1-Amaliy mashg`ulot. Introduksiya obyektlarini tanlash va dastlabki materiallarni yi`g`ish Darsning maqsadi: Talabalarda Introduksiya obyektlarini tanlash va dastlabki materiallarni yig`ish haqidagi bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
Identiv o`quv maqsadlari: 1.Introduksiya obyektlarini qandey tanlash kerakligi haqida ma`lumotlarga ega bo`ladi.
2.Introduksiyaning dastlabki materiallari nima ekanligi haqida va uni qandey yig`ish kerakligi haqidagi bilimlarga ega bo`ladi.
Kerakli jihoz va materiallar: gerbariylar, slaydlar, rasmlar, va urug`lar.
Ishni bajarish tartibi: 1.Introduksiya obyekti nima va obyektni qandey tanlashni o`rganing.
2. Introduksiya dastlabkim materiallar nima ekanligi va uni qandey yig`ish kerakligi haqidagi ma`lumotlaarni taxlil qiling!
3. Introduksiya metodlaridan siz qaysi biridan foydalangan bo`laardingiz v anima uchun?
Qisqacha nazariy ma`lumot. O’simliklar introduksiyasi ob’ektlari bo’lib o’simliklar olamining har bir vakili xizmat qilishi mumkin (Ponyatiya ..., 1971; Karpun, 2004). Odatda yuksak o’simliklarni introduksiya ob’ekti –introdusent sifatida tanlashda sporali va urug’li o’simliklarga ajratiladi. Urug’li o’simliklar o’z navbatida ochiq va yopiq urug’lilarga bo’linadi. Ochiq urug’li o’simliklardan introduksiya ob’ektlari qilib igna barglalar va sagovniklar ko’proq tanlanadi. Yopiq urug’li o’simliklar esa ko’proq daraxtlar va o’t o’simliklarga bo’linadi. Daraxtlar ichida ninabarglilar, palmalar va boshqa guruxlarni ajratish mumkin. O’t o’simliklarni turkumlar kompleksi bo’yicha ajratish ko’proq ishlatiladi. Odatda ntrodusentlarini tanlashda qo’yilayotgan maqsad va vazifalardan hamda introduksiya qilinadigan hududning iqlimiy sharoitlari hisobga olinadi.
Introduksiya ob’ektlarini tanlash va dastlabki materiallarini yig’ish O’simliklar introduksiyasi jarayonining muhim bosqichlaridan biri introdusentlarni tanlash va boshlang’ich materiallarni to’plashdir. Bu jarayonda dastlab floristik region – donor hudud tanlanadi. Ushbu regiondan quyilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda o’simlik turlari tanlab olinadi. Introduksiya ob’ektlari tanlanayotganda har bir o’simlik turining mavjud biologik va ekologik tavsiflari hamda introdutsiya qilinayotgan hududning iqlimiy sharoiti hisobga olish talab qilinadi. Tanlab olingan turlar faqat birlamchi introdutsion tajirbalarni o’tkazish uchun foydalaniladi. Introdusentlarni to`g’ri tanlanishi Introduksion tajirba natijalarining ijobiy bo’lishini ta’minlaydi.
Ma’lum floristik viloyat yoki tabiiy-iqlim xududida tarqalgan o’simlikni shimoliy mintaqalarga introduksiya qilish ijobiyligini bashoratlash vositalarini aniqlash akademik N.I.Vavilov ishlarigacha analogik xududlar (iqlimiy, floristik, ekologik va h.o.) doirasida ish olib borish chegarasidan tashqariga chiqmagan. N.I. Vavilovning ta’kidlashicha o’simlikning introduksiyasining ijobiy natijasini bashoratlash tug’ridan - tug’ri xududiy tajribalarga bog’liqdir, ya’ni “ma’lum o’simlik turi yoki navini ushbu xududga mosligini aniqlash uchun tug’ridan –tug’ri tajriba o’tkazishni talab etiladi” [Tanlangan asarlar, 5-tom. 1965.- B. 548]. Akademik N.I. Vavilovning yuqorida aytgan so’zlari, hozirgi kunda
O’zbekiston Respublikasiga ko’plab olib kirilayotgan turlar, navlar va duragaylarini yangi sharoitda o’stirish lozimligi e’tiborga olinsa, o’rganilayotgan masalaning dolzarbligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Shu sababli iqlimiy, floristik, ekologik va fitotsenotik taxlillarni hisobga olgan holda ekologo-Introduksion taxlilni o’tkazish introduksiyaning ijobiyligini bashorotlashning muxim bosqichlaridan biridir. Introduktsion tajriba davomida o’simlikning biologik, ekologik, fenologik va fiziologik xususiyatlari taxlil etiladi hamda ntrodusentning amaliy jihatdan foydalanish imkoniyatlari baholanadi. O’zbekiston tabiiy florasiga taalluqli o’simliklarni Introduksion ijobiyligini bashoratlashda o’simlikni urug’idan tiklanishi imkoniyati, har yili tiklanishi mavjudligiga katta e’tibor qaratish zarur, olingan ma’lumotlar kamida 3-yillik bo’lmog’i lozim. Ma’lum sharoitda ntrodusentlarni urug’dan tiklanishi va maysalarning saqlanuvchanligii Introduksion tajribaning ijobiyligini ko’rsatuvchi belgilardan biri hisoblanadi. Introduktor olima K.A. Sobolevskaya (1989) ning fikricha tabiiy flora vakillarini yaxshi bilish, ntrodusentlarni tug’ri ajratib olish hamda sinab ko’rish orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiriladi:
Turli maqsadlarda foydalanish uchun em-xashak o’simliklar genofondini tashkil qilish;
Mintaqa florasi ichidan dorivor va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan o’simliklarni selektsiya materiallari sifatida ajratib olish;
Parfyumeriya sanoatida ishlatiladigan o’simliklarni aniqlash;
Ekologik inqirozni oldini olish, atrof-muhitni yaxshilash va sanoat korxonalari atrofida yashil zonani tashkil qilish uchun tegishli ob’ektlarni topish;
Manzarali o’simlik turlarini tanlab olish.
Umuman olganda “introduksiya nazariyasi” nomi bilan taklif etilgan metodlarning ko’pchiligi ma’nosi introduksiya ob’ektlarini tanlashga bag’ishlangan. Qo’yida o’simliklar introduksiyasida qo’llanib kelayotgan metodlarni sanab o’tamiz:
1). Differentsial botanika - geografiya metodi (Vavilov,1935). Ushbu metod dunyo bo’yicha turli o’simliklar guruhlari vakillari kollektsiyalarini yig’ish va undan
selektsiya ishlarida foydalanishni nazarda tutadi. 2).Ekologo-geografik metod (Avronin, 1947). Turli geografik joylardan bo’lgan o’simliklar kollektsiyalarini o’rganish orqali ularni ekologo-geografik tarqalish qonuniyatlarini aniqlashtirishga qaratilgan.
3).Turkum komplekslari va o’simliklar edifikatorlari buyicha o’simliklarni introduksiyalash metodi (Rusanov,1950). Metod introduksiya jarayoniga bir turkumga tegishli bo’lgan ko’proq turlarni jalb qilib, ular orasidan sharoitga moslasha olganlarini tanlab olishga asoslangan. Agar turkumga tegishli turlarning ma’lum bo’lagi tatqiq etilsa, turkum kompleksi fragmenti deb ataladi.
4). Florani ekologo-tarixiy tahlil qilish metodi (Kultiasov,1953). Muallifning fikricha floraning tarixini bilish va turlarda evolyutsion jarayonda kuzatiladigan moslanishlarni aniqlashtirish, hayotiy shakllar to’g’risidagi qarashlarni taxlil qilish orqali o’simlikni madaniylashtirshni oldindan bashorat qilish mumkin bo’ladi.
5).Florogenetik metod (Kormilisin, 1959; Sobolevskaya, 1953) Metod tabiiy flora tarkibini turli darajalarda o’rganish va uning potentsial imkoniyatlarini aniqlashtirishga asoslanadi.
6). Introduktsion chidamiylikni aniqlashga asoslangan metod (Trulevich, 1991). Ushbu metod o’simlik turlari tabiiy ekologo-fitotsenotik sharoitdagi asosiy ekologik, biologik va fitotsenotik jihatlarini hisobga olishni tavsiya qiladi.
7).O’simliklar reproduktiv strategiyalarini tahlil qilish metodi (Guseynova, 2011). Metod o’simlik turining reproduktiv strategiyasini belgilovchi morfo – biologik integrallashgan ko’rsatgichlarni aniqlashtirish orqali turnig yangi sharoitda
moslasha olishini oldindan bashoratlash hamda ntrodusentlarni tug’ri tanlab olish imkonini beradi. O’simliklar intoduktsiyasini amalga oshirish jarayonida introduktor oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda yuqorida qayd etilgan metodlardan biri yoki bir nechtasi bilan ishlashi mumkin. O’simliklar introduksiyasi uchun boshlang’ich materiallar bo’lib tanlab olingan
ntrodusentning urug’i, vegetativ organlari yoki tirik o’simlikning o’zi xizmat qiladi. Tanlangan o’simlik urug’lari boshqa botanika bog’laridan urug’ almashish orqali
olinishi yoki introduktor tomonidan o’simlik turi tarqalgan hududdan terilishi mumkin. Introduksiya uchun boshlang’ich material qaerdan va qanday shaklda olinishidan qatiy nazar maxsus introdktsiya jurnalida qayd etilishi talab qilinadi.
Jurnalda turlar ketma-ketlikda keltirilib, unda taksonga tegishli birlamchi ma’lumotlar (taksonning lotincha nomi va tur muallifi, turkum, oila, tur, kenja tur, tur formasi, olingan joyi va vaqti) ko’rsatiladi.
Bundan tashqari foydalanishga qulay bo’lishi uchun birlamchi ma’lumotlar, Introduksion tartib raqami keltirilgan holda maxsus qayd varaqchalari
(kartochka)da ham takrorlanadi va maxsus joylarda saqlanadi. Ushbu ma’lumotlar
taksonga tegishli ayrim savollar paydo bo’lganda uni aniqlashtirishda yordam beradi. O’simliklar introduksiyasi o’tkaziladigan joylar O’simliklar introduksiyasini amalga oshirishda ushbu jarayon o’tkaziladigan joy muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda introduksiya jarayonini botanika bog’larida, o’rmonchilik xo’jaliklarida, urug’chilik va selektsiya uchastkalarida, dendroparklarda, tajirba stantsiyalarida, oliy ta’lim muassasalari qoshidagi o’quv-dala bazalarida va boshqa xo’jaliklarida amalga oshiriladi (Karpun, 2004). Bunda asosan introduksiya o’tkaziladigan joyning imkoniyati va sharoiti (iqlimi, tuproq sharoiti, sug’orish imkoniyati, antropogen ta’sirlar), shuningdek joyning qaysi yo’nalishga moslashtirilgani hisobga olinadi. Ushbu joydagi chegaralovchi omillarni ham nazarda tutiladi.