Iqtisodiyot nazariyasi


banklar hamda ularning vazifalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə224/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

banklar hamda ularning vazifalari
Banklar kredit munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o'z ichiga olib, kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.

Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo'lib, o'z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarni oladi. «Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish ustivor yo'nalishlardan hisoblanadi.

Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.

Davlat banki (1), Markaziy bank (2), bankirlar banki va (3) ijtimoiy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko'pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo'lib, u o'tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o'rnatiladi.

Ikkinchidan, markaziy bank banklar va jamg'arma muassasalaridan quyilmalarni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko'ra markaziy bank "bankirlar banki" deyiladi.

Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko'maklashadi.

Markaziy bank ko'plab xilma-xil vazifalarni bajaradi.

Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyojlarini saqlaydi. Bu ehtiyojlar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valuta ehtiyojlarini saqlash vazifasini ham bajaradi.

Ikkinchidan, cheklarni qayd (inkasatsiya) qilish mexanizmini ta'minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin