2-mavzu. Floristik vohalar va o’simliklarni tarqalish areallari
Reja:
1Floristik voxalar tug’risida tushincha.
2Asosiy floristik oblastlar tavsifi.
Yer sharining iqlim va tuproq sharoiltari turlicha bo`lib, ular iqlim va tuproq omillarini e‘tiborgan olgan holda bir necha floristik vohalarga bo`linadi. Yer sharini floristik vohalarga bo`lishda iqlim va tuproq sharoitlari asosiy omil bo`lib xisoblanadi. Yer sharida o`simliklarni tarqalishi va ularning tahlili bo`yicha turli xil ma‘lumotlarni Ye.V.Vulf (1932), N.I.Vavilov (1960), A.L. Taxtadjan (1978), Ye.P. Borisenkov (1988) va boshqalar ma‘lumotlarida uchratishimiz mumkin.
Hozirgacha еr kurrasida uchraydigan barcha o‘simlik turlarining soni 500 mingdan ziyodroq bo‘lib, shundan 300 mingga yaqini gulli o‘simliklarga taalluqlidir. Bir mamlakat florasi ikkinchi mamlakat florasidan hamisha farq qiladi va ular xilma- xil bo‘ladi. Chunki ularning iqlim va tuproq sharoiti hamda o‘simlik turlarining kelib chiqishi turlichadir.
O‘simlik turlarining еr shari bo‘ylab tarqalishi ma‘lum qonuniyatlar asosida shakllangan bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir.
Shimoldan janubga borgan sari o‘simlik turlari soni ko‘payib boradi, chunki bunda iqlim o‘zgarib o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun sharoitning yaxshilanib borishi sabab bo‘ladi.
O‘simlik turlari tog‘li tumanlardagiga nisbatan tekislikda, cho‘llarda kamroq bo‘ladi. Chunki tog‘larda namlik, iqlim va tuproq sharoiti ancha qulayroq, xilma- xildir. Ushbu hududlarda qoqio‘tdoshlar, burchoqdoshlar va qo‘ng‘irboshdoshlar oilalari vakillari ko‘p uchraydi.
Geologik rivojlanish jihatidan oldin hosil bo‘lgan tog‘lar va tekisliklarda o‘simliklar soni nisbatan yangi shakllangan hududlardagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.
Tropik va subtropik mamlakatlarda iqlim sharoitining o‘ta qulayligi tufayli, ularning o‘simlik turlari tarkibi (florasi) ancha boy (100 minggacha tur) hisoblanadi. Bu еrlarda asosan orxideyadoshlar, sutlamadoshlar, ro‘yandoshlar oilalari vakillari keng tarqalgan.
Ekvator chizig‘idan uzoqlashgani sari o‘simliklar soni han kamaya boradi. Masalan, Indoneziyada 35 ming yuksak o‘simliklar, Amazonka va uning atroflarida 30 ming tur o‘sadi. Veitnamda 10 mingga yaqin tur uchraydi. MDH hududi florasi 20 ming turni tashkil etadi. Grenlandiyada taxminan 460 tur, Shpitsbergen orolida 130 tur, Antraktida va unga yaqin orollarda 3 tur gulli o‘simlik topilgan xolos.
Bizning mamlakatimiz hududida yuksak o‘simliklarning hammasi bo‘lib 4500 ga yaqin turi uchragan bir paytda, O‘rta Osiyoning tog‘li hududlarida yuksak o‘simliklarning 8 mingga yaqin turi o‘sadi, vaholangki, cho‘l zonasida hammasi bo‘lib, 800 ga yaqin o‘simlik turi uchraydi.
Flora boy yoki kambag‘al bo‘lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan misolda, Braziliya florasi, O‘rta Osiyo florasiga nisbatan boy hisoblanadi. Flora tarkibidagi kelib chiqishi va tarixiy tarqalishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turlar o‘ziga xos genetik tarkibni tashkil etadi. Masalan g‘arbiy Sibir, O‘rta Osiyo, Shimoliy Amerika turlari genetik tarkibi bilan farqlanadi. Floristik viloyat tarkibida endemik turlar, turkumlar va oilalar qanchalik ko‘p bo‘lsa ularga fitoxoriyalardeyiladi.