mavzu: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Introduktsiya fani tarixi
Reja:
O’simliklarni introduktsiyasi tarixi
Fanning maqsad va vazifalari.
O’simliklar bioxilma-xilligini muxofaza qilishda fanning o’rni.
“Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio” so’zidan olingan bo’lib,
―kirish‖, ―madaniylashtirish‖ ma’nosini anglatadi (Reymers, 1991; Karpin, 2004). Introduktsiya jarayoni inson tomonidan tanlab olingan o’simlik turini madaniylashtirishga qaratilgan maqsadli faoliyat hisoblanadi. Introduktsiya jarayonining tadqiqot ob’ektlari bo’lib mazkur joyda o’smagan yoki maxalliy tabiiy floradan tanlab olingan o’simlik (turkum, tur, kenja tur, nav va formalar) lar xizmat qiladi. Introduktsiya mazkur mintaqadagi o’simliklar tarkibini va genofondini kengaytirish hamda inson uchun kerakli bo’lgan o’simlik turlarini tanlab olish imkoniyatini beradi. Introduktsiya uzoq vaqt va kuch talab qiladigan jarayondir. U ma’lum region (hudud)da amalga oshiriladi.
Foydali o’simliklardan foydalanish juda qadimdan ma’lumdir. Ammo, o’simliklarni foydalilik xususiyatlarini o’rganilishi va xalq tabobatida qo’llanilishi dastlab qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston va Rimda keng tarqaldi. O’rta asrlarda foydali o’simliklarning halq tabobatida foydalanilishi O’rta Osiyoda, Kavkazda, arab davlatlarida keng yoyildi, ularni o’rganish, hatto madaniy o’simliklar sifatida o’stirish va etishtirish ehtiyoji ham tug’ila bordi.
Mashhur yunon tabibi Gippokrat (eramizdan oldin 460-377y.) o’zining
«Korpus Xippokratikum» asarida 236 xil foydali o’simliklarning xususiyatlarini bayon qilib berdi. Yunon olimlaridan Aristotel, uning shogirdi Teofrast foydali o’simliklarning xususiyatlari va ularning xalq tabobatida qo’llanilishini ilmiy jihatdan asoslab berdilar va ko’p ma’lumotlar qoldirdilar. Shuningdek, qadimiy Rimda mashhur tabib K. Galen (Jolinus, eramizdan oldin 130-200 y) tabiiy fanlar sohasida
131 ta ilmiy asar yozgan va bu asarlarida 304 tur shifobaxsh o’simliklar xususiyatlarini tabobatda qo’llash usullarini bayon qilgan. So’ngra, tabobat ilmida foydali o’simliklarning xususiyatlarini o’rganish va ulardan foydalanish Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Tibet, Xitoy, Turon va arab davlatlariga kirib keldi. «Yajur- veda» («Hayot haqida fan») foydali o’simliklar haqida yozilgan qadimiy hind asaridir.
Sharqning mashhur olimlari Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Abu-Bakr Zakariya ar-Roziy, Abu Rayhon al Beruniy, Arabmuhammadxon Abulg’ozixon, Abu Mansur Buxoriylar ham xalq tabobati ilmida dori-darmon bo’la oladi-gan o’simliklarning xususiyatlari, ta’sir doirasini yana bir karra kengroq tasvirladilar.
O’rta Osiyoning mashhur olimi Abu Ali ibn Sinoning faoliyati tabobat ilmida jahonshumul bir davrni boshlab berdi. Abu Ali ibn Sino «Al-qonun» asarida 900ga yaqin o’simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to’g’risida ma’lumot keltiradi. Uning shogirdlari Sharafuddin Yusuf Iloqiy, Abu Sodiq Mutatabbib va Jurjoniylar tabobat ilmida ustozlarining ishini davom ettirdilar va mahalliy sharoit uchun xos bo’lgan foydali o’simliklarning tabobatda foydalanish ilk qo’llanmalarini qoldirib ketdilar.
Ularning davomchilari sifatida, rus olimasi A.F. Gammerman (1926, 1942, 1984) ning dorishunoslik-farmakognoziya fanini ravnaq topishida xizmatlari katta bo’ldi. U O’rta Osiyo (ayniqsa O’zbekiston) dagi foydali o’simliklarni o’rganib, dorishunoslar uchun qo’llanma «Farmakognoziya kursi» ni yozdi.
A.P.Orexov (1881-1932) o’simliklar tarkibidagi alkaloidlarni o’rgandi. Uning shogirdlari O.S.Sodiqov va S.Yu.Yunusovlar foydali o’simliklarning ximiyaviy tarkibini aniqlashda ko’pgina ishlarni amalga oshirdilar
O’simliklar introduktsiyasining asoschisi A. Gumboldt deb hisoblanadi (Bazilevskaya, 1964). U 1805 yili o’simlikni vatanidan boshqa joyga ko’chirishda yangi joyning 0 oS dan yuqori harorat yig’indisi o’simlik o’sgan joydan kam bo’lmagan hollarda ijobiy natija berishini aytadi. Shuningdek u o’simlikni bir iqlim sharoitidan boshqa iqlim sharoitiga o’tkazishda oraliq joylarda o’stirib, asta-sekin bosqichma-bosqich moslashtirib borish lozim degan fikrni bildiradi. A. Dekandol (1855) o’simlik turiga qarab harorat yig’indisini aniqlashda o’simlikning rivojlanishi uchun eng minimal holda Q5 oS va undan yuqori harorat talab qilinishini e’tiborga olish kerak deb hisoblaydi.
Rossiyada iqlimlashtirish ishlari 19 asrning o’rtalarida boshlandi. 1860 yili
―Akklimatizatsiya‖ jurnali chop etila boshlandi. Bu ishlarning boshida turgan A.N. Beketov (1896) ning ta’kidlashicha, o’simlikni yangi joyda iqlimlashdi deb hisoblash uchun u reproduktsiya jarayonini to’liq o’tashi va etilgan urug’ berishi lozim bo’ladi.
O’simliklar introduktsiyasi fanining rivojlanishiga, uning ilmiy –nazariy asoslarini yaratishda rus olimlaridan I.V. Michurin, M.I.Ivanov, N.N. Vavilov, V.P.Maleev, N.A. Avronin, M.V.Kultiasov, N.P. Bazilevskaya, K.A. Sobolevskaya,
V.I. Nekrasov va boshqa olimlar katta hissa qo’shdilar.
O’zbekistonda o’simliklar introduktsiyasi bo’yicha diyormizning etakchi introduktor olimlari N.F. Rusanov, T.I. Slavkina, A. Usmanov, I.V. Belolipov, Yu.M. Murdaxaev, N.F. Rusanov, L. Yoziev, B.Yo.Tuxtaev va boshqalar tomonidan qator o’simlik oilalari va turkumlarining vakillarini madaniylashtirishga qaratilgan muvaffaqiyatli ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda bu sohadagi ishlar asosan O’zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti Botanika bog’ida davom ettirilmoqda.
O’simliklar introduktsiyasi fani botanika, o’simlikshunoslik va dehqonchilik fanlari chegarasida yuzaga kelgan sintetik fan hisoblanadi. U o’simlikni yangicha sharoitda o’rganadi. O’simlikdagi biologik va fiziologik jarayonlarni o’rganishda xilma-xil tekshirish metodlarini qo’llash talab etiladi. Foydalanilayotgan tadqiqot metodlarning o’z o’rnida to’g’ri qo’llanishi ob’ektiv va aniq natijalar olishni kafolatlaydi.
O’simliklar introduktsiyasi sintetik fan bo’lgani tufayli o’simliklardagi biologik jarayonlarini o’rganishda qator biologik fanlar, jumladan o’simliklar fiziologiyasi, o’simliklar embriologiyasi, o’simliklar tsitologiyasi, o’simliklar ekologiyasi, fitotsenologiya, antekologiya, karpologiya, urug’shunoslik, o’simlikshunoslik kabi fanlarning tekshirish metodlaridan ham keng foydalaniladi.
O’zbekiston bioxilma-xilligi muhofaza qilish va oziq ovqat xavfsizligini ta’minlashda o’simliklar introduktsiyasining roli juda katta hisoblanadi.
O’simliklar introduktsiyasi fanining maqsadi talabalarga Respublikamiz sharoitida introduktsiya qilinayotgan foydali, oziq-ovqat, em-xashak, manzarali hisoblangan istiqbolli noan’anaviy o’simlik turlarit haqida tushuncha berish, hozirgi zamon botanika fanining talablariga muvofiq introduktsiya tarixi, muammolari, istiqbollari, iqlimlashtilayotgan o’simlik turlari, ularning bioekologik xususiyatlari, xalq xo’jaligidagi ahamiyati haqida ta’lim berishdan iborat
Fanning asosiy vazifasi talabalarga chet el florasidan itroduktsiya qilinayotgan o’simliklarning tabiiy sharoiti, introduktsiya qilinayotgan o’simliklarning ko’paytirish usullari introduktsiya qilinayotgan va iqlimlashtirilayotgan o’simliklarning o’sishi, rivojlanishi, fiziologik jarayonlari, er yuzida tarqalishi, ekologik va xalq xo’jaligidagi ahamiyatini muhim introduktsiya qilingan o’simliklar navlarinim yaratishda O’zbekiston olimlarining o’rnini o’rganishdan iborat.