Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


(Mikrosporaning fertil va sterilligi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə41/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

(Mikrosporaning fertil va sterilligi







Obekt, tur



Mikroskopdagi ko‘rish maydonchalari soni

Bir ko‘rish maydonchasidagi chang donachalarining o‘rtacha soni /%

Fertil (soni/%)

Steril (soni/%)

1

Cousinia umbrosa Bunge

14

5,11+0,42/19,32

21,34+0,75/80,68

2

C. aurea Winkl

12

4,89+0,37/23,85

15,61+0,28/76,15

3

C. triflora Winkl

13

5,97+0,53/28,66

14,86+0,57/71,34

4

C.tomentella Winkl

11

5,95+0,71/26,51

16,49+0,8573,49

5

C. Schmalhausenii

13

6,01+0,79/25,69

17,67+1,09/74,31

6

C.resinosa Winkl

12

3,41+0,59/13,17

22,48+1,15/86,83

7

C.polycefala

14

3,82+0,67/14,01

23,45+0,97/85,99

Eslatma: o‘simlik turi uchun kamida 5 ta vaqtinchalik preparat tayyorlanib 10-20 ta maydonchada kuzatish olib boriladi.
Gul changining fertilligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: F=(J-S) x 100%/J F-fertil, J-ja‘mi changlar soni, S-steril changlar. Misol uchun bir ko‘rish maydonchasidagi ja‘mi changlar soni – J=27, Steril changlar soni – S=21 bo‘lsa, fertil – F changlar soni quyidagicha bo‘ladi. F= (27-21) x 100%/27=600/27=22,22 %, demak ushbu maydonchadagi fertil changlar foyizi 22,22 %ni tashkil etadi.
Guldagi fertil urug`kurtaklar miqdorini aniqlash. Ushbu metodika Butunrossiya o‘simlikshunoslik instituti (VIR) olimlari tomonidan (L.I.Oryol va boshqalar, 1985) taklif qilgan bo‘lib, u steril urug‘kurtaklarning nutsellus hujayralari kalloza saqlashi va ultrabinafsha nurlarida sarg‘ish yoki sarg‘ish-yashil tovlanishiga asoslangan. Tekshiriladigan g‘unchalar spirt-sirkaning 3:1 nisbatdagi eritmasida fiksatsiya qilinadi. Gullarning bir qismi chinni idishga solinib, ustiga kontsentrlangan NaOH eritmasi quyiladi. Idish spirt lampasida qaynagunicha qizdirilib, keyin sovutiladi. Bu jarayon 3 marta takrorlanadi. G‘unchalar idishdan olinib, soat oynasiga solinadi va toza suv bilan 2 marta yuviladi. Oshiqcha suv pipetka bilan sekinlik bilan olinadi. Soat oynasiga ko‘kish anilinning 0,005 % eritmasi solinadi va usti yopib qo‘yiladi.
G‘unchalar buyum oynasiga qo‘yilib, tuguncha gulning boshqa qismlaridan xoli qilinadi. Keyin tuguncha devori ochilib, urug‘kurtaklar qoldiriladi.
Buyum stolchasi ustiga ko‘kish anilin eritmasi tomizilib, qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Preparat MBI -15, MBI -17 mikroskoplarida OI-17, OI-18 yoritgichlaridan foydalanilgan holda o‘rganiladi. Yorug‘lik filtri sifatida UFS-6 qo‘llaniladi.
Mikroskopda steril urug‘kurtaklar sarg‘ish yoki yashil-sarg‘ish rangda tovlanib turadi, fertillarda bu holat kuzatilmaydi. Bir tugunchadagi urug‘kurtakdan qanchasi fertil, qanchasi steril ekani hisoblab chiqiladi.
Odatda o‘rtacha 20-25 ta g‘uncha tugunchasidagi fertil va steril urug‘kurtaklar miqdori o‘rganilib, fertil urug‘kurtaklar miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
F=(J-S) x 100%/J
bu еrda F-fertil, J-ja‘mi urug‘kurtaklar soni, S-steril urug‘kurtaklar soni. Masalan: Mikroskopning bir ko‘rish maydonchasida 15 ta urug‘kurtak bo‘lsa,
ulardan sterillari soni 8 tani tashkil etsa, qolgan 7 tasi fertil bo‘lib, % ini quyidagicha hisoblaymiz:
F= (15-8) x 100%/15=700/15=46,7%, demak ushbu ko‘rish maydonidagi fertillik 46,7% ni tashkil etadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin