Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə5/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Floristik viloyatlar. Hozirgi vaqtda Yer kurrasi oltita floristik olamga, qirqta viloyatga va 150 ta provintsiyaga bo‘lib o‘rganiladi. Har bir floristik olam o‘ziga xos o‘simliklar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, ular tarkibidagi turlar evolyutsiya natijasida shu hududning iqlim va tuproq sharoitiga moslashgan bo‘ladi. Floristik olamlar o‘z ichiga ko‘pgina endemik turlarni, turkumlarni hamda butun bir turkum va oilalar, ajdod, bo‘limlarning areallarini oladi (297-rasm).

  1. Golarktika viloyati. Bu juda katta hududlarni egallagan bo‘lib, unga Yevropa qit‘asi, Hindiston va Hindi-Xitoy yarim orolidan tashqari Osiyo qit‘asi, Shimoliy Afrikaning O‘rta dengizi sohili hamda Kaliforniya va Meksikadan tashqari Shimoliy Amerikaning katta qismi kiradi. Bu olam hududida tropik iqlimda o‘sadigan oila vakillari deyarli uchramaydi. Bu olamda 30 dan ziyod oila vakillari uchraydi. Jumladan qarag‘aydoshlar, qayindoshlar, chinniguldoshlar, ayiqtovondoshlar, toldoshlar, yalpizdoshlar, sho‘radoshlar, karamdoshlar, ra‘nodoshlar, hiloldoshlar, bug‘doyboshdoshlar va shu kabi oilalarning endem turkum va turlari uchraydi. Golarktika olamini uchta kichik olamga – 1)Boreal kichik olami. 2)Qadimiy O‘rta Yer dengizi bo‘yi kichik olami. 3)Soron (Amerika) kichik olami hamda 11 ta viloyatga bo‘lib o‘rganiladi. Endemik turlar ham bu hududda ko‘p uchraydi.

Bizning O‘zbekiston ham to‘liq Golarktika olamiga kiradi. O‘zbekistonda yuksak, gulli o‘simliklarning 138 oilaga mansub 1028 turkumi va 4500 dan turi tarqalgan. Shundan madaniy o‘simliklar 79 oilaga mansub 492 turni tashkil etadi. Respublikamiz o‘simliklarining qariyb 20%i endemiklardir. O‘zbekiston yovvoyi florasining 577 turi dorivor o‘simliklardir. Floramizning ko‘p qismi astradoshlar, burchoqdoshlar, bug‘doydoshlar, yalpizdoshlar, karamdoshlar, ziradoshlar, sho‘radoshlar, loladoshlar, chinniguldoshlar, ra‘nodoshlar va boshqa oilalarga mansubdir.

  1. Paleotropik viloyati. Bu olam tropik Amerikani, Janubiy Afrikaning Kaps viloyatigacha bo‘lgan subtropik maydonlarni, Arabiston yarim orolini, Hindiston, Hindi-Xitoy, Indoneziya, Filippin va Polineziya (Tinch okeani) orollarini hamda Avstraliya qitasining shimoliy qismini egallaydi. Ushbu olamning iqlimi o‘simliklar hayoti uchun juda qulay bo‘lib, bu еrlarda asosan doimiy yashil va qisman bargi har yili to‘kiladigan o‘simliklar o‘sadi. Floraga o‘ta boy bu hududlarda 50 mingdan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Shundan 40 ta oila vakillari endemiklar hisoblanadi. Paleotropik olam uchun salobdoshlar, nepentguldoshlar, palmadoshlar, burchoqdoshlar, banandoshlar, sutlamadoshlar va shu kabi oilalarning vakillari xosdir. Paleotropik olam beshta kenja olamga – 1.Afrika. 2.Madagaskar. 3.Hindo- Malayziya. 4.Polineziya. 5.Yangi Kaledoniyalarga bo‘linadi.


  2. Yüklə 1,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin