Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Sug`oriladigan yerlarga introduksiya o`simliklar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə57/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Sug`oriladigan yerlarga introduksiya o`simliklar


Tukli erva (Pol-pola)- (Aerva lanata (L.) Juss).
Tukli erva- Amarantaceae oilasiga mansub Janubiy Osiyo, Аfrika, Hindiston va Seylonda tabiiy holda keng tarqalgan ikki yillik oʼt. OʼsimlikKavkaz va Kavkazorti subtropik mintaqasida madaniy holda ekiladi espublikamiz sharo-itida tukli erva Q.X. Xoʼjaev, H.X.Xolmatov (1963,1965) va Yu.Murdaxaev (1989) lar tomonidan introduktsiya qilindi. Xozirgi vaqtda respublikamizda faoliyat yuritayotgan, dorivor oʼsimliklar boʼyicha ixtisos-lashtirilgan xoʼjaliklarda madaniy holda yetishtirilmoqda. Introduktsiya sharoitida (shoʼr tuproqlarda) tukli erva koʼchatdan introduktsiya qilindi. Koʼchatlarning koʼkaruvchanligi-52,1% va saqlanishi 20,0% ni tashkil etdi. Vegetatsiya davomida ekilgan koʼchatlar (10-12 sm) 30,6±4,03 sm gacha oʼsadi. Аsosiy poyada oʼrtacha-127,6±9,33 ta barglarhosil boʼladi. Poyaning pastki qismidagi yogʼochlanish3,4±0,24 sm ni tashkil etib, barg toʼkilishi kuzatilmaydi. Аsosiy poyalarda may oyidayoq 9,6±1,29 ta 1-tartibli novdalar va ularda oʼrtacha 12,4±1,86 ta 2-tartibli novdalar hosil boʼladi. Ularning uzunligi oʼrtacha-13,6±1,01 sm va barglar soni-16,6±2,42 taga yetadi (3- jadval).Vegetatsiya davomida har bir oʼsimlikdagi burglar soni oʼrtacha 1000 ta danortadi. Iyunoyidan boshlab oʼsimliklar generativ davrga kiradi va bir tup oʼsimlikda oʼrtacha 142,0±5,37 ta gʼunchalar; 156,6±8,50 ta gullar; 125,2±6,11 ta shakllangan mevalar va 85,8±3,76 ta pishgan mevalar qayd etil-di. Q.X.Xoʼjaev va Yu.M.Murdaxaevlarning maʼlumotlariga qaraganda,oʼsimlikning asosiy poyalari shoʼrlanmagan tuproqlarda 45-50 sm ga oʼsgan va yer ustki (oʼt-pux) qism hosildorligi 1,50 t/ga ni tashkil etgan. Shoʼr tuproqlarda esa, tukli ervaning yer ustki qism (oʼt-pux) hosildorligi 1,20 t/gava urugʼ hosildorligi 0,015 t/ga ni tashkil etdi.
Oddiy arslonquyruq - (Leonurus cardiaca L.).
Oddiy arslonquyruq - Lamiaceae oilasiga mansub koʼp yillik oʼt oʼsimlikdir. Tabiatda Sharqiy Yevropa, Gʼarbiy Sibir va Oʼrta Osiyoning koʼpgina hududlarida uchraydi. Dorivor xom-ashyo sifatida oʼsimlikning yer ustki qismi ishlatiladi. Xalq tabobatida asabni tinchlantiruvchi, yurak kasalliklari va bosh ogʼrigʼini davolashda foydalanilib, rasmiy tibbiyotda yurak va qon tomirlari nevrozi, gipertoniya va aterosklerozni davolashda eng yaxshi vositadir. Introduktsiya sharoitida (Shoʼr tuproqlarda) oddiy arslonquyruq 2 xil usulda -urugʼ va koʼchatdan ekildi. Oʼrtacha shoʼrlangan tuproqlarda urugʼ unuvchanligi-12,3% va saqlanuvchanligi-9,5% ni tashkil etib, vegetatsiya davomida asosiy poyalar 16,1±1,70 sm gacha oʼsdi. Аsosiy poyalarda 8,8±0,86 ta barglarhosil boʼlib, oʼrtacha 1,0±0,34 sm ga yogʼochlanadi. 2-vegetatsiya yilida oʼsimliklarningoʼsishi jadallashdi va asosiy poyalar 35,0±4,59 sm ga, barglar 12,4±1,03 ta ga yetadi. Аsosiy poyalarda oʼrtacha-3,4±0,75 ta 1-tartibli novdalar hosil boʼlib, uzunligi-8,2±1,39 sm va barglar soni-9,2±2,27ni tashkil etadi. Kuchli shoʼrlangan tuproqlarda urugʼ unuvchanligi bir oz yuqori koʼrsatkichni21,2% va saqlanuvchanligi-80,5% ni tashkil etgan boʼlsada, vegetatsiya davomida oʼsimliklarning oʼsish surʼati sust boʼldi. Yaʼni, asosiy poyaning boʼyi 18,3±2,74 sm, barglari 8,2±1,56 ta ni tashkil etdi.Shuningdek, vegetatsiya davomida asosiy poyalarning60-65% yogʼochlashadi va 80% gacha barglarning toʼkilganligi kuzatilgan. Oʼsimliklar koʼchatdan ekilganda esa, koʼkaruvchanlik 90,8% ni tashkil etadi. Vegetatsiya davomida ular jadal oʼsadi va iyul oyining oʼrtalarida gʼunchalaydi. Oʼsimliklarning asosiy poyalari-79,3±3,88 sm ga oʼsadi vaularda 58,4±5,04 ta barglarhosil boʼladi. Аsosiy poyaning yogʼochlanishi esa 20-25% ni tashkil etadi. Vegetatsiyaoxirigacha gʼunchalash va gullash davri davom etadi. Sentyabr oyining oxirida 1 tup oʼsimlikda oʼrtacha 50,8±2,22 ta toʼp gʼunchalar; 100,6±4,63 ta toʼp gullar; 309,0±6,42 ta shakllangan toʼp mevalar va 102,0±7,39 ta pishgantoʼp mevalar kuzatilgan. Shundayqilib, shoʼrlangan tuproqlarda oddiy arslonquyruq koʼchatdan ekilganda jadal oʼsadi va rivojlanadi, introduktsiya sharoitida tez moslashadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin