Iqtisodiyot” kafedrasi “Biznesni rejalshtirish” fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 56,15 Kb.
səhifə9/12
tarix02.06.2023
ölçüsü56,15 Kb.
#122142
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi

Daromadlilik indeksi (PI) uslubiy jihatdan ilgari «kapital qo‘yilmalar samaradorlik koeffitsienti» ko‘rsatkichi bo‘yicha foydalanilgan baholashni eslatib turadi. Shu bilan birga iqtisodiy tarkibiga ko‘ra umuman boshqacha ko‘rsatkich hisoblanadi, chnuki investitsiyalardan olinuvchi daromad sifatida sof foyda emas, balki pul oqimlari qabul qilinadi. Bundan tashqari investitsiyalardan olish kutilayotgan daromad (pul oqimlari) baholash jarayonida hozirgi qiymatga keltiriladi. Daromadlilikni hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
D = P I ,
yoki
bu erda:

D – investitsiya loyihasi bo‘yicha daromadlilik indeksi;


P – hozirgi qiymatda pul oqimlari miqdori;
I – investitsiya loyihasini amalga oshirishga kiritiluvchi investitsiya mablag‘lari miqdori (qo‘yilmalar vaqti turlicha bo‘lganda hozirgi qiymatga keltiriladi).
Misol. Yuqorida ko’rib chiqilgan ikki loyiha ma’lumotlari bo’yicha ularning daromadlilik indeksini aniqlaymiz. «A» loyihasi bo’yicha daromadlilik indeksi: 8758:7000 = 1,25. Ikkinchi loyiha bo’yicha esa: 8221:6700 = 1,23. Investitsiya loyihalarini «daromadlilik indeksi» bo’yicha solishtirish shuni ko’rsatadiki, «A» loyihasining samaradorligi yuqori.
Daromadlilik indeksi ko‘rsatkichi solishtirma baholashdan tashqari loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi mezoni sifatida ham qo‘llanishi mumkin. Agar daromadlilik indeksi qiymati birga teng yoki undan kichik bo‘lsa, loyiha investorga qo‘shimcha daromad keltirmaydi va rad etilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, daromadlilik indeksi qiymati 1 dan katta bo‘lgan investitsiya loyihalarigina amalga oshirishga qabul qilinishi mumkin.
«Daromadlilik indeksi» va «sof keltirilgan daromad» ko‘rsatkichlarini solishtirishda ular yordamida investitsiyalar samaradorligini baholash natijalari bir-biriga to‘g‘ridan-tug‘ri bog‘liqligiga e‘tibor qaratish lozim: sof keltirilgan daromadning absolyut qiymati o‘sishi bilan daromadlilik indeksi ham o‘sadi va aksincha. Bundan tashqari, sof keltirilgan daromad nolga teng bo‘lganda daromadlilik indeksi doimo 1 ga teng bo‘ladi. Bu esa shuni anglatadiki, investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi mezoni sifatida ulardan faqat bittasi qo‘llanishi mumkin. Solishtirma baholashni o‘tkazishga keladigan bo‘lsak, bu holatda ikkala ko‘rsatkichni ham qarab chiqish lozim, chunki ular investorga investitsiya loyihasi samaradorligini har tomonlama baholashga imkon beradi.
Daromadlilik indeksi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan bir xil ma‘noga ega: «rentabellik indeksi», «foydalilik indeksi».

Yüklə 56,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin