Vabo o’ta xavfli yuqumli kasalliklar qatoriga kiruvchi o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchisi Vibrio avlodiga vibrionsae oilasiga kiradigan 150 vibrio cholerae deb ataluvchi vibriondir



Yüklə 13,7 Kb.
tarix28.03.2023
ölçüsü13,7 Kb.
#90721
6-mavzu ep


Vabo o’ta xavfli yuqumli kasalliklar qatoriga kiruvchi o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchisi Vibrio avlodiga vibrionsae oilasiga kiradigan 150 vibrio cholerae deb ataluvchi vibriondir. Yashirin davri 1-5 kun (ko’pincha 1-2 kun), kasallikning klinik ko’rinishi turlicha bo’lib, belgilarsiz kechuvchi vibrion tashuvchilikdan to, keskin suvsizlanish va hayotiy muhim organlar faoliyati buzilishi bilan ifodalanadigan og’ir holatlar bilan kechishi mumkin. Hozirga kelib vaboning 7 ta pandemiyasi qayd etilgan. JSST prognozi bo’yicha vaboning 8-chi pandemiyasi ham boshlangan. Shu jumladan O’zbekistonda ham endemik o’choqlar yuzaga keldi. Vabo vibrioni odam organizmiga og’iz orqali, ifloslangan suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari orqali kelib tushadi. Vabo kasalligi kechishining oxirgi darajasi, vibrion virulentligiga, organizmga tushgan miqdoriga va organizmning qo’zg’atuvchiga nisbatan moyilligiga bog’liqdir. Vibrionning yuqish miqdori yuqori bo’lib, me’daning barerlik faoliyatida bu ko’rsatkich 10 dan 100 milliardgacha mikrob soniga teng bo’lishi mumkin, me’da shirasi kislotalik ko’rsatkichining pasayib ketishi, me’da shirasi ishlab chiqarilishining bir xilda bo’lmasligi va kuchaygan peristaltika bilan kechuvchi oshqozon-ichak trakti kasalliklarida: spirtli ichimliklarni suistemol qilish natijasida, me’da rezeksiyasidan so’ng mikroblarning oshqozondan halokatga uchramasdan hayot faoliyati saqlangan holda ingichka ichakka o’tish ehtimolligi keskin ortadi. Bunday bemorlar uchun vibrion yuqish dozasi yuz ming martabagacha kamayadi va bir million mikrob soniga yaqin bo’ladi. Bunday shaxslar boshqalarga nisbatan vabo bilan ko’proq kasallanishadi va ularda kasallik og’irroq o’tadi. Ingichka ichak distal bo’limiga tushgan vibrionlar shilliq qavatga yopishib olib (adgeziya) tezda ko’payishadi va ko’p miqdorda vabo toksini hosil qiladi. Vabo enterotoksini (xolerogen) organizmning suvsizlanish - degidratatsiyasi va elektrolitlar balansi buzilishiga olib keluvchi o’tkir diareya rivojlanishiga sabab bo’ladi. Epidemik zonalardan tashqaridagi ayrim mamlakatlarda ikkilamchi o’choqlarning shakllanishi El-Tor vibrionining klassik vabo qo’zg’atuvchisidan farq qilib, faqat tropik mamlakatlardagina emas, Shu bilan birga subkontinental va kontinental iqlim sharoitida ham tashqi muhit ob’ektlarida uzoq vaqt saqlana olishi va tez ko’paya olish xususiyati bilan tuShuntiriladi. Hozirgi zamon mualliflari Hindiston va Pokistonda El-Tor vabosi tarqalishiga bu yerdagi har xil suv havzalarining zararsizlantirilmasligi xavfsiz suv manbalaridan olinuvchi suv bilan ta’minlanganligini sabab deb, Gromashevskiyning o’z - vaqtida «vabo vibrionlari iflos suvlardan foydalanganda yuqadi» - deb aytgan fikrini tasdiqlashmoqda. Vaboning epidemiologik xususiyati ko’p tomondan qo’zg’atuvchining o’zgaruvchanligi va ekologiyaga asoslangan. Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi 1817 yildan to shu vaqtgacha vaboning ettita pandemiyasi bo’lib o’tgan. Ettinchi pandemiya davomida El-Tor vabosi avj olishi va epidemiyalari Osiyo, Afrika, Amerika, Evropa, Avstraliya va Okeaniya mamlakatlarida qayd etildi. Bunday holat Yaponiyada, Tinch okeanidagi Maldiv, Kamor, Guam va Gilbert orollarida ham kuzatilgan. Keng miqyosdagi epidemik avj olish holatlari Italiya, Ispaniya, Portugaliyada bo’lib turdi. AQSHda ayrim hollar qayd qilingan edi. Braziliyada vabo vibrioni oqar suvlardan topildi. Yuqorida aytib o’tilganidek JSST 151 prognozi bo’yicha sakkizinchi pandemiya ham boshlangan, biroq boshlangan yili hozircha aniq ko’rsatilmagan. Sakkizinchi pandemiya Bengal-O -139 shtammi bilan boshlangan 1996—97 yillarda bemorlar soni 1 mln.dan oshib ketdi. Asosiy epidemiya Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlari (Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron, Xitoyda) qayd etildi. U yoki bu mamlakatga infeksiya qo’zg’atuvchisi o’tishi natijasida vaboning epidemik avj olishi va bunda epidemiyalarning oldini olishga faqat tibbiy choratadbirlar yordamida erishib bo’lmaydi. Bunga erishish uchun yirik ijtimoiy va kommunal o’zgartirishlarni amalga oshirish talab qilinadi. Hatto qoniqarli sanitariya - gigiyena holati va yaxshi sanitariya sharoiti mavjud bo’lgan davlatlar ham o’z hududlarida vaboning avj olish xavfidan kafolatlanmagan.
Yüklə 13,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin