Iqtisodiyot nazariyasi


-§. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə219/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

3-§. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari
Kredit bo'sh turgap pul mablag'larini ssuda fondi pshklida to'plash va ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchup ma'lum muddatga haq to'lash va qaytarib berish sharti bilan qarzga berish jarayonini ifodalaydi.

Pul shaklidagi kapital ssuda kapotali deyilsa, uning haqarakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.

Kredit munosabatlari ikki subyekt o'rtasida, pul egasi, ya'ni qarz beruvchi va qarz oluvchi o'rtasida yuzaga keladi.

Turli xil korxonalar (firma)lar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Sanab o'tilgan subyektlarning aynan har biri bir vaqtning o'zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o'rnida chiqishi mumkin.

Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'laridir.

Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablag'larining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud bo'lishini taqozo qiladi.

Shu bilai birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha bo'sh turadigan pul mablashari va boshqa pul resurslari kredit mablag'larining manbaini tashkil qiladi.

Kredit resurelarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

• Korxonalarning bankdagi hisoblaridagi amortizatsiya ajratalari.

• Mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari.

• Korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag'batlantirish fondlari.

• Korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi.

• Bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari.

• Aholining bo'sh pul mablag'lari.

Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqgincha bo'sh pul resurslari hosil bo'lishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo'g'inlari va sohalarida qo'shimcha pul mablag'lariga ehtiyoj paydo bo'ladi.

Avvalo kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uniig yordamida korxonalar, davlat va aholining bo'sh pul mablag'lari ssuda fondi shaklida to'planib, keyin bu mablag'lar kredit mexanizmi orqali xalq xo'jachik tarmoqlari ehtiyojtarshsh hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin