2 Mavzu: Umumiy Psixologiya fanining Ilmiy Tadqiqot Metodlari



Yüklə 4,86 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü4,86 Kb.
#186094
2 Mavzu Psixologiya

2 Mavzu: Umumiy Psixologiya fanining Ilmiy Tadqiqot Metodlari

Reja:

  • 1.Hozirgi zamon psixologiyasi ilmoy tadqiqot metodlari.
  • 2.Proektiv metodlar.
  • 3. Kuzatish metodi va uning turlari.

Metod nima?

  • Metod so’zi- yunoncha methodos bo’lib tadqiqot tekshirish degan ma’noni anglatadi. Nazarimda yuqoridagilarga yana yo’l, usul so’zlarini kiritish ham mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlari xilma- xildir. Shu bilan birga, ularni klassifikatsiya qilish ham turlichadir.

Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi

Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobilyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo’llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar to’qigan narsalar, tikkan qo’g’irchoqlar, to’qib, so’zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlilqilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobilyati, ijodiy hayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to’plash mumkin.

Metodlar

  • Kuzatish metodi va uning turlari, ekspriment metodi, so’rov metodi va uning turlari, faoliyat mahsulini o’rganish metodi, test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi, shular jumlasidandir. Kuzatish metodining obyekti- inson, guruh, jamoa, shaxslararo munosabatlar, emosional- hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati ijodiyoti, muomalasi kabilarni o’rganishdan iboratdir.
  • Kuzatishning predmeti- insonning xilma- xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi uzuluksizligi, dinamikasi, o’ziga xosligi, uninghamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ong osti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizasiyalashdan tashkil topgandir.

Metodlarni o’rganishda davom etamiz

  • So’rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar ti’plashning an’ anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi.
  • Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ham ataladi, o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin.
  • Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ularyordamida o’rganilayotgan xodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta- qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishochlilikka tekshirish mumkin bo’ladi.
  • Ayni testga qo’yilgan talab hech qachon o’zgarmaydi, xattoki shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan holda ishlatilaveradi.

Psixologik eksperiment

  • Mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki xodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi.
  • Modellashtirish metodi kuzatish so’roq eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Bunda o’sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va xulosalar chiqariladi.

Yüklə 4,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin