Iqtisodiyot nazariyasi


-§. O'zbekistonda budjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə212/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

4-§. O'zbekistonda budjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari
Bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish, moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, shu jumladan davlat budjeti barqarorligini mumkin bo'lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o'z ichiga oladi.

Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat budjetidagi taqchillikni yo'l qo'yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi budjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotini barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o'zgarishlarni o'tkazshp bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berishi va iqtisodiy o'sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy xarakter kasb etib butunlay barham topdi. Respublikada yalpi ichki mahsulot ishlab chikdrishning oldingi yillarga nisbatan pasayishi 1992 yil 11,1 foiz, 1993 yil 2,4 foiz, 1994 yil 3,5 foiz, 1995 yil 4,0 foizni tashkil qildi va 1996 yil 1,6 foiz, 1998 yil 4,4 foiz o'sishga erishildi. Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bunda soliq tizimi o'ziga xos vazifalarni xazinani to'ldirish, qayta taqsimlash va rag'batlantirish vazifalarini to'la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat budjeti daromad qismining eng muhit umumdavlat, xalq xo'jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo'lgan miqdorda shakllanishini ta'minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YAMMning bir qismini qayga taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o'zgartirish aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta'minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatishdir.

Bu vazifalarni real bajarishi uchun amaldagi soliq tizimini anchagana isloh qilish talab qilinadi.

Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil — korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o'z mablag'larini ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag'larni to'ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig'idan foydadan undirilgan soliqqa o'tish ko'zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko'payishi bilan birga, ayni vaqtda mehnatkaishar ish haqini ko'paytirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mexnatni rag'batlantiruvchi iqtisodiy muhit yaratiladi.

Korxonalar zimmasidash soliq yukini yengillashgirishga erishishda qo'shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e'tibor qaratiladi.

Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o'zgartirish, resurslar, mol-mulk solishning rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo'yiladi.

Tabiiy resurslarni qayga tiklash imkoniyagini yaratish va ulardan extiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun yer, yer osti boyliklari, suv ta qayga tiklanmaydigan boshqa resurslarga to'lov o'rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo'nalshidir.

Respublika axamiyagaga ega bo'lgan soliqtar bilan shhalliy soliq o'rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo'nalishidir.

Bunda davlat budjeti daromadining kancha qismini joylarga berish, mahalliy budjetlarni mustahkamlash asosiy e'tibor qaratiladi.

Davlat budjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to'lov majburiyatlarini bir me'yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo'ladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin