Iqtisodiyot nazariyasi


Ixtisoslashgan tijorat banklar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə227/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

Ixtisoslashgan tijorat banklar iqtisodiyotning turl sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. Jumladan biznin respublikada sanoat qurilish banki-sanoat, transport, aloq va moddiy texnika ta'minoti sohalarida; Zamin, g'alla, paxta banklar - agrosanoat kompleksi tarmoqlari va sohalarida Tadbirkor banki mayda va o'rta biznes, kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi.

Xalq banki-mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni naqd pulsiz hisob-kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifa sini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredi berishni va shu kabi operatsiyalarni ta'minlaydi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassa salarga kredit beradi, qo'shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig'ma valuta rejasining ijrosini, valuta resurslaridan tejab foydatanishini nazorat qiladi, shuningdek tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarsh tashkil qiladi va amalga oshirishni ta'minlaydi.

Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashipsh bo'yicha investitsion va ipoteka banklarni ajratib ko'rsatish lozim.

Investitsion banklar-maxsus kredit muassasalari bo'lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarii yo'li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ular ni mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar) ga taqdim qiladi.

Investitsion kompaniyalar, o'zlarining qimmatli qog'ozlarini chiqarish yo'li bilan huquqiy investrlar pul resurslarini to'playdi va ularni korxona (milliy va chet ellar aksiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to'liq investrlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo'yilgan kapital hisobiga foyda olish hisoblanadi.

Ipoteka banklar - bu ko'chmas mulk (yer va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalar. Ipoteka bankning resurslari o'zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.

Barcha tijorat banklari ehtiyot (rezerv)larining hajmi va tarkibi bo'yicha Markaziy bank tomonidan o'rnatiladigan ma'lum talablarga javob berishi zarur.

Bugungi kunda respublika hududida mulkchilikning turli shaklidagi 30 dan ziyod tijorat ixtisoslashgan banklar va ularning 3,7 mingdan ko'proq filiallari faoliyat qilib turibdi. Shulardan uchtasi (tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, xalq banki va "ASAKA" bank) davlat tasarrufidagi bank hisoblanadi. Ulardan 22 bank (73%) aksionerlik jamiyati, 8 tasi (27%) mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidadir. Shundan ikkitasi qo'shma bank ("O't-bank" va "Xususiylashtirishbank") mavqyeiga ega.

O'zbekistonda tijorat banklarning rivojlanishi dastlab iqtisodiyotning alohida sohalariga xizmat qiladigan ixtisoslashgan banklar tashkil etilishida boshlangan bo'lsa, keyinchalik (1995 yildan) ixtisoslashgai kredit-moliya muassasalarini tashkil etishga kirishidsi. Shu asosda "Biznes fond","Madad" sug'urta va investitsiya kompaniyalari kabi ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalari tashkil etildi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin