻr davrigacha yashagan. Sudralib yuruvchilar orasida suvda yashashga eng yaxshi moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Kelib chiqishi va filogeniyasi yaxshi oʻrganilmagan. Kotilozavrlardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Tanasining shakli delfinga oʻxshash, uzunligi 15 m gacha, tumshug`i uzun, tishlari konussimon bir kator joylashgan. Eshkak oyoklari, panjalari yoki barmoklari juda kengaygan. Yirtqich baliklar va mollyuskalar bilan oziklangan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin