Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


pseudalhagi o’simligining sutkaviy gullash maromi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə63/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

pseudalhagi o’simligining sutkaviy gullash maromi

Kun

Soatlar

Jami

7

9

11

13

15 17

19

21

23



















1-o’simlik













1.06.20

-

-

2

5

3 4

1

1

-




2.06.20

-

1

2

3

1 2

-

-

1




3.06.20

-

-

1

1

4 5

1

-







1.06.20













10-o’simlik













Jami

-

14

69

61

59 104

64

28

11




O’simlikning sutkaviy gullash maromi aniqlash uchun belgilangan 10 ta o’simlikda 3 kun davomida ertalab soat 6 00-dan to 2300gacha har ikki soatda ochilgan gullar sanab boriladi. Natijalar maxsus jadvalga qayd qilinadi. Masalan Alhagipseudalhagi o’simligida qo’yidagi natijalar olindi (4-jadval).


Jadvaldagi ochilgan gullar soni aniqlangan soatlar bo’yicha qo’shilib, 30 ga bo’linadi (10 ta o’simlik x 3 kun q 30). Chiqqan natija yantoq o’simligida shu soatda qancha gul ochilishini ko’rsatadi. Olingan natija asosida yantoqning sutkaviy gullash maromi grafigini tuzish mumkin. Grafikda gullashning borish jarayoni bilan birga havo temperaturasi (t) va nisbiy namligi (HNN) ko’rsatiladi. Havo temperaturasi (0C) va nisbiy namlik (%) Assman psixrometri yordamida aniqlanadi.
Nazorat topshirig`i:

  1. Ontogenezda qanday davrlar ajratiladi?

  2. Bir yillik o’smliklar ontogenezida odatda qanday fazalar ajratiladi?

  3. Bir yillik o`simliklarda biometric kuzatisglarqandey olib boriladi?

  4. Ko`p yillik o`simliklarda biometric kuzatisglarqandey olib boriladi?



-amaliy mashg`ulot. Introdutsentlarda fenologik kuzatushlarni o`rganish.
Mashg`ulotning maqsadi: talabalarga introdutsentlarda fenologik kuzatishlarni olib borish tartibini tushuntirish va hisob kitoblrni tushuntirish.
Ishni bajarish tartibi:

  1. O`simliklarning fenologik kuzatishlar haqida ma`lumotlarga ega bo`lish.

  2. O`simliklarni fenologik kuzatishni o`rganish.

  3. Fenospektr chizishni organish.

Qisqacha nazariy ma`lumot.
Fenologik kuzatuv ishlarining ham bunday uzoq davom etishiga sabab, turli yillar mobaynida iqlim ko`rsatkichlarining turlicha bo`lishidir. Olingan ma‘lumotlar asosida dastlabki fenologik kuzatuv jadvalli shakllantiriladi. Fenologik kuzatuv natijalari asosida shakllantirilgan dastlabki jadval tahlil etish maqsadida sonli ko`rinishga o`tkaziladi. Buning uchun mahalliy o`simliklar 1 yanvarga nisbatan, vegetatsiya davrini kech boshlaydigan introduksiya qilingan o`simliklar uchun 1 yoki 21 martga nisbatan sonli tartibga o`tkaziladi. Masalan, kurtakning bo`rtishi 17 martda boshlangan bo`lsa, 1 yanvarga nisbatan sonli tartibga o`tkazish quyidagi tartibda: 31 (yanvardagi kunlar soni) + 28 (fevraldagi kunlar soni) + 17 (1–17 martgacha bo`lgan kunlar soni) = 76 amalga oshiriladi. Qolgan yillar va fenologik fazalardagi ko`rsatkichlar ushbu tartibda sonli 77 ko`rinishga o`tkaziladi. Olingan sonli ko`rsatkichlar asosida o`rtacha arifmetik qiymatlari aniqlanadi. O`simliklarni fenologik ko`rsatkichlarini o`rganish natijasida olingan ma‘lumotlarga asoslanib o`simlik turlarini fenospektri va fenoxaritasini tuzish mumkin. Bular o`z navbatida turni qaysi iqlim sharoitida o`stirish va ulardan qanday foydalanish imkoniyatlarini ko`rsatib beradi. Yuqorida keltirib va tushintirib o`tilgan jadvallarga asosangan holda, biz barcha o`simliklarga shunday fenospektr ko`rsatkichlarini belgilashimiz mumkin. Masalan, Za‘faron (Crocus sativus L.) (shafran) o`simligini mavsumiy rivojlanish ma‘romi introdutsent o`simlik sifatida Botanika bog`i olimlari 69 (B.To`xtaev, A.Maxmudov) tomonidan Toshkent va Farg`ona sharoitlarida atroflicha o`rganilgan. Ularning fikricha, introduksiya sharoitida mazkur o`simlikning mavsumiy rivojlanishi ko`rsatkichlari (iqlim va tuproq sharoitlariga bog`liq holda) qisman farqlanadi. Shunday qilib, har bir introdutsent o`simliklarni mavsumiy (fasliy) rivojlanish fazalarini va ularni ekologik omillar bilan o`zaro munosabatlarini o`rganishda biometrik va fenologik kuzatishlar muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki, o`simliklarining mavsumiy (fasliy) rivojlanish ma‘romi bevosita tanlab olingan introdutsent o`simliklarni biologik va ekologik xususiyatlari hamda introduksiya punktining tuproq sharoitlari bilan uzviy bog`liq. Biometrik va fenologik kuzatishlar o`simlik hayotidagi asosiy ko`rsatkichlar (-ya‘ni, ularda vegetatsiya davrining boshlanishi, kurtaklarni bo`rtishi, yozilishi, jadal o`sishi, barglarini sarg`ayishi va vegetatsiya davrining tugallanishi muddatlari) xisoblanib, introdutsent o`simliklarni yangi shiroitda moslashish jarayonini begilash imkonini beradi. Introdutsent o`simliklarni yangi sharoitda o`sishi va rivojlanishi hamda mavsumiy fazalarining o`rganish bosqichma-bosqich amalga oshirilib, bu esa ularda dala tajribalarini natijalarini limit omillarni begilashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Fenospektr chizish:

  1. Xar bir oy 3 ta dekadaga bo`linadi.

  2. Har qaysi fazaga kirish vaqtining boshlanishi va tugash vaqti belgilanib chiziq chiziladi.

  3. Kiyingi fazaning xam boshlanishi belgilanadi.

  4. Xar bir faza maxsus belgilar bilan belgilanadi.


Hozirgi kunda fenospektrlar maxsus dasturlar yordamida tuziladi.


Nazorat savollari.



  1. Fenospektr nima?

  2. Xar biringiz bir o`simlik turini fenospektrini chizing

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin