Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Janubiy Amerika materigi-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə90/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Janubiy Amerika materigi- Gʻarbiy yarim sharqning janubiy qismidagi materik, Amerika qitʼasining janubiy yarmi. Shimolida Panama boʻyni orqali Shimoliy Amerika bilan tutash, janubida Dreyk boʻgʻozi orqali Antarktidadan ajralib turadi. Materikning eng uzun joyi 7150 km, eng keng joyi 5100 km. Janubiy Amerika tarkibiga Shamolsiz orollar, Trinidad orol, Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos orollari kiradi. Maydoni (orollar bilan birga) 18,28 mln kv. km.
Janubiy Farg`ona kanali- Fargʻona vodiysidagi yirik irrigatsiya kanali. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hududidan oʻtadi. Olay togʻlaridan oqib tushadigan soylar suvini tartibga solish va Fargʻona vodiysining sharqiy va janubiy qismida suv taʼminotini yaxshilash maqgʻsadida 1940-yilda hashar yoʻli bilan qazilgan. Kanal Shahrixonsoy kanalining (Qoradaryo chap sohilida) yirik shoxobchasi. Dastlab Isfayramsoydagi Besholish uzogʻligigacha qazilgan, keyinchalik Margʻilonsoygacha yetkazildi. 1946-yilda Oltiariqsoygacha davom ettirildi. Uzunligi 120 km, eni boshlanishida 12 m, quyi qismida 2 m. Kanal 75,8 ming gektar yerni sugʻoradi (25,2 ming gektar Andijon viloyatida, 48 ming gektar Fargʻona viloyatida, 2,6 ming gektar Qirgʻizistonning Aravon tumanida).
Janubiy qutb- Yer aylanishining faraz qilinadigan oʻqi, Janubiy yarim sharda yer yuzasi bilan kesishgan nuqta. Janubiy qutb Antarktidaning Tinch okean qirgʻogʻiga yaqin qismida 280 m balandlikda joylashgan. Bu yerda muzning qalinligi 2810 m ga yetadi. Yer yuzasidagi har qanday nuqta Janubiy qutbga nisbatan joylashgan boʻlib, har doim shimoliy yoʻnalishda boʻladi. Janubiy qutb atrofida iqlim juda ham sovuq, muttasil shamol va izgʻirin, boʻron boʻlib turadi. Havoning oʻrtacha harorati 1957 - 1961 yillarda -48,6, eng past harorati -78,9 boʻlgan. Qutb kuni qariyb 179 sutka davom etadi (23 sentabr dan 20—21 martgacha). R. Amundsen boshchiligidagi norveg ekspeditsiyasi 1911- yil 14-dekabrda birinchi boʻlib Janubiy qutbga yetib borgan.
Janubiy Surxon suv ombori- Mirzaahmad Qoraboyev nomidagi Janubiy Surxon suv ombori — Oʻzbekistondagi yirik suv ombori. Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani hududida, Surxondaryoning oʻrta oqimida, Zarkamar va Xoʻjamulki toʻqayi oʻrnida 1958-1967-yillarda bunyod etilgan. Daryo havzasining eng tor yerida toʻgʻon qurilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Uzunligi 20 km, maksimal eni 6,2 km, oʻrtacha eni 2,96 km, maksimal chuqurligi 27 m, oʻrtacha chuququrligi 12 m. Janubiy Surxon suv ombori daryoning kayiri va uch terrasasida joylashgan. Asosiy inshootlar tarkibiga tuproq toʻgʻon, ehtiyot tashlama va Sherobod magistral kanaliga suv beradigan oʻngqirgʻoq suv chiqargich kiradi. Suv ombori Sherobod choʻlidagi 71 ming gektar yerni oʻzlashtirish hamda ilgaridan sugʻoriladigan 52 ming gektar yerning suv taʼminotini yaxshilash imkonini berdi. Suv omborida koʻpgina baliq turlari urchitib koʻpaytiriladi va ovlanadi. 1969-yilda Janubiy Surxon suv ombori qurilishga rahbarlik qilgan Mirzaahmad Qoraboyev (1931—1969) nomi berilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin