Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə6/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Neotropik viloyati. Markaziy va Janubiy Amerikaning ko‘p qismini hamda ularning atrofida joylashgan orollarni o‘z ichiga oladi. Bu olamda 25 ta endemik oila va 100 lab endem turkumlari bor. Ko‘p tarqalgan oilalardan kaktusdoshlar, bromeliyadoshlar, nasturtsiyadoshlar, lavrdoshlar, murchdoshlar, baobabdoshlar, salobdoshlar, palmadoshlar bo‘lib, turlardan xina daraxti, kakoa, kokos palmasi, maniok, geveya, georgina, ananas, еryong‘oq, qovoq, kungaboqar va shu kabilar uchraydi. Madani ekinlardan kartoshka, pomidor, batat, makkajo‘xori, g‘o‘zaning ba‘zi turlari, loviya va boshqa o‘simliklarning vatani ham neotropik olamdir. Bu olam ham bir necha kichik viloyatlarga bo‘linadi: Karib, Amazoniya, And boshq.

  • Avstraliya viloyati. Bu olam Avstraliya qit‘asi va uning janubida joylashgan Tasmaniya va hududga yaqin orollarni o‘z ichiga oladi. Florasi o‘ziga xos bo‘lgan bu

    olamning to‘rtdan uch qismi endemik (15 ta oila, 12 mingga yaqin tur) turlardir. Mirtadoshlar, salobdoshlar, amarantdoshlar, qoqio‘tdoshlar, burchoqdoshlar, proteyadoshlar oilalari vakillari ko‘p uchraydi. Bu kontinentning ichkari qismi cho‘l va chala cho‘l bo‘lib, yog‘in kam yog‘adi, o‘simlik turlari ham chegaralangan. Avstraliya qit‘asi va orollarning okeanlar atrofidagi sharqiy qismida esa subtropik va tropik o‘simliklar o‘sadi. Bular jumlasiga akatsiya (486 turi), Avstraliya faxri bo‘lgan balandligi 155 metrgacha bo‘ladigan evkalipt daraxti (600 ga yaqin turi), greviliya (203 turi) hamda sagovniklar (Cycadaceae) oilasining vakillarini olish mumkin. Cho‘l qismida esa ko‘proq kazuarinlar o‘sadi.

    1. Kap viloyati. Hududi uncha katta bo‘lmagan bu olam faqat Janubiy Afrika respublikasining Kap viloyatini o‘z ichiga oladi. Bu olamning iqlimi quruq subtropik bo‘lib, yilning ayrim fasllarida yog‘in yog‘adi, tuman ko‘p bo‘lib turadi. Maydoni kichik bo‘lishiga qaramay bu еrda o‘simlik turlari ko‘p uchraydi. Hammasi bo‘lib

    12 mingdan ziyodroq o‘simlik turi mavjud, bu esa butun Avstraliya qit‘asida o‘sadigan o‘simlik turiga teng yoki MDH florasidan bir oz kam xolos. Florasining tarkibida daraxtsimon vakillari kam, asosan ko‘p yillik o‘t o‘simliklari hukmronlik qiladi, qisman doimiy yashil butalar o‘sadi. Ko‘pincha qoqio‘tdoshlar (Asteraceae), vereskdoshlar (Ericaceae), proteyadoshlar (Proteaceae), aizondoshlar (Aizoaceae), nargisdoshlar (Amarilidaceae) va shu kabi oilalarning vakillari uchraydi.

    Kap olamida gladiolus va yorongul turkumlarining turlari ham ko‘p tarqalgan. Bu olam dunyoga juda ko‘p, yuqori baholanadigan manzarali (pellargoniya, yorongul, gulsafsar va boshq.) o‘simliklarni еtishtirib bergan. Bular asosan nargisdoshlar va gulsafsardoshlar oilalariga tegishli o‘simliklardir.




    1. Yüklə 1,31 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin