Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə62/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Nazorat savollari:
1.Tolerantlik qonuni?
2.Sirdaryo viloyati sharoitida o’simliklarning avj bilan o’smasligiga cheklovchi omil nima ?
3. Shamolning o’simliklarga ta’siri?


4-amaliy mashg`ulot. Intordutsent o‘simliklarning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish.
Darsning maqsadi: O‘simliklarni bioekologik xususiyati, hayotiy shakllariva areallariga binoan guruxlash usullarini o‘rganish.
Identiv o`quv maqsadlari:

  1. Dorivor o`simliklarni bioekologik hususiyatlari haqida ma`lumotlarga ega bo`ladi.

  2. O`simliklarni hayotiy shakllari va areal guruhlariga ko`ra guruhlaydi.

Kerakli jihoz va materiallar: gerbariylar, slaydlar, rasmlar.
Ishni bajarish tartibi:
1.O`simliklarni bioekologik hususiyatlariga nimalar kiradi?
2.O`simliklarni hayotiy shakllari va areal guruhlariga ko`ra guruhlang?
Qisqacha nazariy ma`lumot.
Unumdor va shoʼr yerlarda introduktsiya qilingan dorivor oʼsimliklar 37 oila va 90 turkumga mansub boʼlib, 111 turdan iboratdir. Ulardan 29 oila, 72 turkum va 92 turi oʼrtacha shoʼrlangan tuproqlarda introduktsiya qilingan boʼlsa, 31 oila, 64 turkum va 68 tur kuchli shoʼrlangan tuproqlarda introduktsiya qilindi. Biz izlanishlarimiz davomida ekilgan oʼsimliklarning oilalariga asoslanib, shoʼrga chidamliligiga eʼtibor berdik. 1- jadvaldan koʼrinadiki, introduktsiya qilingan dorivor oʼsimliklarning koʼp turlari Lamiaceae, Asteraceae, Apiaceae, Fabaceae, Rosaceae, Solanaceae va boshqa oilalar vakillariga mansubdir. Kuzatishlarimizda aniqlanishicha, tajribalarda koʼp turlarni tashkil etgan Asteraceae oilasi vakillari oʼrtacha va kuchli shoʼrlangan yerlarda tegishli tarzda -23,1 va 33,3%; Lamiaceae-17,6 va 27,3%; Apiaceae-25,0 va 25,0%; Rosaceae-50,0 va 100,0% gacha, Fabaceae-33,3 va 71,4%; Solanaceae 25,0 va 66,7% saqlanuvchanlikka ega boʼlgan. Shuningdek, 3-4 turdan iborat Malvaceae, Apocynaceae va Brassicaceae oilasiga mansub oʼsimliklar 50,0 va 100% gacha saqlanuvchanlikni tashkil etgan. 3.1- jadvaldan koʼrinadiki, baʼzi bir oilalar (Dioscoreaceae, Linaceae, Rubiaceae, Elaeagnaceae, Campanulaceae, Euphorbaceae, Urticaceae, Araceae) kam turlarni tashkil etgan boʼlib, ularning introduktsiyasi davomida shoʼrlanishga chidamliligi toʼgʼrisida aniq tavsif bera olmadik (3.1 jadval). Bir necha oilalarga mansub boʼlgan vakillar 1-2 turni tashkil etgan boʼlib, unuvchanlik va saqlanuvchanlik yuqori boʼlgan. Baʼzi bir oilalarga mansub boʼlgan vakillarning introduktsiya jarayonida faqatgina unuvchanligi kuzatilgan, lekin saqlanuvchanligi kuzatilmagan. Ular Saxifragaceae, Linaceae, Papaveraceae, Rutaceae, Lythraceae, Balsaminaceae, Caryophyllaceae oilalar vakillaridir. Hypericaceae, Tiliaceae, Scrophulariaceae, Plantaginaceae, Alliaceae, Primulaceae, Paeoniaceae oilalariga mansub boʼlgan oʼsimliklarning urugʼ unuvchanligi umuman kuzatilmagan. Olib borilgan kuzatishlar natijasini tahlil etadigan boʼlsak nisbiy fikrga kelamiz. 3.1- jadvalda koʼrsatilganidek, turli oilalarga mansub turlarning soni turlicha va 2 xil shoʼrlanish darajasida turlarning unuvchanlik va saqlanish koʼrsatkichi bir-biriga mos emas. Biz ularni tahlil etishda, turlar soni koʼproq boʼlgan oilalargagina nisbiy xulosa qildik. Qayd etsa boʼladiki, Rosaceae, Sola-naceae, Fabaceae va Asteraceae oilalariga mansub turlarning shoʼrga chidamlilik darajasi ancha yuqoridir. Shuningdek, shoʼrga chidamlilik xususiyatlari Malvaceae,Amarantaceae, Apocynaceae, Brassicaceae Rubiaceae va Campanulaceae vakillari uchun ham xos, degan fikrga keldik.

Ekologik parametrlar

Umumiy turlar soni



Unumdor

Sho`r

Turlar soni



Unuvchanlik ko`karuvchanlik, %



Saqlanish, %



Turlar soni



Unuvchanlik ko`karuvchanlik, %



Saqlanish, %



1

2

3

4

5

6

7

8

Kriofit






















Issiqqa chidamli






















Issiqsevar






















Yorug`da o`suvchi






















Soyada o`sa oladi






















Gigrofit






















Gidrofit






















Mezofit






















Unimdor va sho‘r tuproqlardao‘sa oladi (gliko-galofit)






















Kserofit






















Psammofit






















Glikofit

























O`simliklarning hayotiy shakllari

Umumiy turlar soni

Unumdor

Sho`r

Turlar soni



Unuvchanlik ko`karuvchanlik, %



Saqlanish,%



Turlar soni



Unuvchanlik ko`karuvchanlik, %



Saqlanish,%



O`t

1-2 yillik






















Ko`p yillik






















Liana






















Buta






















Chala buta






















Daraxt






















Nazorat savollari:
1. Introduksiya qilingan dorivor o‘simliklarni oilalarga asosan guruhlash
2. Introdutsentlarni hayotiy shakllariga asosan guruhlash?
3.Introdutsentlarni ekologik ko‘rsatkichlariga asosan guruhlash


6-amaliy mashg`ulot. Introdutsentlarda biometric kuzatishlarni o`rganish.
Mashg`ulotning maqsadi: talabalarga introdutsentlarda biometric kuzatishlarni olib boorish tartibini tushuntirish va hisob kitoblrni tushuntirish.
Ishni bajarish tartibi:

  1. O`simliklarning ontagenez bosqichlari davrlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lish.

  2. O`simliklarni vegetatsiyasini biometric kuzatishni o`rganish.

  3. Gul biologiyasini biometric kuzatish.

Umumiy ma`lumotlar.
O’simlikning ontogenezi murtak hosil bo’lganidan boshlab to umrining oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. O’simlik ontogenezi quyidagi davrlarga bo’linadi. (T.A.Rabotnov,1950; Ontogeneticheskiy atlas rasteniy, 2007):

  1. Latent(embrion) davri (latens - ko’rinmas) - urug’larning tinim holatidagi davri

  2. Generativ oldi (virginil) davri (virginitas - qizlik) - urug’ning unib chiqqandan to 1-chi gul hosil bo’lguncha davri. Generativ oldi davri o’z navbatida maysa, yuvenil (yosh o’simlik) va immatura (balog’atga etayotgan) bosqichlariga bo'linadi.

  3. Generativ davri - birinchi gul hosil bo’lgandan to oxirgi gullashgacha bo’lgan davr. Bu davrda o’simliklar ko’payadi.

  4. Postgenerativ (senil) davri - o’simlik gullash qobiliyatini yo’qotgandan to halok bo’lgungacha bo’lgan davr.

Introdusent o’simlik unib chiqqandan boshlab fenologik kuzatuvlar olib boriladi. Kuzatuv har uch - besh kunda (ayrim o’simliklarda 10 kunda) o’tkaziladi va ajratib olingan 10-20 ta individdagi kuzatuv natijalari maxsus daftarga qayd etib boriladi ( 2-jadval)
Introdusent turning o’sishi va rivojlanishi

Kun va fazalar

O’simliklarning tartib raqami










Jami




1

2

3

4

5

6

7

8

9

1 0

(o’rtacha)


10.03.2011 Urug’ni unib chiqishi
15.03.11

Birlamchi chin barg hosil bo’lishi 20.03.11
Poyaning buyi, sm
To’plangan ma’lumotlar asosida turning fenospektri tuziladi (Beydeman, 1974).
Bir yillik o’simliklar ontogenezida odatda quyidagi fazalar ajratiladi: urug’ unib chiqishi, poya o’sishi, g’unchalash, gullash, mevalash, desseminatsiya va vegetatsiya tugashi.
Ko’p yilliklarda esa qo’yidagilar qayd etiladi: vegetatsiya boshlanishi, g’unchalash, gullash, mevalash, disseminatsiya va vegetatsiya tugashi.
O’simlikning ontogenez bosqichlarini o’rganish o’t o’simliklarda urug’dan unib chiqishdan boshlab olib boriladi. Ko’p yillik o’simliklarda esa vegetatsiyasi boshlangandan to vegetatsiya tugaguncha kuzatib boriladi. Yangi sharoitda ntrodusent o'z ontogenezida qator biomorfologik o'zgarishlarga uchrashi mumkin (Trulevich, 1991). Ko’pchilik hollarda ntrodusentning o’sishi va rivojlanishining qo’yidagi bosqichlari aniqlanadi:

  • O’simlik unib chiqishi yoki vegetatsiya boshlanishi;

  • O’simlik poyasining o’sishi tezligi ;

  • O’simlik ildizining substratga botib kirishi;

  • Birinchi chin barg xosil bo’lishi;

  • Ikkinchi tartibli novdalar hosil bo’lishi;

  • Reproduktsiya j arayoniga kirishi;

  • G’unchalash fazasi boshlanishi;

  • Gullash fazasiga kirish;

  • Mevalash fazasi boshlanishi ;

  • Meva pishishi;

  • O’simlikda disseminatsiya jarayoni borishi. Avtoxoriya mavjudligi;

  • O’simlik vegetatsiyasi tugalishi va er ustki qismini halok bo’lishi.

Tanlab olingan o’simliklarga adashmaslik uchun tartib raqami ko’rsatilgan maxsus birkalar osib qo’yiladi.
Ontogenez bosqichlari ustidan fenologik kuzatuv ishlari 3-5 yil davomida olib borilib, fazalarning har yillik o’zgarishlari qayd qilinadi.
O’simlikning zigotadan boshlab to balog’atga etganicha va nasl qoldirguncha bo’lgan davri hayotiy sikl deb ataladi. Hayotiy sikl yoki rivojlanish sikli ma’lum bir qonuniyat asosida boruvchi bir qator fazalardan to’zilgan. Bu fazalar quyidagilardir: tug’ilish, rivojlanish va ko’payish. O’simlik hayotiy sikli oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.
Oddiy hayotiy siklga misol qilib ulotriks o’simligi hayotiy siklni ko’rsatishi mumkin. Ulotriks o’simligi zoosporadan rivojlanadi. Voyaga etgan o’simlikda ma’lum vaqtdan keyin hujayralari reproduktiv hujayraga aylanadi. Bu hujayrada sporogenez yo’li bilan 4 ta zoospora yuzaga keladi. Hujayra po’sti yorilgach, bu zoosporalar tarqalib, yangi individni paydo qiladi.
Ko’pchilik o’simliklarda murakkab hayotiy sikl kuzatiladi. Murakkab hayotiy sikl o’z ichiga 2, goxida 3 ta oddiy siklni oladi. Murakkab hayotiy sikl gulli o’simliklarda yanada murakkablashib, gametalar hosil bo’lishi va zigota fazalariga ham egadir.
Ko’p yillik gulli o’simliklarda hayotiy sikl qayta-qayta takrorlanishi mumkin bo’lgan bosqichlardan iboratdir. Shuning uchun ularda katta va kichik hayotiy sikllar ajratiladi. Katta hayotiy sikl gulli o’simlikni murtak hosil bo’lganidan boshlab to
umri (ontogenez)ning oxirigacha bo’lgan davrni uz ichiga oladi.
Ko’p yillik o’tlarda har yili er ustki qismi halok bo’lib turadi. Erta bahorda kaudeksdagi qishlovchi kurtaklardan yangi novda o’sib chiqadi. Yangi novdada gul va mevalar shakllanadi. Bu o’simliklardagi kurtakdan novda o’sib chiqishi, g’unchalash, gullash meva tugishi va pishishini o’z ichiga oladigan vaqt «kichik sikl» deb ataladi. «Kichik sikl» ham tuzilishga ko’ra murakkab hayotiy sikldir.
O’simlik urug’larining ko’pchiligi ona o’simlikdan ajragandan keyin unib chiqishi uchun optimal sharoit bo’lganda ham unmaydi. Bunga urug’larning tinim holatda bo’lishi xususiyati sababchi bo’ladi. Uning sabablari turli o’simliklarda turlichadir. Urug’lar tinim holatda bo’lish xususiyati o’simlik turi uchun yilning noqulay davrini o’tish uchun xizmat qiladi. K.V.Ovcharov (1969) uning ahamiyatini shunday izohlaydi: «Ko’pchilik o’simliklar urug’i hosilni yigib olgandan keyin unmaydi. Ular shu o’simlik xili uchun xos bo’lgan ma’lum davrni o’tishi kerak, bu davr urug’ning tinim davri deb ataladi. Urug’ tinim davrining biologik ahamiyati shundaki, u shu holatda urug’ga tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan o’tib olishga yordam beradi». Bu fikrni juda ko’pchilik olimlar qo’llab-quvvatlamoqdalar.
L.V.Barton (1965) urug’larning tezda unmasligi sabablarini 2 guruhga ajratadi:

  • urug’ning unmasligi uning po’sti tuzilishi bilan bog’liq (urug’ po’stining

qattiqligi natijasida suv o’tmasligi, O2 etishmasligi, uning tarkibida ingibitorlar
borligi);

  • urug’ unmasligi murtak tuzilishi bilan bog’liq (murtakning to’liq shakllanmaganligi).

Rus olimasi M.G.Nikolaeva (1967) urug’larning tinim holatda bo’lishini 2 ga ajratadi:

  • majburiy tinim holatda bo’lish (nam etishmasligi, O2 yo’qligi, t pastligi);

  • organik tinim holatda bo’lish (meva va urug’ tuzilish xususiyatlari bilan bog’liq).

Organik tinim holatda bo’lishning qo’yidagi xillari kuzatiladi:

  1. Meva po’stining qattiqligi sababli;

  2. Urug’ po’stining suv o’tkazmasligi sababli;

  3. Murtakning to’liq shakllanmagani sababli;

g) Meva va urug’da ingibitorlar borligi sababli;
Bularning ichida burchoqdoshlar oilasida keng tarqalgan umg’po’stining suv o’tkazmasligi yoki qattiq urug’lik xossasini ko’rib chiqamiz. A.V.Popsov (1976) o’zining «Qattiq urug’lik biologiyasi» nomli asarida «Qattiq urug’lik - organik tinim holatining o’ziga xos shaklidir» deb ko’rsatib, uning asosiy belgilarini sanab o’tadi:

  • qattiqurug’likda urug’ning to’liq tinim holatida bo’linishini;

  • qattiqurug’likda urug’ po’stining suv o’tkazmasligini;

  • qattiqurug’lik dinamikasi irsiy tomondan rejalashtirilgani;

Shuning uchun burchoqdoshlar oilasi vakillari urug’i tashqi muhit omillarining ta’sirlariga juda ham chidamli bo’ladi.
Qishloq xo’jaligida bunday qattiq urug’larni tinim xolatidan chiqarish uchun quyidagi vositalar qo’llaniladi:

  • skarifikatsiyalash (urug’ po’stini mexanik ravishda shikastlantirish);

  • impaktsiyalash (maxsus idishlarda silkitish);

  • iliq suvda ivitish;

  • muzlatish;

  • turli kimyoviy moddalar (N2SO4, ishqorlar) bilan ishlov berish;


  • *
    startifikatsiyalash (urug’larni bir necha oy 0 - 5 °S temperaturada saqlash); har xil nurlar, ultratovush, magnit maydoni, elektr maydonlari bilan ta’sir

qilish. O’simlikni mavsumiy gullashini aniqlash uchun 10-20 ta o’simlik belgilab olinib, unda birinchi gul ochilgandan boshlab to oxirgi gul ochilgungacha har kuni kuzatiladi va ochilgan gullar hisoblab boriladi. Olingan ma’lumotlar maxsus jadvalga tuldirilib boriladi (3-jadval).

O’simlik







Ochilgan gullar soni, dona







Jami /

Kun































o’rtacha




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10




27.04.20

1

2

2

2

3

2

2

2

2

3

21/ 2,1

28.04.20
















12.05.20

-

1

-

-

1

1

1

-

1

1

6/ 0,6


  1. Yüklə 1,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin