Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə8/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Nazorat uchun savollar


  1. Yer sharining floristik viloyatlarini izohlab bering?

  2. Floristik viloyatlarning bir-biridan farqli tomonlarini asoslang?

  3. Neotropik viloyat haqida nimalarni bilasiz?

  1. Avstraliya qit;asining endem o‘simliklarini aytib bering?



3-mavzu. O`zbekistonda dorivor o`simliklar introduksiyasi.
Reja:


1.Dorivor o`simliklar introduktsiyasi

2. Introdutsent dorivor o`simliklar


Dorivor o`simliklarni insonlar tomonidan foydalanishi juda qadimdan ma‘lumdir. Dorivor o‘simliklarni xususiyatlarini o`rganish va xalq tabobatida qo`llanilishi qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston va Rimda keng tarqaldi.


Yunon tabibi Gippokrat (er. Av 460-377 yy.), Aristotel va uning shogirdi Teofrast dorivor o`simliklarning xususiyatlari va ularning xalq tabobatida qo`llanilishini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Qadimgi Rimda mashhur tabib K. Galen (Jolinus, er.av. 130-200 yy) 304 tur shifobaxsh o`simliklar xususiyatlarini tabobatda qo`llash usullarini bayon qilgan.
So`ngra tabobat ilmida dorivor o`simliklarning xususiyatlarini o`rganish va ulardan foydalanish Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Tibet, Xitoy, Turon va Arab davlatlariga kirib keldi.
Qadimgi Hindistonning «Yajur-veda» (Hayot haqida fan) asarida 700 tur dorivor o`simliklarning xususiyatlari tasvirlandi.
Qadimgi Xitoy tabobatida dorivor o`simliklarning bundan 3 ming yil oldin yozilgan Shen-Nung asarlarida dorivor o`simliklarning sinonim nomlari, botanik ta‘rifi, o`simliklardan mahsulot tayyorlash davrlari va usullari, o`simliklarning geografik tarqalishi, o`simliklarning dori-darmon jihatidan ta‘sir doirasi, qo`llanilishi, dori-darmonda ishtirok etadigan retseptlar ro`yxati va shu dori-darmonlar bilan davolash mumkin bo`lgan kasalliklarning ro`yxati batafsil tasvirlangan.
O`rta asrlarda dorivor o`simliklarning halq tabobatida foydalanilishi O`rta Osiyoda, Kavkazda, Arab davlatlarida keng yoyildi, ularni o`rganish, hatto madaniy o`simliklar sifatida o`stirish va еtishtirish ehtiyoji ham paydo bo‘ladi.
Sharqning mashhur olimlari Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Abu-Bakr Zakariya ar-Roziy, Arabmuhammadxon Abulg`ozixon, Abu Mansur Buxoriylar ham xalq tabobati ilmida dori-darmon bo`la oladigan o`simliklarning xususiyatlari, ta‘sir doirasini yana bir karra kengroq tasvirladilar.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy.)ning ―Saydana‖ nomli farmakognoziyaga bag`ishlangan ilmiy asarida 750 turdagi shifobaxsh o`simliklar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
O`rta Osiyoning mashhur qomusiy olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.)ning
―Al-qonun‖ asarida 900 ga yaqin foydali o`simliklarning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan.
Yevropada o‘rta asrlarning Uyg‘onish davrida ilm-fan bir muncha rivojlana boshlandi. Yirik shaharlarda Botanika bog‘lari (dastlab monastir bog‘lari bo‘lgan) tashkil etildi, ularda kasalliklarni davolashda foydali bo‘lgan turli xil dorivor o‘simliklar o‘stirila boshlandi. XVI asrdan boshlab Yevropalik olimlar O.Brunfels (1448-1534), I.Boka (1498-1554), L.Fuksa (1501-1566), P.Mattioli (1500-1577) va boshqa ko‘plab olimlar tomonidan yozilgan asar- giyohnomalari (travniklar) paydo bo‘la boshlandi. Ushbu giyohnomalarda dorivor o‘simlik rasmlari bilan berilib, ulardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatildi. Giyohnomalardagi rasmlarga qarab hozirda ham o‘simliklarni aniqlash mumkin.
Chor Rossiyasi tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turkiston o‘lkasining bosib olinishi bilan o‘lkaning foydali o‘simlik va hayvonot dunyosini tadqiq qilish ancha tezlashadi.
1892 yilda Moskvada bo`lib o`tgan botaniklar va zoologlar s‘ezdida, yangi ozuqabop, texnik va dorivor o`simliklarni O`rta Osiyo sharoitida sinab ko`rish va ilmiy jihatdan o`rganish masalasi qo`yildi. Shunga asoslangan holda, Kaspiy orti vohasida ilmiy asosda iqlimlashtirish stansiyasi tashkil qilindi va 1893 yilda stansiyada 112 tur o`simliklar o`rganish uchun ekildi. Ulardan 7 turi dorivor o`simliklar (Fоeniculum vulgare Mill, Rhamnus catartica L., Matricaria recutita (L.) Rauschert., Salvia officinalis L. va boshq.) bo`lib, keyinchalik ularning qatori tabobatda keng qo`llaniladigan muhim (Altaea officinalis Kr., Angelica archangelica L., Rosmarinus officinalis L. va boshq.) turlar bilan to‘ldiriladi.
Rus olimasi A.F.Gammerman O`rta Osiyo (ayniqsa O`zbekiston) dagi dorivor o`simliklarni o`rganib, dorishunoslar uchun qo`llanma «Farmakognoziya kursi» ni yozdi.
A.P.Orexov (1881-1932) o`simliklar tarkibidagi alkaloidlarni o`rgandi. Uning shogirdlari O.S.Sodiqov va S.Yu.Yunusovlar dorivor o`simliklarning kimiyaviy tarkibini aniqlashda ko`pgina ishlarni amalga oshirdilar.
Shifobaxsh o`simliklar to`g`risida ilmiy-tadqiqotlarni olib borgan olimlardan S.S.Saxobiddinov, ularni ilmiy asosda o`rganish borasida H.X.Xolmatov va K.Tayjanovlarning ham ulkan xizmatlari bor.
Dorivor o`simliklardan olinayotgan dori-darmonlar kimyoviy sun‘iy ravishda olinadigan preparatlarga nisbatan afzalligi bilan ajralib turadi. O‘simliklardan tarkib topgan dori-darmonlar deyarli asoratsiz hisoblanadi. Mamlakatimizda shifobaxsh dorivor o`simliklar mahsulotlarini sanoat va tabobat uchun еtishtirib beradigan maxsus ixtisoslashtirilgan xo`jaliklar yil sayin ko`payib bormoqda. Shuningdek, respublikamizda uchramaydigan, endilikda tabiatimizga moslashtirilayotgan yoki Yer sharining boshqa floristik oblastlaridan introduksiya qilinayotgan va iqlimlashtirilayotgan dorivor o`simliklarni o`rganish sohasida ham olimlar ko`pgina ishlar qildilar va bu izlanishlar davom ettirilmoqda.
Shu vaqtga kelib, Turkiston mevachilik qishloq xo`jaligi jamiyati bo`limi, dehqonchilik bosh boshqarmasi yonida dorishunoslar guruhini tashkil etdi. Bu guruh tomonidan kelajakda Turkiston o`lkasida ekiladigan va o`rganiladigan dorivor o`simliklar qatorini tuzish, ularni ekishni rejalashtirish va kolleksiyasini tashkil etish
maqsad qilib olindi. Ekiladigan dorivor o`simliklar qatoriga Digitalis purpurea L., Valeriana officinalis L., Arnica montana L., Glycyrrhiza glabra L. va boshqalar kiritildi.

  1. Talishevskiy (1915) tomonidan dorivor va xushbo`y ozuqabop o`simliklar (Mentha piperita L., Crocus sativus L., Anisum vulgare Gaertn., Rinicus communis L., va boshq.) ning ekilishi taklif etildi. Kaspiy bo`ylarida esa V.I. Gomilevskiy tomonidan Atropa belladonna L., Ruta graveolens L., Pyretrum roseum (Adans) М.В. va shuningdek, 10 tur dorivor o`simliklarni ekish rejalashtirildi. A.A.Dilevskiy ilmiy ishlarida (1915, 1916) Turkiston o`lkasida yovvoyi holda o`sadigan dorivor o`simliklar (Angelica archangelica L., Cartamnus tinctorius L., Inula helenium L., Origanum vulgare L. va boshq.) ni madaniy holda ekish mumkinligini tavsiya etadi va Turkiston qishloq xo`jaligi jamiyatining kolleksiyasida 80 tur dorivor va texnik o`simliklar o`stirilayotganini ma‘lum qiladi.

Ekish uchun o`simliklarning urug`lari Rossiya, Amerika, Fransiya va Angliyadan olindi. Natijada, Adonis aestivalis Bobr., Bryonia alba L., Borago officinalis L. va boshqa o`simliklar o`stirilib ko`paytirildi.
Sobiq Ittifoqda ham dorivor o`simliklarini o`rganishga e‘tibor kuchli bo`lgan, 1931 yilda Butunittifoq dorivor va xushbo`y o`simliklar ilmiy-tadqiqot instituti (VILAR) tashkil etilgan. Ushbu ilmiy dargoh olimlari dorivor o`simliklarni introduksiyasini ilmiy o`rganishda va madaniylashtirishda katta ishlarni amalga oshirganlar.
Shunday qilib, amalga oshirilgan ilmiy ishlar, dorivor o`simliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi sohasida muhim poydevor bo`lib xizmat qildi. Dastlab, O`rta Osiyo Davlat universitetining Botanika bog`i olimlari tomonidan mahalliy va chetdan keltirilgan dorivor o`simliklar introduksiya sharoitida o`stirildi. Dorivor o`simliklarning kolleksiyasi tashkil etildi. O`rta Osiyo davlat universiteti (SAGU) olimlari tomonidan 1921 yilda I.A. Raykova, S.N. Kudryashov, keyinchalik
Z.P. Bochanseva, F.N. Rusanov va boshqalar tomonidan olib borilgan.
S.N.Kudryashov va P.K.Ozolinlar 23 tur dorivor va efir-moyli o`simliklarning geografik tarqalishiga asoslanib ekib, sinovdan o`tkazdilar. Ilmiy ishlar O`rta Osiyo Davlat universitetining Botanika bog`ida, Toshkent atrofida, Bo`zbozorda, janubiy- g`arbiy Tyan-Shan tog` oldi adirliklarida, Xo`jand va Chimyonda olib borildi. Ekiladigan urug`lar va ko`chatlar Nikitin Botanika bog`i (Yalta) va Butunittifoq dorivor va xushbo`y o`simliklar ilmiy-tadqiqot instituti (VILAR)dan olindi. Dorivor o`simliklarning introduksiya sharoitida, geografik xilma xil mitaqalarda o`stirish, rivojlanishi, biologiyasi va biologik faol moddalarning o`rganilishi xususida ilmiy izlanishlar amalga oshirildi.
S.N.Kudryashov (1937) o`zining «Efir-moyli o`simliklar va ularning O`rta Osiyoda o`stirilishi» nomli monografik asarida 23 tur efir-moyli o`simliklarning geografik sharoitlarda o`sishi va xususiyatlari asosida introduksion tajribalarining natijalarini tahlil qilib, o`simliklar-ning introduksion chidamliligi to`g`risida ma‘lumot beradi. U O`zbekiston iqlim va tuproq sharoitida O`rta Er dengizi, Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Osiyo, Eron, Afg`oniston, Shimoliy Amerikaning Atlantik bo`yi rayonlari, subtropik Xitoy va Yaponiyadan ko`p yillik o`simliklarni, Hindiston va Seylondan bir yillik dorivor o`simliklarning introduksiya qilinishi qoniqarli natijalar berishini isbotlab berdi va ularni o`stirish uchun tavsiya qildi.
1946 yilda Toshkent farmatsevtika institutining ―Farmakognoziya‖ kafedrasi va O`zR FA Botanika bog`i olimlari tashabbusiga binoan xamkorlikda Botanika bog`i hududida ―Dorivor o`simliklar introduksiyasi laboratoriyasi‖ tajriba maydoni (uchastkasi) tashkil etiladi.
Unda olimlar tomanidan dorivor o`simliklarni introduksiya qilish, madaniylashtirish muammolari ilgari surildi hamda ilmiy tadqiqot ishlari boshlab yuborildi. 1953 yilga kelib esa, O`zR FA Botanika bog`ini ―Dorivor o`simliklar introduksiyasi‖ laboratoriyasi kolleksiyasidagi o`simliklar soni 170 turdan ortib ketdi. R.L.Xazanovich, M.I.Russiyan, P.A.Gomolitskiy (1951) lar o`z ishlarida mahalliy va chetdan keltirilgan dorivor, kraxmal saqlovchi va efir-moyli o`simliklarni introduksiya sharoitida o`sishi va rivojlanishi, kimyoviy tarkibining o`zgarishlarini
o`rgandilar.
Keyinchalik, respublikamizda introduksiya yo`nalishida olimlar F.N.Rusanov,
N.F. Rusanov, I.V. Belolipov, Q.X. Xo`jaev, Yu.M. Murdaxaev, V.P.Petrovich, B.Ye.To`xtaev va boshqalar tamonidan davom ettirildi va amaliy natijalarga erishildi. Ammo, shu kungacha olimlar tamonidan introduksiya yo`nalishida olib borilgan ulkan ilmiy izlanishlarning ma‘lum bir qismigina xo`jaliklarda joriy qilinmoqda. Bu esa, avvalo ilm-fan va ishlabchiqarishning o`zaro bog`liqlikda (integratsiya) ish olib borish muammolarini hal qilishini taqozo etadi.
Bir qator olimlar ilmiy ishlarida ham mahalliy, ham chetdan keltirilgan dorivor o`simliklarni introduksiya sharoitida o`rganib, introdutsentlarning moslashish xususiyatlarini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Xususan, H.X.Xolmatovning qayd etishicha, O`zbekiston florasida dorivor o`simliklarning 577 turi mavjud bo`lib, ular
381 turkum va 93 oilaga mansubdir. Ularning 140 turi madaniy holda ekiladi. Dorivor o`simliklarning 47 turi esa Sobiq Ittifoq Davlat farmakopeyasiga kiritilgandir. Ilmiy tabobatda hozirgi vaqtda 180 tur dorivor o`simlik foydalanish uchun ruxsat etilgan bo`lib, ularning 65% yovvoyi holda uchraydi.
O`zbekistonda dorivor o`simliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi sohasida O`zR FA Botanika instituti va Botanika bog`i olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar respublikamiz dori-darmon ishlab chiqarish tarmog`i uchun dorivor o`simliklar xom-ashyosiga bo`lgan ehtiyojini qondirishda muhim tadbirlardan biri bo`ldi. Masalan, 1950-1965 yillar mobaynida akademik F.N.Rusanov boshchiligida Yer sharining deyarli barcha floristik oblastlaridan o`simliklar yig`ib kelindi va ularning namunalari tuzildi. Q.H.Xo`jaev va H.X. Xolmatov (1963,1965) lar esa kolleksiyadagi dorivor o`simliklarni madaniy holda o`stirish va ularga qo`llaniladigan agrotexnik tadbirlari ustida ilmiy ish olib bordilar. Shuningdek, I.V.Belolipov (1976) O`rta Osiyo florasida uchraydigan o`simliklarning Toshkent Botanika bog`i – introduksion sharoitida ekologik jihatdan moslashish xususiyatlarini tavsiflab berdi. Ilmiy tadqiqotlarda O`rta Osiyo florasiga mansub 565 yoki Yer sharining floristik oblastlaridan 5,5 mingdan ortiq tur introduksiya qilingan o`simliklar kolleksiyasidan foydalanildi.
A.A.Abdurahmonov va S.P.Valixo`jaeva (1980) lar tomonidan esa, Sharqiy Osiyo floristik oblastiga mansub bo`lgan 25 turning introduksiyasi o`rganildi. Bu tadqiqotlardan so`ng Toshkent sharoitida 500 dan ortiq turlardan iborat kolleksiya tashkil qilindi.
Yu.M. Murdaxaev (Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya va botanika kafedralarining ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda) (1965-1990) tomonidan qo`shni respublikalardan hamda dunyoning boshqa geografik hududlaridan keltirilgan
67 turdagi dorivor o`simliklarni Toshkent shahri iqlim sharoitlarida o`stirishga erishdilar. Ayniqsa Nyphaceae Dc., Nelumbonacea Salisb., Trapa L., Mentha L., Brasenia schreberi I. F. Gmel., Sophora japonica L., Orthosiphon stamineus Benth., Solanum laciniatum Ait., Rhaponticum carthamoides (Willd.) Jljin., Mandragora turcomanica (Mizgir.), Aerva lanata (L.) Juss va boshqa o`simliklar introduksiya qilindi. Sharqiy Osiyo florasiga mansub bo`lgan dorivor o`simliklarning mavsumiy rivojlanishi turli xil sharoitlarda (soya va quyoshli ekspozitsiyasida, soya-quyosh ekspozitsiyalarida sug`orish miqdori bilan) o`rganildi. O`zbekiston dorivor o`simlikshunosligi uchun yangi bo`lgan 35 turdan ortiq dorivor o`simliklar ixtisoslashtirilgan xo`jaliklarda sinovdan o`tkazildi. Ushbu tadqiqotlar Toshkent viloyati sharoitlarida tirnoqgul, qalampir yalpiz, marmarak (mavrak), valeriana, fenxel, moychechak, qora andiz, ajgon, arpabodiyon, oddiy dastarbosh, na‘matak turlari, butasimon amorfa, qizil angishvonagul, yoyiq erizimum, kendir turlari, Kavkaz yamsi, Man‘chjuriya araliyasi, tog` jumrut, sano (kassiya) turlari, patriniya, tuxumak, besh bo`lakli arslonquyruq, dorivor zangvizorba, yarim butasimon sekurinega, bo`rigul turlari, qoraqobiq turlari, belladonna, meksika bangidevonasi, tukli erva, bo`lakli ituzum, gangituvchi buzulbang va boshqa dorivor o`simliklarni еtishtirish imkoniyatlari mavjudligini ko`rsatdi.
T.S.Safarov (1982) Janubiy-G`arbiy Tyan-Shan o`rta tog` qismlarida uchraydigan bir necha dorivor daraxt va buta o`simliklarning introduksiyasi bilan shug`ullandi. N.A.Toshmatova (1975) Hyssopus L. turkumi turlarining introduksiyasi, O.A.Titova (1988) 40 ga yaqin Eremurus M. B., Allium L., Crocus L., Juno Tratt., Asparagus L. turlari va T.T.Tursunov (1987) Sophora korolkovii Koehne.
O`simliklarining introduksiya sharoitida o`sish va rivojlanishidagi o`zgarishlar jarayonlarini ilmiy jihatdan tahlil qildilar.
Shuningdek, ko`p olimlar mahalliy floraga mansub dorivor o`simliklarni xaritaga tushirish, ularning xom-ashyo zahiralarini aniqlash, madaniy holda o`stirish va ulardan foydalanish masalalari ustida ish olib bordilar. I.I.Granitov (1937) mahalliy sharoitda o`sadigan dorivor o`simliklar, A.Ya.Butkov (1942) O`zbekistonning bir necha tur dorivor o`simliklari, N.A.Amirxonov (1961) Crambe kotschyana Boiss., M.I.Ikramov (1963,1976) bozulbang (Lagochilus) turkumi turlari biologiyasi va ularni madaniylashtirish, S.X.Chevrenidi (1966) O‘zbskistondagi oshlovchi o`simliklarni (toron, yorongul) tabiatda ajratishga, ularning tarqalishi, zahiralari, madaniylashtirish choralari va biologiyasini, T.O.Odilov va E.E.Korotkova (1965) Vinca erecta Rgl. Et Schmals., K. Toyjonov (1969, 1986) Markaziy Osiyo tog`laridagi alkaloidli o`simliklarni o`rganish, ularning tarqalishi, ayrim istiqbolli alkaloidli o`simliklarning biologiyasi, ularni ekib o`stirish to`g`risida ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.
P.Q.Zokirov va T.Norboboevalar (1974) 211- dorivor, 42- vitaminli, 113 – efir-moyli, 53 – glikozidli va boshqa o`simliklarning tarqalishi, hayotiy shakli va xo`jalik ahamiyati bo`yicha to`la tahlil berib o`tdilar. P.Q.Zokirov va L.M.Myasnikova (1979) lar to`qayda o`sayotgan 14 tur dorivor va foydali o`simliklarni o`rgandilar. P.Q.Zokirov, R.I. Toshmuhamedov va A.T.Qobulov (1983) lar Adоnis turkestanicus (Korsh.), Inula grandis Schrenck., Gentiana oliviеri Griseb. Kabi dorivor o`simliklarni ilmiy jihatdan o`rganib, tabiatdagi xom-ashyo maydonlarini aniqladilar.
S.M.Mustafoev (1966) Qashqadaryo va Surxondaryo vohasining dorivor o`simliklari, T.P.Po`latova, H.X.Xolmatov, N.N.Jo`raev (1980) O`zbekistonning yovvoyi holda o`sadigan dorivor o`simliklari va Toshkent vohasi dorivor o`simliklari, S.S.Sagatov (1966) O`zbekistonning saponin saqlovchi o`simliklari, Q.H.Hojimatov (1982) O‘zbekistonning ziravor o‘simliklari to`g`risida ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. Shuningdek, N.N.Shorahimov (1977) ning Peganum garmala L., M.U.Olloyorov (1974) ning O`rta Osiyoda Rheum L. turkumi vakillarining tarqalishi, U.Rahmonqulov (1981,1999) ning G`arbiy Tyan-Shanning terpen moddasi saqlovchi o`simliklari va ularning foydalanilishi, Q.H.Hojimatov (1999) ning dorivor va efir moyli o`simliklarning zahiralarini aniqlash, A.S.Yuldashev (2001) ning Janubiy Turkiston va Shimoliy Zarafshon tizmalarining dorivor o`simliklari to`g`risidagi
ilmiy asarlari yaratildi.
Toshkent vohasida amarant o`simligining ikki turini (Amaranthus hybridus, A. Cruentus) M. Mamajonova, A. Qosimov (2001); steviya (Stevia rebaudiana Bertoni.) o`simligining xususiyatlarini B.I. Boyqobilov (2000) hamda Surxondaryo viloyati introduksiya sharoitida A.M.Begmatov (2012), Turkman mandragorasi (Mandragora turcomanica Mizg.) E.T.Axmedov (2002); amorfa (Amorpha fruticose L.) o‘simligini M.D.Jabborova (2011); go`zal belladonna (Atropa belladonna L.) F.M. Dusmurodova, T.T. Raximova (2009); valeriana (Valeriana officinalis L.) E.E. Abdunazarov, B.Yo. To`xtaev (2009); Jizzax viloyati sharoitida kalendula (Calendula officinalis W.) o`simligi bilan I.E. Jabborova, S.E.Esanqulov, D.A. Imomova(2009) lar ilmiy izlanishlar olib borganlar. S.A. Sultonov, A.M.Nig`matullaev, N.E.Eshmirzaeva, X.M.Shoxidoyatov(2003) lar tomonidan ekdisteroid saqlovchi qalinpo`st – koronariya (Coronaria coreacea), Silene viridiflora, Rhaponticum intigrifolium, alkaloid saqlovchi Fumaria vaillantii Loise o`simliklarining Toshkent sharoitidagi biologik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi aniqlangan.Shuningdek, Stachus L. turkumi ayrim vakillarining bioekologik ko`rsatkichlari R.A. Eshmuratov, K.S. Safarov (2011), steviya (Stevia rebaudiana Bertoni.) o`simligining bioekologik xususiyatlarini tomonidan o`rganilgan.
O`zbekistonning shimoliy hududi bo`lgan Qoraqalpog`iston florasida 343 tur dorivor o`simliklar aniqlanib, shulardan 15 turiga (farmakopeyaga kirgan turlar) ekologik jihatdan va xom-ashyo zahiralarining hajmi to`la tahlil qilindi.
Dorivor o`simliklarni sho`r еrlarda introduksiya qilish, ular orasidan sho`rga chidamli o`simliklarni tanlash muammosi dolzarb. Shu vaqtgacha ko`pgina olimlar (Lifshits, 1952; Balyabo,1954; Legostaev, 1959; Abdurazoqov, 1964; Nazirov 1967; Tursunxo`jaev, 1972; Bobchenko, 1981; Abdullaev, 1989) tomonidan sho`r еrlarning o`zlashtirilishida bir necha o`simliklar-qand lavlagi, kungaboqar, g`o`za, jo`xori, beda, sholi, makkajo`xori, ko`p o`riladigan raygras, sudan o`ti va boshqa madaniy ekinlar sinab ko‘rildi.
O`zR FA Botanika instituti olimlarining ilmiy ishlari asosida Mirzacho`lning sho`r еrlarida shirinmiya (Glycyrrhiza glabra L.) o`stirilib sinab ko`rildi. S.S.Muinova (1968), M.M.Badalov (1970), Q.Z. Zokirov, L.E.Pauzner (1973), A.J.Qo`ziev (2000), O.A.Ashurmetov va boshq. (1996,2005) tomonidan shirinmiya vegetativ yo`l bilan ko`paytirilib o`stirilganda, yuqorida qayd etilgan o`zlashtiruvchi o`simliklardan ham sho`rlanishga chidamliroq ekanligi aniqlab berildi.

  1. Yo.To`xtaev (2007) O`zR FA Toshkent botanika bog`iga introduksiya qilingan dorivor o`simliklarni sho`r еrlarga (Buxoro va Sirdaryo) introduksiyasini amalga oshirdi, ularni ekologik jihatdan moslashish xususiyatlari va chidamlilik darajasini ilmiy asoslab berdi. Muallifning ilmiy tadqiqotlarida 10 ta floristik viloyatga mansub 111 ta tur mazkur sharoitlar uchun mos kelishini ilmiy asoslab berdi.

O`zR FA Botanika bog`ining Dorivor o`simliklar laboratoriyasidagi dorivor o`simlik turlari ham bugungi kunda ishchi xodimlar va mutaxassislari tomonidan respublika genofondi sifatida himoya qilinadi.
Dorivor o`simliklarni ilmiy faoliyati asosan Chet el florasiga va mahalliy floraga mansub dorivor o`simliklarni introduksiyasi bilan shug`ullanadi. Dastlab K.X. Xodjaev, keyinchalik Yu.M.Murdaxaev, N.X.Xasanova, B.Yo.To`xtaev va boshqlar laboratoriya faoliyatida muhim almiy amaliy ishlanmalarni qo`lga kiritganlar. Laboratoriyaning ilmiy faoliyati natijalariga ko`ra 500 turdan ortiqroq o`simliklar O`zbekiston sharoitiga introduksiya qilingan. Ulardan 100 turdan ortiq o`simliklar hozirgi kunda ishlab chiqarish amaliyotida keng qo`llaniladi. Mazkur yo`nalishdagi ilmiy izlanishlan hanuzgacha davom ettirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasida birinchi marta dorivor o`simliklarni еtishtirish bo‘yicha 1973 yilda Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi xo`jaliklarda amalga oshirilgan.
1978 yilda Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o`simliklar o`stirishga ixtisoslashgan o`rmon xo`jaligi tashkil qilindi. Bu xo`jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, na‘matak, achchiq shuvoq (erman), bo`lakli ituzum, mayda gulli tog`rayxon, moychechak, arslonquyruq, valeriana va boshqa dorivor o`simliklar o`stirilgan. Ulardan yig`ilgan dorivor mahsulotlar O`zbekiston dorixonalarini ta‘minlash va qayta ishlash uchun Chimkent kimyo-farmatsevtika zavodi va boshqa korxonalarga jo`natilgan.
Hozirgi kunda dorivor o`simliklarni o`stirib еtishtiradigan maxsus ixtisoslashgan xo`jaliklar O`rmon xo`jaligi qo`mitasi tizimida va Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida tashkil qilingan. Respublikamizning bir qator oliygohlarda ―5411100-dorivor o‘simliklarni еtishtirish va qayta ishlash texnologiyasi‖ ta‘lim yo‘nalishi ochilgan bo‘lib unda dorivor o‘simliklarni еtishtirishga ixtisoslangan mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Hozirda, O`zbekistonda dorivor o`simliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi bo`yicha O`zR FA Botanika instituti va Botanika bog`ining olimlari, universitet va institutlardagi dorivor o‘simliklar bilan tadqiqot olib boradigan (botanika) kafedralari, O‘rmonchilik instituti, Dorivor o`simliklarga ixtisoslashgan davlat o`rmon xo`jaliklari, M.M.Mirzaev nomidagi Bog`dorchilik va uzumchilik instituti va uning viloyatlardagi filiallari, O`simlikshunoslik ITI, Sabzavotchilik va poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI va boshqa muassalarida olib borilmoqda.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin