KIRISH Kurs ishi mavzuning dolzarbligi. Jamiyatni har tomonlama yuksaklikka ko‘tarish komil inson tarbiyasi bilan bog‘liqligi ajdodlarimiz yaratib, bizga meros qoldirgan badiiy adabiyot yodgorliklaridan ma’lumdir. Buni turkiy xalqlar uchun mushtarak ma’naviy boylik sanalgan “Qur’oni Karim”, “Avesto”, Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”idan tortib, o‘tgan asr boshlarigacha yaratilgan asarlarning aksariyatida bosh g‘oya sifatida ko‘rishimiz mumkin. Shu sababli mamlakatimiz istiqlolining birinchi kunlaridan boshlaboq milliy qadriyatlarimiz asosi bo‘lgan turkey tillarni o‘rganish va yoshlar ongiga singdirish masalalari davlat ahamiyatiga molik muammo sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Milliy-tarixiy qadriyatlarimizni o‘rganishga alohida e’tibor berila boshlandi. Xalq ta’limi tizimining barcha bosqichlarida turkiy tillarga xos belgi-xususiyatlar, so‘z san’ati taraqqiyot bosqichlari, shakli va mazmuniga daxldor nazariy bilimlarni yosh avlodga o‘rgatish jiddiy tus oldi. Bu borada yoshlarga berilishi lozim bo‘lgan bilimlar mazmuni va me’yori Davlat ta’lim standarti, ushbu hujjat asosida tuzilgan o‘quv dasturlarida qat’iy belgilab berildi. Ta’lim tizimidagi islohotda turkiy tillarni, xususan, qadimgi turkiy tillarni o‘rganishga alohida diqqat qaratilganligi bejiz emas. Negaki, o‘tmish tilimiz zamiridagi umuminsoniy g‘oyalar bolalarni el-u yurtga sadoqatli, vatanparvar, insofli va e’tiqodli, mehnatsevar va mard, uddaburon va hozirjavob fuqarolar sifatida shakllanishiga ko‘maklashadi. Shuning uchun ham milliy istiqlol mafkurasi adabiy merosga halol, xolisona munosabatni talab etadi ham uni davlat va jamiyat rivojlanishidagi tayanch tamoyillardan biri sifatida e’tirof etadi.
“Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi, - deya yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev, - jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljitishda hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa belgilovchi ahamiyatga egadir”.1 Ona tilimizga xos yuksak g‘oyaviylik va yetuk badiiyatdan atroflicha bahramand bo‘lish, so‘z san’atining betakror nafosat-u latofatini ham his etish uchun ushbu bezavol yodgorliklarga asos bo‘lgan manbalarning nazariy qonun-qoidalari va amaliy xususiyatlarini bilish talab etiladi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida turkiy tillarni qiyosiy o'rganish sohasida bir qator izlanishlar yuzaga keldi. Rossiya Fanlar akademiyasining Tilshunoslik instituti turkiy tillar bo‘limi. uning Sankt-Peterburg va Sibir tarmoqlari tilshunoslari tomonidan turkiy tillar fonetikasi, leksikasi, grammatik qurilishini o‘rganish yuzasidan ilmiy izlanishlar yaratildi.
Turkiy tillar tarixini o'rganishda ikki yo‘nalish - tarixiy grammatika va adabiy tillar tarixini yaratish yuzasidan izlanishlar olib borildi. 60-70- yillarda turkiy tillar tarixi bo‘yicha bir qancha monografiyalar, darsliklar, qo‘llanmalar yaratildi. Turkologiya tarixida sinxronik va diaxronik aspektdagi tadqiqotlar yuzaga keldi. Turkiy tillar tasnifi, turkiy tillar fonetikasi, leksikologiyasi, semasiologiyasi, terminologiyasi, leksikografiyasi, grammatikasiga doir izlanishlar olib borildi, monografiyalar, qo‘llanmalar yaratildi, ilmiy maqolalar chop qilindi. Turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar o‘rganildi, nashr etildi. Turkiy tillar fonetikasi sohasida jiddiy yutuqlarga erishildi. Eksperimental-fonetik tekshirishlar asosida turkiy tillarning fonematik sistemasi (unli va undosh tovushlar tizimi), aksentuatsiyasi, gap intonatsiyasi yoritildi. Turkiy tillar leksikologiyasi, leksikografiyasi bo'yicha olib borilgan ishlar turkiy tillar leksikasini ham sinxron, ham diaxron aspektda tekshirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun zamin yaratdi. Turkiy tillarga oid ikki tilli lug‘atlarda turkiy bo‘lmagan til (masalan, rus tili)ning leksik-grammatik xususiyatlarini turkiy til vositasi orqali aks ettirish, ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni tarjima qilish, old qo‘shimcha (prefiks)li so'zlaming turkiy tillardagi muqobilini topish, ularning semantik xususiyatlarini har jihatdan yoritish masalalariga e’tibor qaratildi.
Hozirgi kunda turkiy tillarning qadimgi davrini o'rganishga doir tadqiqotlar ham amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, turkiy tillar tarixida aniq yechimini topmagan, hozirgacha hal qilinmagan murakkab va dolzarb masalalar ko‘p. Turkiy adabiy tillar tarixini davrlashtirish, o’zaro qiyoslash, umumturkiy taraqqiyot bosqichidan keyingi rivojlanish jarayoni, turkiy tillar dialektlari o‘rtasidagi munosabat, o‘xshash va farqli jihatlarni tahlil qilish masalaiari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu muammolarni turkiy adabiy tillar grammatikasini qiyoslash, umumxalq turkiy so‘zlashuv tili hamda adabiy kitobiy tilning turli tarixiy davrlardagi uslubi. ichki - intralingvistik omillarning órni, tashqi - ekstralingvistik omillar ta’siri, yozuvning ahamiyati va xalqning madaniy taraqqiyot saviyasini nazarda tutgan holda hal qilish maqsadga muvofiq.
Qadimgi turkiy qabilalardan bo'Igan xunlar, xazarlar, bulg‘orlar tili hamda chuvash, yoqut tillari aloqadorligi masalaiari ham o ‘z yechimini kutmoqda. Bu masalalarni ijobiy hal qilishda O‘rxun-Enasoy yozuvidagi bitiktoshlardan oldingi davr manbalaridagi faktik materiallarga ham murojaat etish zarur bo‘ladi.
Turkiy tillarning boshqa tillar bilan aloqadorligini o’rganish muammosini hal etish ham ahamiyatlidir. Zotan, turkiy xalqlar qadim zamonlardan beri hind-yevropa, fin-ugor, somiy, mo‘g‘ul va boshqa xalqlar bilan yondosh holda yashagan va o‘zaro munosabatda bo‘lgan. Xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy aloqalartilda o‘z ifodasini topadi. Tadqiqotlar jarayonida boshqa tillarning turkiy tillarga ta’sirini o‘rganish bilan bir qatorda, turkiy tillarning german, roman, slavyan, mo‘g‘ul, fors-tojik kabi qardosh bo‘lmagan tillarga ta’sirini tekshirish, tadqiq qilish, substrat holatlarni aniqlash ham muhimdir.
Turkiy tillarning tarixiy fonetikasi va morfologiyasining umumlashtirilgan tahlili M.Ryasyanen izlanishlarida2, nazariy masalaiari umu miy va farqli xususiyatlari, tarixi A.Emre3, A.Dilachar4 va boshqa bir qator turkologlar tadqiqotlarida aks etgan. A. Gafero‘g‘luning “Turk tili tarixi” kitobida turkiy tillarning shakllanish davridan keyingi taraqqiyot bosqichigacha bo‘gan davr ilmiy izlanishlar tahlili asosida yoritilgan. Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamahshariy, Yusuf Xos Hojib, Xorazmiy, Rabg‘uziy asarlaridan namunalar tahlil etilgan.5 O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda hal qiluvchi o‘rin tutadigan ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlar ko‘lami tobora ortib borayotganligini ta’kidlab, shunday deydilar: “Biz mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz”.6 Har tomonlama barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi barcha davrlarda ham muhim bo‘lgan masala hisoblangan. Barkamol avlodni tarbiyalash uchun ularning ijodiy qobiliyatini o‘stirish, mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda barcha sohalarda globallashuv jarayoni ta'siri ko‘zga tashlanmoqda. Ana shunday vaziyatda qadimgi turkiy tillarni bir-biriga qiyoslab o‘rganishning asosiy masalalari borasida to'plangan bilim, ko’nikmalari turkologiya sohasini takomillashtirishda, umurnturkiy global masalalarni hal qilishda, turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar mazmunmi o‘zlashtirishda, turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili taraqqiyot xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy til, qardosh tillar tarixi, takomiliga jiddiy e’tibor qaratish barcha ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning, mamlakat rivojining. Millat ravnaqining asosiy mezonini belgilaydi.
Shulardan kelib chiqqan holda, biz kurs ishimizda xuddi shu masalaga, turk va o'zbek tillarining sintaktik xususiyatlarini bir-biriga qiyoslashga, tarixiy shakllarni hozirgi o‘zbek tilidagi variantlar bilan solishtirishga harakat qildik.