Iqtisodiyot” kafedrasi “Biznesni rejalshtirish” fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 56,15 Kb.
səhifə7/12
tarix02.06.2023
ölçüsü56,15 Kb.
#122142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi

Bunday tamoyillardan biri investitsiya qilingan kapitalning pul oqimi ko‘rsatkichi (cash flow) asosida qaytarilishiga bog‘liq bo‘lib, investitsiya loyihasini ekspluatatsiya qilish davomida amortizatsiya ajratmalari va sof foyda hisobiga shakllantiriladi. Bunda pul oqimi ko‘rsatkichi investitsiya loyihasining har bir yili bo‘yicha alohida yoki o‘rtacha yillik ko‘rsatkich sifatida baholanishi lozim.
Baholashning ikkinchi tamoyili investitsiya qilinuvchi kapitalni ham, pul oqimlari miqdorini ham pul mablag‘larining hozirgi qiymatiga keltirishdir. Bir qarashda investitsiya qilinuvchi mablag‘lar doimo hozirgi qiymatida aks kiritiladi. Haqiqatda esa bunday emas – investitsiyalash jarayoni ko‘p hollarda bir vaqtning o‘zida emas, balki bir nechta bosqichda amalga oshiriladi. Shu sababli birinchi bosqichdan tashqari kelgusida investitsiya qilinuvchi barcha summalar pul mablag‘larining hozirgi qiymatiga keltirilishi lozim bo‘ladi. Xuddi shu tarzda pul mablag‘lari oqimi ham hozirgi qiymatga keltiriladi.
Baholashning uchinchi tamoyili turli investitsiya loyihalari uchun pul oqimlarini diskontlash jarayonida differentsiyalangan foiz stavkasini (diskont stavkasini) tanlash hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, investitsiyalardan olinuvchi daromad hajmi (real investitsiyalashda bunday daromad vazifasini pul oqimlari bajaradi) quyidagi to‘rt omil asosida shakllantiriladi: o‘rtacha real depozit stavkasi; inflyatsiya sur‘ati (yoki inflyatsiya mukofoti); tavakkalchilik mukofoti; past likvidlik uchun mukofot. Shu sababli tavakkalchilik darajasi turlicha bo‘lgan ikkita investitsiya loyihasini taqqoslashda turlicha foiz stavkali diskontlash qo‘llanishi lozim (yuqori foiz stavkasidan tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan loyihalarda foydalanish lozim). Xuddi shu tarzda umumiy investitsiyalash davri (investitsiyalar likvidligi) har xil bo‘lgan investitsiya loyihalari uchun yuqori foiz stavkasi amalga oshirish muddati uzoqroq bo‘lgan loyihalarda qo‘llanishi kerak. ettirilgan bo‘ladi, chunki pul oqimlari shaklida ularni qaytarish muddatidan ancha oldin Va nihoyat baholashning to’rtinchi tamoyili baholash maqsadlaridan kelib chiqqan holda diskontlash uchun foydalaniluvchi foiz stavkalari variatsiyasi hisoblanadi. Investitsiyalar samaradorligining turli ko‘rsatkichlarini hisoblashda diskontlash uchun tanlab olinuvchi foiz stavkasi sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin: o‘rtacha depozit yoki kredit stavkasi; inflyatsiya darajasi, tavakkalchilik darajasi va investitsiyalar likvidligini hisobga olgan holda investitsiyalar daromadliligining individual normasi; boshqa investitsiya turlari bo‘yicha daromadlilikning muqobil normasi; joriy xo‘jalik faoliyati bo‘yicha daromad normasi.
Yuqorida aytib o‘tilgan tamoyillarni inobatga olgan holda turli ko‘rsatkichlar asosida real investitsiyalar samaradorligini baholash uslubiyatini ko‘rib chiqamiz.
Birlashgan millatlar tashkilotining sanoat rivojlanishi bo‘yicha tashkiloti - YuNIDO qoshidagi sanoat tadqiqotlari xalqaro markazi tomonidan tayyorlangan «Loyihalarni baholash bo‘yicha ko‘rsatmalar»da tavsiya etilgan va hozirda respu-blikamizda keng qo‘llaniladigan ko‘rsatgichlar tizimi quyidagilarni o‘z ichga oladi:
- sof keltirilgan (diskontlangan) daromad, NPV - Net Present Value;
-daromadlilik indeksi, PI - Profitability Index;
- ichki daromadlilik normasi, IRR - Internal Rate of Return;
- o‘zini qoplash davri, RR - Payback Period
1. Sof keltirilgan daromad, (NPV) investitsiyalash natijalarining eng umumlashgan tavsifnomasini, ya‘ni uning yakuniy samarasini absolyut summada olish imkonini beradi. Sof keltirilgan daromad deganda investitsiya loyihasining ek-spluatatsiya davrida hozirgi qiymatga keltirilgan (diskontlash yo‘li bilan) pul oqimlari summasi bilan uni amalga oshirishga investitsiya qilinuvchi mablag‘lar o‘rtasidagi farq tushuniladi. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Yüklə 56,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin