16.2. T.Veblen g`oyalari
Veblen
iqtisodiy
jarayonlarni
shakllangan
an'analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an'anaviy
harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga ota-onalar his-
tuyg`usi, usta instinkti, ya'ni yaxshi ishlashga intilish,
ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning
fikricha, dastlabki instinkt avval oilaga g`amxo`rlikda
namoyon bo`ladi, keyinchalik esa jamiyat va butun
insoniyatga bo`lgan g`amxo`rlikka aylanib boradi.
Darvinizm (biologik) g`oyalari iqtisodiyotga tadbiq
etiladi. Veblen "Bekorchi sinflar nazariyasi" ("
Теория
праздного
класса
")
kitobida quyidagilarni yozadi: "Jamiyatdagi odamning hayoti boshqa
turdagi hayot kabi mavjudlik uchun kurashdir va demak, tanlanish va
moslashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolutsiyasi in-
stitutlarning tabiiy tanlanish jarayonidir". Darvinning tabiiy tanlanish ta'li-
moti ijtimoiy xodisalarga mexanik ravishda ko`chiriladi. Insonning ongli
harakatiga yetarlicha baho bermasdan, odamlarning yurish-turishi
g`ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe'l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi.
Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil deb qaraladi, proletariat-
nig sinfiy kurashi inkor qilinadi, markscha inqilobga darvinistik
evolyusionizm qarama-qarshi qo`yiladi.
U zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi bo`lib
hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e'tibor beriladi va unga barcha ish-
lab chiqaruvchilar va birinchi navbatda muhandislar va ishchilar kiritiladi.
Industriya olami mehnat unumdorligini o`stirish, ishlab chiqarish jaray-
onini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh maqsad qilib qo`yadi.
Veblen
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
311
Unga moddiy ishlab chiqarish sotsial formadan butunlay ajratib qo`yiladi.
Ishlab chiqarish asosan texnik ko`rsatkichlar, masalan texnik asos darajasi,
malaka, bilim va boshqalar bilan xarakterlanadi. Biznes olami deganda u
moliyachilar, trest tashkilotchilari va tadbirkorlarni tushundi. Uningcha,
biznes imkoni boricha yuqori foyda uchun intiladi va shu sababli uni
beayov tanqid qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit nayranglari, turli ak-
sioner jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to`la bo`ysundirilgan. Shu sa-
babli, sanoatni biznes ta'siridan "ozod" qilish kerak, deydi u. "Industriya"
va "biznes" nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida moddiy mazmun bilan
uning sotsial-iqtisodiy shakli o`rtasida bog`lanish yo`q. Veblen industriya
va biznes orasida keskin qarama-qarshilik bor deb xato qiladi, shular kapi-
talizm illatlarining sababchisi qilib ko`rsatiladi.
Insonlarning iqtisodiy rag`bati avvalo qarindoshlik his-tuyg`usi,
bilim va bajarilayotgan ishning yuqori sifatiga instinktiv intilishdir (A.Smit
- foyda ketidan quvish).
Bekorchi (to`q) sinflar to`g`risida farq yuritilib, ularga "biznes
olami odatlari" xosligi aytiladi. Ular uchun tovarlarga alohida baho belgi-
lanadi va ular talab qonunlaridan boshqacha bo`lishi mumkin deyiladi.
Buni "Veblen effekti" deb ataladi (bu fikrda jon bor, boy mamlakatlarda
boylar uchun alohida do`konlar mavjud).
Veblen nazariyasi jamiyat sotsial strukturasi to`g`risida noto`g`ri
tushuncha hosil qiladi, jamiyat sinflarga ajratilmaydi, ishchilar va muhan-
dislar yagona sanoatchilar guruhiga kiritiladi, sinfiy kurash tushunchasi esa
umuman yo`q.
Mavjud tizimni o`zgartirish to`g`risida gapirib, bu masalani Veblen
ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya
qo`liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha muhan-
dis-texnik xodimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar
ularning shartlariga ko`nishga majbur bo`ladilar. Kapitalizm transformatsi-
yasi "texniklar kengashi" vositasida bajariladi, hozirgi zamon jamiyatida
intelligensiyaning roli birinchi o`ringa qo`yiladi, ya'ni biznes olamini mu-
handis- texnik intellegensiya yenga oladi.
Sanoat mutaxassislari yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning
asosiy maqsadi texnikadan foydalanishni takomillashtirishdir. Demak, Ve-
blen yangi jamiyatni "texnokratik" ko`z bilan ko`radi va kapitalizmni
saqlab qolish yo`lini taklif etadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
|