Mavzu: Introdutsentlarni tashqi muhit omillariga munosabati. Introduktsiyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Reja:
Introdutsentlarni tashki muhit omillariga munosabati.
Introduktsiyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Har bir oʼsimlikni introdkutsiya sharoitida oʼrganishda ularni tashqi omillarga boʼlgan munosabatlarini belgilashmuhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, introduktsiya sharoitining tashqi omillar introdutsent oʼsimliklarni yangi sharoitda u yoki bu darajada oʼsish va rivojlanishini belgilovchi (limit) omillar bgʼlib hisoblanadi. Tuproq sharoitiga boʼlgan munosabati. Oʼsimliklarning introduktsiya sharoitida baxolashning asosiy koʼrsatkichlari , ularning ushbu sharoitning tashki omillariga boʼlgan munosabati bilan belgilanadi. Har bir oʼsimlikning iklimlashtirishda, ularning tuprok sharoitiga boʼlgan munosabati xam muxim khrsatkichlardan biri xisoblanadi. Masalan, Turkman mandragorasi tabiiy sharoitda barg chirindilariga boy bulgan toshli-kumlok tuprokli qiyaliklarda tarkalgan. Indtroduktsiya sharoitida Turkman mandragorasi boʼz tuproklarda oʼstiriladi. E.T.Аxmedov (2002) oʼzining ilmiy izlanishlarida Oʼsimlikning tuprok sharoitiga bulgan munosabatlarini aniklash maksadida urugʼlarni boʼz tuprokda strukturasini oʼzgartirgan xolda ekib tajribalar oʼtkaziladi. Oʼsimliklarning yaxshi oʼsib rivojlanishi uchun tuprok tarkibiga barg chirindilari va qum koʼshilgan holda samarali natija berishini koʼrsatdi
Ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning tirik organizmlarga tasir etishi xarakteri nuqtai nazaridan ular uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlar mavjud. Omillarning qulay tasir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deyiladi. Ekologik omil organizmga xaddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) tasir etishi mumkin. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch tasirida organizm nobud bo’ladi.
Kritik nuqtalar orasidagi chidamlik chegarasi mavjudodlarning muhit omillariga nisbatan ekologik valentligi hisoblanadi. Tashqi muhitning turli omillariga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi turning ekologik spektrini tashkil etadi. Organizmlarning normal hayoti uchun malum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri yetarli miqdorda bo’lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi (5-chizma).
1840 yilda ximik-organik, agrokimyo asoschilaridan biri Y. Libix o’simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini ilgari suradi. U shu narsani aniqladiki, o’simliklarning rivojlanishi faqat organism uchun yyetarli miqdorda bo’lgan kimyoviy elementlar yoki moddalarga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki yetishmaydiganlarga ham bog’liq bo’ladi. Masalan: ortiqcha suv yoki azot-tuproqda mikromiqdorda uchraydigan temir va bor yetishmasligining o’rnini bosa olmaydi. Libix o’zining “minimum qonuni”ni shakllantirdi. Bunga asosan-tuproqdagi minimum miqdorda uchraydigan oziq moddalarning miqdorini albatta oshirish kerak. “Minimum qonuni” faqat o’simlik uchungina xos bo’lmasdan, balki insonga ham xosdir. Inson salomatligi o’ziga xos moddalar bilan aniqlanadi, odatda bu moddalar organizmda judayam kam miqdorda uchraydi. Agarda bu moddalarning miqdori mumkin bo’lgan minimum chegarasidan ham pastga tushib ketsa, inson uning yetishmasligini vitamin yoki mikroelement istemol qilishi bilan to’ldiradi.
Amerikalik olim V.Shelfordning ko’rsatishicha-faqat minimumdagina uchrovchi moddalar emas, balki ortiqcha element ham hosildorlik yoki organizmlarning hayotiyligini aniqlashi mumkindir.
V. Shelford bo’yicha-ortiqcha yoki yetishmaydigan omillar-chegaralovchi bo’lib, bunga chegaralovchi omil, yoki “tolerantlik qonuni” deb ataladi. Minimum va maksimum chegaradan tashqariga chiqadigan omillar-cheklovchi omillardir. Turlarning shimolga tomon siljishiga harorat omilining yetishmasligi tasir etsa, qurg’oqchil rayonlarda (janubda) namlik yoki yuqori haroratning tasiri cheklovchi hisoblanadi. Demak, cheklovchi omillar turlarning geografik tarqalishni ham belgilaydi. Cheklovchi omillar faqatgina abiotik omil bo’lib qolmasdan, balki biotik omillar ham bo’lishi mumkin. Gulli o’simliklar turlarini biror joyga iqlimlashtirishda ularni changlatuvchi hasharotlar cheklovchi omil bo’ladi. Cheklovchi omillarni aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
AMALIY MASHG`ULOTLAR
Dostları ilə paylaş: |