Fandaqo’llaniladiganterminlar: Introduktsiya-iqlimlashtirish-moslashtirish ma’lum o’simlik turi yoki navini boshqa mamlakatga keltirib iqlimlashtirish.
Introdutsent-iqlimlashtirilgan o’simlik. Introduktor-iqlimlashtirish bilan shug’unlangantadqiqotchi yoki olim. Rentroduktsiya-Boshqatdan iqlimlashtirish tabiiylashish.
Introduktsiya maqsadi:O’zbekiston turli iqlim va tuproq sharoitlariga foydali va dorivor o’simliklarni turlarni tanlash, o’stirish imkoniyatlarini aniqlash va bioekologik xususiyatlarini o’rganish xamda ularning ekin maydonlarini barpo etish va xom ashyo ba’zalarini yaratish.
Introduktsiyaning maqsad va vazifalarini foydali o’simliklar introduktsiyasi miolida ko’rib chiqamiz.
Respublikamizda ham mahalliy foydali va dorivor o’simlikshunoslikni rivojlantirish sohasida ko’pgina ilmiy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Dori-darmon ishlab chiqarish tarmog’ining o’simliklar xom-ashyosiga bo’lgan talabi imkon darajasida qondiriladi.
Bu talab ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:1 O’zbekiston florasiga mansub bo’lgan foydali o’simliklardan oqilona foydalanish, zahiralari kamayib ketayotgan turlarni ko’paytirish va madaniylashtirish.
Chet el florasiga mansub bo’lgan foydali o’simliklarni mahalliy sharoitga introduktsiya qilish, ularning bio-ekologik xususiyatlarini o’rganishga etishtirish usullarini ishlab chiqib, plantatsiyalar barpo etish.
Amalga oshirilgan ilmiy va amaliy ishlar asosida tog’, tog’ oldi adirliklari va sug’oriladigan maydonlarda foydali o’simliklar o’stirish, ko’paytirish va etishtirish usullari ishlab chiqildi va ixtisoslashtirilgan xo’jaliklarga tavsiyanomalar berildi.
Respublika Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi tibbiyot va dori-darmon ishlab chiqarish tarmoqlarini davlat muhofazasiga olish» (1996) qarorida ta’kidlanganidek, mahalliy floraga mansub bo’lgan foydali o’simliklarni asrash va ularni madaniy holda ko’paytirish kerak.
Shuningdek, chet el florasiga mansub bo’lgan foydali o’simliklarni mahalliy sharoitga introduktsiya qilishni amalga oshirish dolzarb muammodir.
Bu o’z navbatida respublika farmatsevtika sanoatining chetdan xom-ashyoni sotib olish (import) muammosini xal etish bilan birga, zarur bo’lganda xom-ashyoni chetga sotish (eksport) imkoniyatini yaratadi.
2000 yilda respublika farmatsevtika sanoati «O’zfarmkontsern», O’zbekiston Respublikasi Davlat fan va texnika qo’mitasining № 2 (11. 03. 2000 y.) qaroriga muvofiq, o’z tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalarida tabiiy foydali preparatlarni yaratish va ularni ko’paytirishda kerakli xom-ashyoni mahalliy sharoitda etishtirish sohasida ish boshladi.