Internet orqali o'z-o'zini davolash qilmang


GRIPPNING ALOMATLARI VA BELGILARI



Yüklə 45,26 Kb.
səhifə8/10
tarix10.02.2023
ölçüsü45,26 Kb.
#83717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-Maktab hamshiralari

GRIPPNING ALOMATLARI VA BELGILARI
Intoksikatsiya natijasida hosil bo’ladigan gripp alomatlariga:

  • Juda tez (3-4 soat davomida) intoksikatsiya belgilarining o’sishi:

  • Tana haroratining ko’tarilishi — 39°C va yuqori;

  • Kuchli titroq;

  • Holsizlik;

  • Mushaklar va bo’g’imlardagi og’riq;

  • Qattiq bosh og’rig’i

  • Ko’zning yoshlanishi;

  • Yorug’likka sezuvchanlik.

Intoksikatsiya bilan birga parallel ravishda respirator alomatlar kuzatiladi:

  • Tomoq og’rishi;

  • Quruq yo’tal;

  • Burun oqishi.

Ba’zida qorin og’rig’i va ich ketishi kuzatiladi. Grippda yuqori tana harorati bir necha kungacha davom etishi mumkin, ko’pincha isitma tushiruvchi dorilar ta’siri natijasida pasaymaydi. Kasallik asoratlarsiz bo’lsa gripp 7-10 kun davom etadi. Bu vaqt davomida gripp alomatlari asta-sekin yo’q bo’lib ketishi mumkin, ammo umumiy holsizlik ikki haftagacha davom etishi mumkin. Grippning boshqa o’tkir respirator virusli infektsiyalar kabi yengil, o’rta, og’ir va juda og’ir shakllari bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, kasallikning asoratlarsiz va asoratli shakllari farqlanadi.



GRIPP RIVOJLANISHI SABABLARI


Kasallikning yuzaga kelishi sabablari yuqori nafas olish yo’llari shilliq qavatini gripp viruslari tomonidan shikastlanishidir. Infektsiya (kasallik) manbai gripp bilan kasallangan odam. Kasallik yuqishining asosiy yo’nalishi havo-tomchi yo’llari: yo’talish, aksa urish, gapirish va hatto oddiy nafas olish. Lekin virus maishiy yo’l bilan yuqishi mumkin — ro’molcha, taomlar, choyshab orqali. Gripp virusi juda yuqumli.

GRIPPNING ASORATLARI


Gripp virusi nafas yo’llari epitelial hujayralariga ta’sir qilganligi bois kasallikning asoratlari natijasida bakterial kasalliklar, jumladan bronxit, pnevmoniya, otit, gaymorit yoki boshqa sinus yallig’lanishlariga olib kelishi ehtimoli bor. Jiddiy bakterial asoratlarga — meningit, miya qobig’ining yallig’lanishi misol bo’la oladi. Gripp, shuningdek, bemorda mavjud surunkali kasalliklarni kuchaytirishi mumkin.
GRIPPNI OLDINI OLISH VA PROFILAKTIK CHORALARNI QO’LLASH
Boshqa asosiy tibbiy usul bu emlash bo’ladi. Vaktsinatsiya gripp mavsumi boshlanishidan 2-3 oy oldin (odatda oktyabr-noyabr oylarida) virus muayyan turiga (shtamm) qilinadi. Vaksinatsiya qancha ko’p virus shtammlariga qarshi bo’lsa va qanchalik ko’p kishiga qilinsa, shuncha samarali hisoblanadi. Bunday holda, bu aholining katta ijtimoiy guruhlarini himoya qilishga imkon beradi. Shuningdek, epidemiya davrlarida profilaktik chora-tadbir tarzida antivirus preparatlardan foydalanish tavsiya etiladi. Gigiyena qoidalariga rioya qilish, kasallangan odamlardan yiroq yurish, maxsus niqoblar taqish, oila a’zolari kasallanganda tozalikka e’tibor qilish va xonani tez-tez shamollatish kasallanish ehtimolini kamaytiradi.

Shaxsiy gigena qoidalari


Shaxsiy gigiyena tushunchasi asosida har bir shaxs zimma-sida o`zining va jamiyat a`zolarining, qolaversa kelajak avlodlar sog`lig`i va tabiatni muhofaza qilish uchun zarur bo`lgan gigiyenik bilimlarni o`zlashtirish va ularga amal qilish ma’suliyati turadi. Ayrim odamlar shaxsiy gigiyena tushunchasini tor ma`noda tasav-vur qilib, uni asosan ozodalik ya`ni taom iste`mol qilish oldidan qo`l yuvish, kechqurun va ertalab tishlarni tozalash, tanani toza saqlash kabi oddiy masalalar bilangina bog`lashga odatlanib qolganlar.
Aslida esa shaxsiy gigiyena tushunchasi ancha keng ma`no-dagi masalalarni o`z ichiga oladi va sog`lom turmush tarzi qoidala-rining asosini tashkil etadi. Chunonchi, ozodalik (teri gigiyenasi), tish va og`iz bo`shlig`i, kiyim va poyafzal gigiyenasi kabi masala-larni o`z ichiga oladi.

Yüklə 45,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin